1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet26/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Nazorat savollari:

  1. Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayoni va uning qanday vazifalari bor?

  2. Ta’lim jarayoni qanday tuzilishga ega?

  3. Oʻqitish va oʻqish jarayonlari qanday oʻzaro bogʻliqlikka ega?

  4. Oʻquvchilani bilish faoliyati qandat tuzilishga ega?



5–mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish mazmuni
Reja:

  1. Ta’lim nazariyalari mazmuni.

  2. Hozirgi zamon ta’lim mazmunini belgilovchi muhim gʻoyalar (asoslar).

  3. Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish, tamoyili va mezonlari.

  4. Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.



Tayanch soʻz va iboralar: ta’lim mazmuni, DTS, darslik.



«Ta'lim toʻgʻrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'limning mazmuni, har bir oʻsib kelayotgan yosh avlod vakilini barkamol qilib tarbiyalash lozimligi ta'kidlanilgan.
Ushbu qonun va milliy dastur fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.
Ta'limning asosiy mazmuni uning vazifalarida oydinlashtirilgan. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bogʻliq boʻlgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish alohida ahamiyatga ega. Bunda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan tarixiy va madaniy qadriyatlar hamda ular hayotining ma'nosi, jamiyatda insonning tutgan oʻrni, ta'lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi ta'lim taraqqiyoti uchun ham milliy maktab yaratishdagi yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e'tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo doʻstlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuygʻularni tarbiyalashda oʻta muhimdir.
Shu bilan birga ta'lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qoʻyilgan boʻlib, ularning mazmuni ham «Ta'lim toʻgʻrisida»gi Qonun bilan mushtarakdir.
Davlat ta'lim standarti (DTS) umumiy oʻrta ta'lim, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lim uchun alohida-alohida ishlab chiqariladi.
Umumiy oʻ rta ta' limning DTS oʻ quvchilar umumta' lim tayyorgarligi saviyasiga qoʻyiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. Oʻz navbatida, kasb-hunar ta'limining DTS oʻquvchilar kasb-hunar tayyorligiga, saviyasiga qoʻyilgan (oliy ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qoʻyiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS ta'lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunini oʻzagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat koʻrsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS oʻz mohiyatiga koʻra oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, nizomlar, oʻquv rejasi va boshqa me'yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Umumiy oʻrta (kasb-hunar va oliy) ta'limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:

  • DTSning davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;

  • oʻquv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnik rivojlanishi bilan bogʻliqligi;

  • umumiy oʻrta (kasb-hunar va oliy) ta'lim mazmunining insonparvarligi;

  • ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;

  • umumiy oʻrta (kasb-hunar va oliy) ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsion (ilgʻor) texnologiya yutuqlariga tayanish;

  • pedagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan «Ta'lim toʻgʻrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;

• ilgʻor demokratik xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorini belgilash tajribalaridan milliy hususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Ma'lumki, ta'lim mazmuni insonni oʻqitish jarayonida egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar hajmi hamda xarakteri bilan belgilanadi. Shu sababli ham ta'lim mazmuni rejalashtirilgan maqsadga muvofiq holdagi yoʻnalish va hajm boʻyicha shakllantiriladi. U tegishli me'yoriy hujjatlar: ta'lim standartlari, oʻquv reja, oʻquv dasturlari shaklida rasmiylashtirilib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish