1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet1/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816


Ma’ruza matni



1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:

  1. Metodika tushunchasi.

  2. Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.

  3. Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasining boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqasi.

  4. Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari.



Tayanch soʻz va iboralar: metodika, oʻqitish metodikasi, ilmiy-tаdqiqоt metodlаri.


  1. Metodika tushunchasi.

Metodika—pedagogik fanlar, shuningdek, ijtimoiy tizim talab qiladigan, pedagogika fani koʻrsatgan umumiy oʻrta va oliy ta’limning maqsad vazifalariga mos ravishda ishlab chiqiladi.
Dars berish metodikasi-bu oʻquv fani xususiyatining sharti sifatida ta’lim va tarbiya jarayonining tizimi haqidagi koʻrsatmadir.
Metodika oʻquv jarayoni mazmunini, ta’lim va tarbiya usullari va shakllarini oʻrganadi. Metodikaning barcha boʻlimlari bir-biriga bogʻliq boʻladi.
Metodika oʻquv faoliyatida qoʻllaniladigan usul va vositalar shuningdek, oʻqitishning noan’aviy uslublarini belgilab beradi. Shu tariqa, metodika quyidagi savollarga javob beradi: Pedagogikani nima uchun oʻrganish kerak? Nimaga va qanday oʻqitish kerak? Qanday qilib va nima bilan tarbiyalash kerak?
Metodika – bu xususiy didaktika, ya’ni biror bir fanni oʻqitish nazariyasi. Oʻzaro ta’sir etishning turli shakllarini oʻrganish asosida biror fanni oʻqitish va oʻrganish yoʻllarini oʻquv fani metodikasi ishlab chiqadi va ta’lim oluvchilarga ta’sir etishning aniq tizimini oʻqituvchilarga taklif etadi. Bu tizimlar DTS, oʻquv dasturi va darsliklarda ochib beriluvchi ta’lim mazmunida oʻz aksini topadi hamda ta’lim metodlari, shakllari va vositalari orqali amalga oshadi. Oʻquv fani metodikasi didaktika bilan mustahkam bogʻlangan va uning umumiy qoidalariga tayanadi. Tarbiya tamoyillariga asoslanib esa, metodika oʻquv fani maqsadi, uning ta’lim oluvchi shaxsini rivojlanishidagi ahamiyatini ochib beradi.
Pedagog olim T.A.Ilinaning fikricha, didaktika turli ta’lim muassalarida xilma-xil oʻquv fanlarini amalga oshiriladigan oʻquv jarayonining umumiy qonuniyatlarini aks ettiradi. Tabiiyki, har bir oʻquv fani oʻziga xos xususiyatlari, qonuniyatlariga ega, oʻzining alohida metodlari va ta’limni tashkil etish shakllarini talab etadi. Mazkur masalalar bilan xususiy metodika, yoki alohida oʻquv fanlarini oʻqitish metodikasi (tarix, matematika, pedagogika, psixologiya va boshqalar) shugʻullanadi.1


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish