Metodika – hususiy fanlarni o’qtish hususiyatlarini o’rganadi.
Valeologiya (lotinchadan – sogʻ-salomat boʻlish haqidagi fan) – bu inson salomatligini shakllantirish, saqlash va mustahkamlash mexanizmlari hamda qonuniyatlari haqida bilimlar sohasi.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy muhitning shaxsni shakllanti-rishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va oʻqitish nazariya va amaliyoti.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oylalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Harbiy pedagogika – harbiy oʻquv yurtlaridagi barcha toifadagi harbiy xizmatchilarni oʻkitish va tarbiyalash tamoyillari, shakl va metodlarini ishlab chiqadi va qonuniyatlarini ochib beruvchi pedagogika sohasi.
Etnopedagogika – bolalarni oʻkitish va tarbiyalashdagi etnik guruhlarning amaliy tajribasi haqidagi fan.
Qiyosiy pedagogika – turli mamlakatlarda pedagogik nazariya va amaliyotning rivojlanish holati, tendensiyasi va qonuniyatlarini qiyosiy tarzda oʻrganuvchi pedagogik fanlar sohasi.
Ta’lim falsafasi – ta’lim va tarbiyaning falsafiy asoslarini oʻrganuvchi pedagogik fan sohasi.
Pedagogik tehnologiya, ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni qo’llash, tehnoligik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalari faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
2.Pedagogika sohasining oʻziga xos xususiyatlari.
Pedagogika kollejlarida asosan umumkasbiy fanlar blokiga tegishli «Pedagogika» va maxsus fanlar blokiga tegishli «Kuni uzaytirilgan guruhda ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» fani oʻkitiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Pedagogika» fani II blok umumkasbiy fanlar sirasiga kiradi. Umumkasbiy fanlar uchun ajratilgan soatning eng katta qismini, ya’ni 278 soatini oʻzida aks ettiradi. Shundan auditoriya so-atlari 196 soatni tashkil etib, 130 soat nazariy, 66 soati amaliy mashgʻulot-lar uchun ajratilgan. Oʻquvchilar fandan bajaradigan mustaqil ishlar haj-mi 82 soatdan iborat. Fan pedagogika kollejlarida uch kurs, ya’ni olti semestr davomida oʻkitiladi. SHundan:
I semestrda 20 hafta davomida 2 soatdan 40 soat – 20x2=40;
II semestrda 19 hafta davomida 2 soatdan 38 soat – 19x2=38;
III semestrda 20 hafta davomida 2 soatdan 40 soat – 20x2=40;
IV semestrda 16 hafta davomida 2 soatdan 32 soat – 16x2=32;
V semestrda 20 hafta davomida 1 soatdan 20 soat – 20x1=20;
VI semestrda 13 hafta davomida 2 soatdan 26 soat – 13x2=26;
Fanning oʻquv dasturida koʻrsatilishicha, fan toʻrtta katta boʻlim: «Pedagogikaning ummiy asoslari», «Ta’lim nazariyasi», «Tarbiya nazariyasi», «Oʻzbekistonda maktab va ta’lim tizimini boshqarish»ni hamda yigirma yettita bobni oʻz ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |