Ta'lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar:
I. Ta'limda uzviylik oʻquv predmetining tashkiliy qismlarining toʻgʻri nisbati va zaruriy bogʻliqligini ta'min etadi.
Bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni qonuniyatlari omili ilmiy bilimlarni toʻgʻridan toʻgʻri oʻquv predmeti mazmuni sifatida talqin etishiga yoʻl qoʻymaydi, unga didaktik ishlov berishni talab etadi. Shunday qilib, uzviylik faqatgina toʻgʻri chiziqli emas, balki oʻquv materi'ali-ning konsentrik joylashuvida ham amalga oshiriladi.
Uzviylik alohida oʻquv predmetlarinigina emas, balki turli oʻquv predmetlarining oʻzaro munosabatlarini ham qamrab olish zarur. Buning uchun turli oʻquv predmetlarini oʻrganishda obyektiv aloqadorlik asosiy hisoblanadi.
II. Ta'lim mazmuni avval DTS, soʻngra oʻquv reja va dasturi shaklida loyihalashtiriladi.
Ta'lim mazmuni ta'lim jarayonining asosiy elementi (tashkil etuvchi komponenti)ni oʻzlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. Oʻzlashtirish zarur boʻlgan ijtimoiy-madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart-sharoit, imkon, zamon, shuningdek, ta'lim muassasasining turi va darajasiga bogʻliq boʻladi.
Ta'lim mazmuni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya'ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish;
bilish tajribasi, atrof-olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va natijalari;
d) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy oʻzaro ta'sirlar tajribasi;
axloqiy-etik tajriba;
ma'naviy-madaniy tajriba va shu kabilar.
Aniq kasb boʻyicha ta'lim mazminini integrativ yondashuv asosida tanlab olishda, uning qaysi soha boʻyicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga olinadi.
Integrativ yondashuv asosida kasb-hunar ta'limi mazmunini tanlab olishda, me'yoriy asos - tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi.
Demak, kasb-hunar ta'limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb-hunar turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta'lim mazmu-ni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi. Yuqoridagi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish faoliyat koʻrinishlariga mos boʻladi. Oʻrta qatlam tutish kasblarga toʻgʻri keladi. Tahlil borishida, eng avvalo, umumiy ta'lim mazmuni, keyin xususiy mazmun, ya'ni kasb-hunarning oʻziga tegishli mazmuni tanlab olinadi. Bunday didaktiv tahlil mazmunining unifakatsiyalashgan qismlarini ajratib olib, kasbiy ta'lim mazmunini ilmiy asosda ma'lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini beradi. Bu yondashuv oʻquv dasturini ishlab chiqish (tuzish) imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |