1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari



Download 1,28 Mb.
bet2/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari.

Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi – bu nazariya va amaliyotning umumlashgan koʻrinishidir. U oʻqituvchi va ta’lim oluvchilar birgalikdagi faoliyati, ta’lim mazmuni, shakl va metodlari birligi sifatida pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonini tadqiq etadi.
Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi boʻlajak oʻqituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlash uchun butun e’tiborini ta’limning qonuniyatlari va tamoyillari, uning shakl va metodlarini asoslashga qaratadi. Bundan tashqari pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi doimiy ravishda pedagogika fanlarni oʻqitishning qonuniyatlarini ochish va asoslab berishga hamda uning asosida ta’lim jarayonini boshqarish yoʻllarini izlab topadi.
Pedagogika fanlari oʻqitish metodikasi fanining predmeti.
Dars jarayonida oʻqitishning yangi usullarini izlab topish va uni amaliyotga tadbiq etish. Dars samaradorligini oshirish lozim:

  • Tа`lim–tаrbiyaning zаmоnаviy tаlаb dаrаjаsigа vа tаrbiya qоnuniyatlаrigа аmаl qilаdi;

  • Pedagogika fanlar tizimi va mazmuni;

  • Ta’lim tarbiyada qoʻllaniladigan usullar;

Pedagogika fanlari oʻqitish metodikasi fanining mаqsаdi.
Pedagogika faniga doir muammolar holati, qonuniyatlarni oʻrganishga qaratiladi.
Hozirgi kunda pedagogika fani oldida turgan bir qator muammolar mavjud boʻlib, ularni oʻrganish eng muhim vazifalardan biridir.

  • Hozirgi paytda mamlakatimizda chiqarilayorgan ta’lim tarbiyaga oid qarorlar va qonunlar mavjud boʻlib, bu qaror, qonunlarni oʻrganish uchun pedagogikada alohida boʻlim yaratilishi lozim.

  • Imkoniyati cheklangan yoshlarni hayotga moslashtirish. 2004 yildan ijtimioiy moslashuv maskani ochildi. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini oʻrganish muhimdir.

  • Mahalla pedagogikasi

  • Oila pedagogikasi doir 80 ga yaqin huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi

  • Xotin – qizlar masalasi

  • Yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish

  • Ta’lim va tarbiya jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash

  • Inovatsion boshqarish

  • Ta’lom tarbiyani modernizatsiya qilish

Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi predmetini bunday tushunishdan kelib chiqib aytish mumkinki, u boshqa fanlarni oʻqitish metodikasidan farqli ravishda ikki – umumiy va xususiy qismdan tashkil topadi.
Umumiy qismda pedagogik fanlarni oʻqitishning metodologik va umumnazariy masalalariga e’tibor qaratiladi. Ular pedagogika kollejlarida pedagogik fanlarni oʻqitishda bir xil darajadagi ahamiyatga ega. Ikkinchi boʻlimda pedagogika kollejlarida pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni, mazmuni, shakl va metodlariga alohida urgʻu beriladi.
Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi oʻquv fani sifatida «Ta’lim toʻgʻrisidagi»gi Qonun asosida tubdan yangilandi. Ana shu asosdan kelib chiqib, pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi fanining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Oʻqitish jarayonini samarali tashkil etish natijasida har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirish.

  2. Har tomonlama rivojlangan, yuqori intellektual salohiyatga ega shaxsni shakllantirishning markazida oʻqituvchi turadi. Shuning uchun boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish – metodikaning muhim vazifasidir.

  3. Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi fani boʻlajak oʻkituvchilarga oʻquvchilarning fan asoslari boʻyicha bilimlarini yangi sifat darajasiga, kasbga yoʻnaltira olishlariga, gʻoyaviy-siyosiy, axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyani yuksak darajasiga erishish yoʻllarini koʻrsatib berishi zarur.

  4. Talabalarni ta’lim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish uchun pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi fani pedagogni ta’limning shakl, metod va vositalarini tanlab olish va tizimlashtirishga oʻrgatadi.

  5. Pedagogik ta’lim muassasalari boʻlajak oʻqituvchilarda kasbiy-pedagogik yoʻnalganlikni shakllantirish uchun katta ijobiy tajribaga ega. Bunda pedagogik fanlarni oʻziga xos oʻrni bor. Toʻplangan tajribalarni jamlash, tizimlashtirish, kelajakda qoʻllash uchun tavsiyalar berish ham pedagogik fanlarni oʻqitishning vazifalaridan biridir.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish