1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


– mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja



Download 1,28 Mb.
bet17/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

4 – mavzu: Pedagogik fanlarni oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja:

  1. Pedagogika fanlari oʻqitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

  2. Ta’lim jarayoninig tuzilishi.

  3. Oʻqitish va oʻqish jarayonlari tavsifi va ularning oʻzaro bogʻliqligi.

  4. Oʻquvchilarning bilish faoliyati uning tuzilishi.



Tayanch soʻz va iboralar: tizim, bilish, sezish, idrok, bilish faoliyati, ta’lim jarayoni.



Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bogʻliq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) oʻzaro bogʻlangan koʻplab elementlar (tarkibiy qismlar) oʻrtasidagi mustahkam birlik va oʻzaro yaxlitlikdir. Demak, pedagogik fanlarni oʻqitish yaxlit tizim sifatida koʻplab oʻzaro bogʻliq quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi: ta’lim maqsadi, oʻquv axborotlari, oʻqituvchi va talabalarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon boʻladi (1-chizma):




Barcha tarkibiy qismlarning oʻzaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon boʻluvchi pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining negizini oʻqituvchi va talabalarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
Ta'lim berish gʻoyatda murakkab va mas'uliyatli ish. Buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta'lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta'minlashga urinishi va harakatlarini saqlashga intilishi oʻrtasidagi ta'limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbayidir.
Ta'lim maqsad, mazmun, oʻqituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki bilimlarning xarakteri, oʻqitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda oʻqituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida oʻzining koʻrsatmalari, yoʻnaltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish-lari va hokazolar bilan ularning oʻquv faoliyati jarayoniga tuzatish-lar kiritadi. Shunga koʻra ta'lim birinchidan, oʻqitish, ikkinchidan, oʻqish, shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
«Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga boʻysinadi va umumfalsafiy metodologiyaga muvofiq, bu qonunlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar oʻrtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqa-ror aloqalardan, shuningdek, ta'limning alohida komponentlari, ya'ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usuliari va uslublari oʻrtasidagi ichki bogʻlanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish oʻqituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta'minlaydi».
Ta'lim jarayoni oʻzaro bogʻliq boigan tashkil etuvchi (koʻrsatkich)larning oʻzaro uzviy bogʻliqligi asosida tuzilgan yagona dina­mik tizimni tashkil etadi. «Dinamik tizim» deyishiga sabab, ta'limni va ta'lim jarayonining tashkil etuvchilari jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda boʻlib, takomillashtirilib boriladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish