Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bogʻliq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) oʻzaro bogʻlangan koʻplab elementlar (tarkibiy qismlar) oʻrtasidagi mustahkam birlik va oʻzaro yaxlitlikdir. Demak, pedagogik fanlarni oʻqitish yaxlit tizim sifatida koʻplab oʻzaro bogʻliq quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi: ta’lim maqsadi, oʻquv
axborotlari, oʻqituvchi va talabalarning ta’limiy faoliyatlari,
uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari,
shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Pedagogik fanlarini oʻqitish jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon boʻladi (1-chizma):
Barcha tarkibiy qismlarning oʻzaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon boʻluvchi pedagogik fanlarni oʻqitish jarayonining negizini oʻqituvchi va talabalarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
Ta'lim berish gʻoyatda murakkab va mas'uliyatli ish. Buning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, pedagogning ta'lim jarayonidagi rahbarlik rolini ta'minlashga urinishi va harakatlarini saqlashga intilishi oʻrtasidagi ta'limga xos dialektik ziddiyat aslida yuksalishning manbayidir.
Ta'lim maqsad, mazmun, oʻqituvchining shaxsi, talabalardagi dastlabki
bilimlarning xarakteri, oʻqitishning moddiy-texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Bunda oʻqituvchi talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida oʻzining koʻrsatmalari, yoʻnaltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish-lari va hokazolar bilan ularning oʻquv faoliyati jarayoniga tuzatish-lar kiritadi. Shunga koʻra ta'lim
birinchidan, oʻqitish,
ikkinchidan, oʻqish, shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
«Ta'lim ma'lum qonuniyatlarga boʻysinadi va umumfalsafiy
metodologiyaga muvofiq, bu qonunlar ta'lim jarayoni bilan ancha kengroq ijtimoiy jarayonlar oʻrtasidagi umumiy, muhim, zarur, barqa-ror aloqalardan, shuningdek, ta'limning
alohida komponentlari, ya'ni uning maqsadi, mazmuni, shakli, usuliari va uslublari oʻrtasidagi ichki bogʻlanishlardan iborat. Aniqlangan didaktik qonuniyatlardan qator
asosiy talablar kelib chiqadi, ularga rioya qilish oʻqituvchining sifatli va samarali amalga oshiruvini ta'minlaydi».
Ta'lim jarayoni oʻzaro bogʻliq boigan tashkil etuvchi (koʻrsatkich)larning oʻzaro uzviy bogʻliqligi asosida tuzilgan yagona dinamik tizimni tashkil etadi. «Dinamik tizim» deyishiga sabab, ta'limni va ta'lim jarayonining tashkil etuvchilari jamiyat taraqqiyotiga mos holda muntazam rivojlanishda boʻlib, takomillashtirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: