Shaklda ifodalangan ketma-ketlik oʻqitish jarayonining algoritmini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Oʻqitish algoritmini ishlab chiqish orqali olib boriladigan ta'lim jarayonining uzviyligini va uzliksizligini ta'minlovchi qat'iy
ketma-ketlik yaratiladi,
shuningdek, ta'lim didaktikasini joriy etishning aniq mexanizmlarini yaratish borasidagi ta'lim-tarbiyaviy va pedagogik tadqiqotlar sohalaridagi ishlar yanada rivoj topadi.
Oʻqitish algoritmi
intellektual asr ta'lim-tarbiyasida asosiy pedagogik
terminlardan biri boiadi, chunki zamonaviy oʻqitish texnologiyalari shu kabi terminlar asosida ta'limda yangicha sifat bosqichiga koʻtariladi.
Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri boʻlib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni oʻzlashtirishni ancha tezlashtiradi. Oʻqituvchi ta'lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, bu jarayonda u ta'lim oluvchiga ta'sir koʻrsatadi, bu esa bilim olishni yanada faollashtiradi, natijada ta'lim oluvchi ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkamlanadi. Inson
tevarak-atrofdagi voqealik, narsa va hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga toʻqnash kelish yoʻli bilan bilib oladi, ular-ni oʻzlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligina ijtimoiy ishlab chi-qarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini oʻzlashtirib oladi.
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada boʻlish natijasida buyumlar sezgi organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqealikni chuqur tushunadi.
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida soʻz yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta'kidlab oʻtish joiz.
Bilish - murakkab dialektik jarayon boʻlib, jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, soʻngra amaliyotga oʻtish yoiidir. Bilish shaxs uchun muhim ham oʻzlashtirilmagan narsa, voqea va hodisalar mohiyatini ong yordamida anglash jarayonidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi.
Sezish ongning tashqi olam bilan boʻladigan chinakam aloqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi voqealik, narsa va hodisalarning sezgi organlari (bizga ma'lumki, ular beshta)ga ta'sir
etuvchi ayrim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator I.P.Pavlov ta'kidlab oʻtganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his ettiradi. Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.
Idrok - sezish a'zolari orqali ongga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarning unda (ongda) yaxlitligicha aks etish jarayonidir.
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur roʻy beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qoladigan sezishlar va idrokning izidir.
Yoki boshqacha aytganda, tasavvur — sezgi a'zolariga qachonlardir ta'sir etgan hamda idrok qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, koʻpayib boradi.
Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida muhim rol oʻynaydi. Tasavvur muayyan umumlashmalarning mavjudligi bilan bogʻliq. Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari boʻlsa-da, ular ham haqiqiy voqealikni bilish muammosini toʻla hal etmaydi. Bilish jarayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoliyatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy
jamiyat qonuniyatlarini ochib, oʻz faoliyatida ulardan foydalanishga intiladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalik xizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariya amaliy faoliyat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyatning yaxshiroq yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qiladi. Biroq, amaliyot ayni vaqtda bilimning toʻgʻriligini tekshirish vositasi hamdir. Nazariy gʻoya, fikr amaliyotda tekshirilgan va u orqali tasdiqlangandagina u inson bilimlarining muhim tarkibiy qis-miga aylanadi.
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil boʻlishi va yana amaliyotga qaytib borishida namoyon boʻladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bilim amaliyotga oʻzining ilgarigi koʻrinishida emas, balki ancha boyigan koʻrinishida, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holni quyidagi holatda koʻrishimiz mumkin (2-shakl).