1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


oʻquv materialini muammoli bayon etish –



Download 1,28 Mb.
bet62/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

oʻquv materialini muammoli bayon etish – ma’ruza mashgʻulotlarida monolog tarzda, seminar mashgʻulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. Oʻqituvchi ma’ruza paytida oʻquv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni oʻzi echadi, oʻquvchilar esa echimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qoʻshiladilar. Masalan, «Ta’lim jarayoni» mavzusidagi ma’ruzaning boshida «Hech oʻylab koʻrganmisiz, nega qargʻa 200-300 yil yashaydi, biroq uning bolaligi uch-toʻrt oy davom etadi? Inson oʻrtacha 60 yil umr koʻradi. Lekin uning bolaligi 20-25 yoshgacha davom etadi?» degan muammo qoʻyiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday etib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish boʻyicha oʻtkazilgan tajribalar haqida hikoya qiladi.
Qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tugʻdiradi va maqsadga yoʻnaltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. Oʻqituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yoʻnaltiruvchi savollarni tayyorlab qoʻyishi lozim, u oʻquvchilar javoblarigi tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-koʻnikma, bilim-transformatsiya(qayta shakllanish)ni ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv oʻqitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
Oʻrganishning tadqiqot metodi muammoli ta’limning umumiy metodlaridan biri sifatida oʻqituvchi tomonidan asosan oʻkuvchilar oldiga yuqori darajada muammoli boʻlgan nazariy va amaliy tadqiqot topshiriqlari qoʻyish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Tadqiqot xarakteridagi topshiriqlarning izlanishga doir topshiriqlardan farqi shundaki, birinchisida oʻquvchilar yigʻilgna faktlar (tajriba, kuzatish, kitob ustida ishlash) va ularni nazariy jihatdan tahlil qilish, tizimlashtirish va umumlashtirish boʻyicha ish bajaradilar, kashfiyot va ixtirolar oʻquvchilar tomonidan fakt materialarini tahlil qilish va umumlashtirish natijasi sifatida namoyon boʻladi. Tadqiqot metodida oʻquvchi mustaqil ravishda mantiqiy operatsiyalarni bajarib, yangi tushunchalar hamda harakatning yangi usullari mohiyatini ochadi. Oʻquvchi mulohazalarining borishi, xulosalarining toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi oʻqituvchi tomonidan oʻquvchi bilan suhbat qilish jarayonida yoki uning tadqiqot natijasini ogʻzaki yoki yozma bayon qilganda aniqlanadi.
Pedagogika fanidan tadqiqot ishlari tashkil etish shakllariga koʻra xilma-xil boʻlishi mumkin:

  • oʻquvchilar tajribasi;

  • ilmiy tajribalarda ishtirok etish;

  • ekskursiya va faktlar toʻplash;

  • arxivlarni oʻrganish;

  • aholi bilan suhbatlashish;

  • ma’ruzalar tayyorlash va uni maktablarda oʻqish;

  • qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganish va hokazo.

Demak, tadqiqot metodi oʻquvchilar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni echadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) hamda oʻqituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.
Umuman olganda, muammoli ta’lim pedagog va ta’lim oluvchilar uchun keng imkoniyatlar beradi. Bilimlarni shunchaki emas, ongli oʻzlashtirish, oʻquvchilarning bilishga qiziqish, ehtiyojlarni shakllantirishda muammoli ta’limning turli jihatlari (muammoli savol, topshiriq, vaziyatlarni hosil qilish, muammoli ta’lim metodlaridan foydalanish)ni qoʻllash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda qabul qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirishga zamin yaratadi. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarini axborotlashtirishga asos yaratdi. Mamlakatning iqtisodiyotdagi, insonlar hayoti va jahon hamjamiyatidagi oʻrni axborot-texnologik rivojlanishning holatiga bogʻliq boʻlib qolmoqda.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bogʻliq. Ta’lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yoʻnalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yoʻllari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan oʻrin olgan. Jahonda masofaviy oʻqitish ochiq ta’lim tizimining muhim boʻgʻini sifatida keng quloch yoymoqda.
Planetamiz sivilizatsiyasining axborot maydonida, jamiyatning har bir a’zosi, oʻzining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda axborotlardan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Jamiyatning har bir a’zosi hayotiy faoliyatining barcha sohalarida axborotlardan foydalanish axborot muhitining shakllanishiga asos boʻladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhiti, oʻzida axborot ob’ektlarini, ularning oʻzaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, toʻplash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtirgan boʻladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish