1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet64/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Ta’limni axborotlashtirish – ta’lim-tarbiyaning pedagogik-psixologik maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni, ta’lim sohasida ularni yaratish amaliyoti va metodologiyasi bilan ta’minlashni nazarda tutadi.
Bu jarayon, birinchidan, ilmiy-pedagogik ma’lumotlar bazasidan foydalanish asosida ta’lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirishni, ikkinchidan, zamonaviy axborot jamiyatida, shaxsni rivojlantirish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaning tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini tanlash va metodologiyasini takomillashtirishni, uchinchidan, oʻquvchini intellektual salohiyatini rivojlantirishga, unda mustaqil bilim olish malakasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning metodik tizimini yaratishni va nihoyat toʻrtinchidan, oʻquvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning diagnostik metodlarini, xususan kompyuter testlarini yaratishni va ulardan foydalanishni maqsad qiladi.
Ta’limni axborotlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni oʻqitishdagi tashkiliy shakllar va metodlarning oʻzgarishigagina emas, balki undagi yangi metodlarning shakllanishiga ham olib keladi.
Fanlar sohasining axborotlashuvi, oʻquv faoliyatining takomillashuvi, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bilish jarayonining integratsiyalashuviga, fanlar sohasining kengayishiga, chuqurlashuviga va ularning integratsiyasiga sabab boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, oʻquv materiallari mazmunini tanlash mezonlariga oʻzgartirishlar kiritishni taqozo qiladi.
SHunday qilib, ta’limni axborotlashtirish jarayonining rivojlanishi, oʻquv materiallarining mazmuni va hajmini oʻzgarishiga, oʻquv predmetlari (kurslari) dasturlarini qayta ishlab chiqishga, alohida mavzular yoki predmetlarning integrallashuviga sababchi boʻladi. Bu esa, oʻquv fanlarining mazmuni va strukturasini oʻzgarishiga, binobarin, ta’limning mazmuni va strukturasini oʻzgarishiga olib keladi.
Bu jarayonga parallel ravishda, oʻquvchilar bilim saviyasi muammosiga, kompyuter texnologiyalari asosidagi innovatsion yondashuvni joriy etish lozim boʻladi.
Ta’lim mazmuni va tarkibi, nazorat va oʻqitishning tashkiliy shakllari, metodlari haqidagi tasavvurlarning oʻzgarishi oʻqitish jarayonida xususiy metodikani ham takomillashtirishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini imkoniyatlaridan foydalanish va shu tufayli oʻquv faoliyatining kengayishi, oʻqitish vositalari va darsliklarga boʻlgan didaktik talablarning sifatiy oʻzgarishlariga olib keladi.
Yuqorida ta’kidlangan holatlar ta’lim-tarbiya nazariyasi tarkibiy qismlarining oʻzgarishiga, ya’ni pedagogika fani paradigmasining oʻzgarishiga olib keladi.
Dunyoda masofaviy oʻqitishning, ochiq ta’lim tizimining muhim boʻgʻini sifatida keng qoʻllanilishi, shuningdek, ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari va INTERNETdan foydalanish uning sifatini yuqori koʻtarish omillaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, oliy pedagogik ta’lim tizimida turli fanlarni, jumladan fizikani oʻqitishda keng joriy etilmoqda.
Oʻquv jarayonida yangi axborot texnologiyalarni qoʻllash, pedagogik metodlarning samaradorligini oshirishga, pedagoglarning mehnat faoliyatini oʻzgarishiga, ularning ish uslublarini takomillashishiga, pedagogik tizimlarning strukturaviy oʻzgarishiga olib keladi. Bu esa pedagogik jarayonlarni boshqarishni tashkil etish va boshqarishda oʻziga xos vazifalarni qoʻyadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish:
- oʻqituvchilar oʻrtasida mehnat taqsimotini;
- masofaviy oʻquv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi boʻlgan jamoaga pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislarining birlashuvini;
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va oʻqituvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borishni taqozo etadi.
Yangi texnologiyalar asosidagi pedagogik faoliyat:
- ta’limdagi texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi kurslarni yaratishdek murakkab jarayonlarning yengillashuvini;
- oʻquv kurslarini yaratishda maxsus malakalarning shakllanishini;
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga boʻlgan talablarning va oʻquv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyojlarning qondirilishini;
- oʻquv jarayonida oʻquvchi faoliyatining ustivor mavqe tutishini, oʻquv jarayoni salmogʻining oʻqituvchidan oʻquvchiga koʻchishini;
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, oʻqituvchining har bir oʻquvchi bilan teskari aloqasini vujudga kelishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini oshirish bilan bevosita aloqador boʻlgan bir qator hozirgacha echimini topmagan muammolar mavjud. Bu muammolar ta’lim sohasini axborotlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog kadrlar tayyorlash, pedagoglarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish malakasining etarli emasligi bilan bogʻliq boʻlmoqda.
Bu muammolarning muhim qirralaridan biri sifatida pedagoglarning oʻzlaridagi ta’limni axborotlashtirishga boʻlgan munosabatlarini koʻrsatish mumkin. SHu narsani ta’kidlash joizki, axborotlashtirish sharoitida pedagogning roli yanada oshadi.
Hozirda ta’lim muassasalari zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida jihozlanmoqda. Bu, oʻz navbatida pedagoglarning oʻz mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Oʻquv jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etilishi, oʻqituvchini texnik vositalar tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini oʻzgartiradi, oʻqituvchilik faoliyatining murakkablashuviga olib keladi.
Endi oʻqituvchidan:
- oʻquv kurslari dizayneri – oʻquv kurslarini yaratuvchi;
- fasiliteytor – oʻqitish metodlari boʻyicha maslahatchi;
- tyutor-oʻquv kurslarini interfaol taqdim etish boʻyicha mutaxassis;
- invigilator ta’lim natijalarini nazorat qilish usullari boʻyicha mutaxassis boʻlish talab etiladi.
Zamonaviy texnologiyalar, masofaviy oliy pedagogik fizik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Bunday ta’limda fizik-pedagoglar, kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida YAngi oʻqitish kurslarini yaratishlari lozim boʻladi. Masofaviy oʻqitish kurslarini yaratishda dastlab:
- kurslarning maqsadi;
- maqsadga erishish yoʻllari;
- oʻquv materiallarini taqdim etish usullari;
- oʻqitish metodlari;
- oʻquv topshiriqlarining turlari;
- muhokamalar uchun savollar;
- munozara va bahslarni tashkil etish yoʻllari;
- oʻzaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.
Bularning barchasi kurslarni yaratuvchi - oʻqituvchilar (kurslar dizayneri) va texnologiyalar boʻyicha mutaxassislar hamkorligida amalga oshiriladi.
Oʻquvchi va oʻqituvchining oʻrtasidagi kommunikatsiya turiga koʻra masofaviy oʻqitish metodlarining quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

  • mustaqil oʻqish usullari;

  • «birga-bir» pedagogik usuli;

  • «birga-koʻpchilik» oʻqitish;

  • kommunikatsiya asosida «koʻpchilik-koʻpchilik» ta’limi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish