1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet67/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

I - «kirib boruvchi» texnologiyalar (alohida mavzular, boʻlimlar boʻyicha ma’lum bir didaktik masalalar uchun kompyuter oʻqitishni qoʻllash).
II - asosiy, qoʻllanayotgan aniq texnologiyadan oʻta muhim qismini aniqlovchi.
III - monotexnologiyalar (ta’lim, oʻquv faoliyatni boshqarish, diagnostika va monitoring kompyuterlarni qoʻllashga asoslanadi).
Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limda faol qoʻllanilmoqda. SHu bilan bir qatorda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda qator qiyinchiliklar mavjud. Bu quyidagilar bilan izohlanadi:

  • ta’limni axborotlashtirishga pedagogik jamoalarning etarli tayyor emasligi;

  • kompyuter oʻrgatuvchi dasturlarning imkoniyatlari haqida tasavvurlarning ozligi, ularni qoʻllash boʻyicha metodik ishlanmalarning kamligi;

  • kompyuter texnologiyalari vositalarining qimmatligi;

  • ta’limda axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislarning etishmasligi.

Ta’lim muassasida zamonaviy axborot texnologiyalari muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy mahsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan foydalanishga ehtiyoj shakllantiriladi. Bunda har bir ta’lim muassasida individual va maslahat mashgʻulotlar asosida pedagoglarni mustaqil va kompyuter ta’limi tizimini tashkil etish kerak. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan modellar orasidan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin:
- yangi oʻquv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan foydalanuvchi darslar;
- INTERNET oʻrgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahsulotlar asosida tashkil etilgan darslar; 
- pedagoglarning darslarga metodik tayyorlanishi, qoʻshimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirishi, didaktik materiallarni tayyorlashi;
- kompyuter texnologiyalaridan oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarishda foydalanish.
Har bir modelga oʻziga xos texnik jihozlangan kompyuter ishchi oʻrinlari toʻgʻri keladi. Kompyuterlarni oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha bizning tajribamizdan kelib chiqib, predmet kompyuter sinflari va kompyuterlar bilan jihozlangan oʻquv sinflarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Oʻqitishni kompyuterlashtirish tor ma’noda kompyuterlarni oʻqitish vositasi sifatida qoʻllash boʻlsa, keng ma’noda oʻquv jarayonida kompyuterlardan koʻpmaqsadli foydalanish nazarda tutiladi. Oʻqitishni kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi oʻsib borayotgan avlodni axborot jamiyatiga tayyorlash va axborot texnologiyalari vositalarini joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Oʻqitish jarayonini kompyuterlashtirish (axborotlashtirish)da ikki yoʻnalishni ajratish mumkin: kompyuterni oʻquv faoliyatining vositasi sifatida qoʻllashning barcha usullarini oʻzlashtirish hamda kompyuterdan oʻrganish ob’ekti sifatida foydalanish. Kompyuterni texnik xarakteristikalarining va dasturiy ta’minotining takomillashib borishi, didaktik imkoniyatlarining kengayishi uning oʻqitish vositasi sifatida yangi xossalarini namoyon qilmoqda.
Kompyuterlar yordamida oʻqitishning rivojlanish tarixida ikki tizim: an’anaviy va intellektual oʻqitishni ajratish mumkin. Intellektual oʻqitish tizimining asosiy xususiyati shundaki, u oʻquv masalalarini hal etishda barcha bosqichlar xususiyatlarini inobatga olgan holda oʻquv faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi. Intellektual oʻqitish tizimida individuallashtirilgan oʻqitish oʻquvchining dinamik modeli asosida amalga oshiriladi. Bunday tizimlar oʻquvchi va kompyuter oʻrtasida boshqaruv vazifalarini taqsimlash imkoniyatini berish orqali oʻquvchining oʻquv faoliyatini shakllanib borishida barqarorlik, muntazamlikni beradi, ya’ni mustaqil oʻqishga oʻrgatishga optimal tarzda oʻtish amalga oshiriladi.
Kompyuterlar vositasida oʻqitish oʻquv jarayonining barcha jabhalariga samarali ta’sir koʻrsatadi. Kompyuterlarning oʻqitish mazmuniga ta’siri oʻquvchilarga koʻplab imkoniyatlarni ochib beradi. Bu kompyuterlarning oʻquv materiallarini namoyish etish imkoniyatlarining yuqoriligi, sun’iy intellekt gʻoyalarini joriy etilishi, oʻquvchilarga koʻplab axborotlarni etkazish vositasi ekanligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchi tomondan kompyuterlar oʻqitish mazmuniga har xil evristik vositalarni kiritadi. Kompyuterlarning muhim ahamiyatli tomonlaridan biri ularning integratsiyalashgan oʻquv fanlarini yaratishga real imkoniyat vujudga keltirishidir.
Oʻquv maqsadlarida kompyuterlardan foydalanish oʻquvchilarning faoliyatini oʻzgartiradi. Endi oʻquvchi pedagogga murojaat etmasdan turib zarur axborotlarni mustaqil izlab topishga, ya’ni mustaqil tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladi. Kompyuter oʻqitishning ikkinchi yoʻnalishi kompyuterlarni oʻrganish ob’ekti sifatida qoʻllashdir.
Kompyuterlarning oʻquv jarayonida oʻqitish vositasida qoʻllanilishi didaktika va pedagogik psixologiyaning koʻpgina nazariy asoslarini qayta koʻrishni taqozo etadi. Jumladan ekspert tizimlar oʻquvchini istalgan murakkablikdagi masalani echishda toʻgʻri echimga olib kelish, gipermatn oʻrgatuvchi tizimlar esa oʻquvchiga oʻquv materiallarini oʻzlashtirish ketma-ketligini tanlash imkoniyatlarini beradi.
Ta’kidlash joizki, kompyuterlar vositasida oʻqitish oʻqitishdagi barcha muammolarning oʻz-oʻzicha echilishga olib kelmaydi. Kompyuter pedagogni oʻquv jarayonidan siqib chiqara olmaydi, ya’ni yangi axborot texnologiyalari an’anaviy texnologiyalarning oʻrnini toʻliq qoplay olmaydi. Matn muharririda tayyorlangan didaktik materiallar oʻquv jarayoni imkoniyatlarini kengaytiradi, ya’ni bu jarayonni samarali va xilma-xil qiladi va oʻqishga qiziqishni oshiradi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali oʻquvchilar auditoriyasining tayyorgarlik darajasiga qarab didaktik materiallarni shakllantirish mumkin. YAxshi ulguruvchi oʻquvchilar uchun murakkabroq topshiriqlar tayyorlash yoki murakkab testlar berish imkoniyatlari yaratiladi. Didaktik materiallarni tayyorlashda pedagog oʻzining kasbiy vazifalarini bajarishga qaratilgan materiallar tayyorlayotganini esda tutishi lozim.
Endi jadval muharririda didaktik materiallar tayyorlashni koʻrib chiqaylik. Misol uchun «Oʻzgarmas tok qonunlari» boʻlimidan didaktik materiallar tayyorlash jarayonini kuzataylik. Murakkab elektr zanjiri berilgan boʻlsin. Unda zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan foydalanib tok kuchi va kuchlanishning reostat qarshiligiga bogʻliqligini oʻrganish talab etilmoqda. Masalani echish davomida jadvaldagi ustunlarni toʻldirish, formulalarni yozish va koʻchirish, diagrammalar tuzish usullari oʻrganiladi.
Oʻqituvchi, dastlab, oʻquvchilarni elektron jadval shablonlarini toʻldirish uchun tayyorlaydi, oʻquvchilar laboratoriya ishlari natijalarini jadvallarga kiritadilar, bu ma’lumotlarni qayta ishlaydilar. Aslida oddiy koʻringan mazkur hisoblashlar orqali oʻquvchilar kompyuter texnologiyalaridan qulay vosita sifatida foydalanishga oʻrganadilar. Va nihoyat elektron jadvallarning ajoyib xususiyati - koʻrsatkichlarning oʻzgarishida formulalarning hisoblashlarni mos amalga oshirishini ta’minlash mumkin. Bu esa uncha murakkab boʻlmagan fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi.
Elektron taqdimotlardan darsga namoyish va koʻrgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. Oʻquv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi oʻtilayotgan mavzuni tushunishni engillashtiradi va koʻrgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini oʻquvchilarga tarqatma material sifatida ham tarqatish mumkin.
Slaydlarga nisbatan oʻquvchilar oʻzlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega boʻladilar:

  • grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;

  • muhokama etilayotgan mavzu boʻyicha xulosalar va savollarni shakllantirish;

  • oʻzining oʻquv-bilish faoliyatini rejalashtirish.

Bunday metodika yaqituvchiga yangi axborotlarni koʻpaytirib borish, oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasini oʻzgarishi bilan ma’lum bir mavzuga moʻljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
Metodik jihatdan oʻqituvchi va oʻquvchining oʻzaro muloqoti ikki turdagi ta’sirdan iborat boʻladi. Birinchi tur ta’siri: oʻqitishning ma’lum bosqichida oʻquvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yoʻnaltiruvchi savollar. Ikkinchisi: masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini koʻrsatish.
Savollar va koʻrsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bogʻliq ravishda beriladi.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish