1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-rasm. An’anaviy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim afzalliklari



Download 1,28 Mb.
bet66/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

1.2.1-rasm. An’anaviy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim afzalliklari

Zamonaviy texnologiyalar oʻqitish usullarini ham takomillashtirishga ishonch hosil qilish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayoniga yangi terminlarni olib kiradi. Keyingi vaqtlarda elektron leksiyalar, ya’ni eleksiya tushunchasi paydo boʻldi. Eleksiya - bu kompyuter tarmoqlari orqali tarqatiluvchi leksiya materiallaridir. Eleksiya nafaqat ma’ruza matnlaridan balki oʻquvchini bahslarga tayyorlashga xizmat qiluvchi oʻquv materiallari, maqolalar, ularning qisqartmalaridan tashkil topishi mumkin.
Kommunikatsiya asosida «koʻpchilik-koʻpchilik» ta’limi – oʻquv jarayonidagi barcha ishtirokchilarning oʻzaro faolligi bilan xarakterlanadi. Jamoaviy yaquv bahslari va konferensiyalarning oʻtkazilishi bu metodning rivojlanishiga olib keladi. Oʻquv muloqotlari oʻquvchilar-oʻqituvchi va oʻquvchilar-oʻquvchilar shaklida boʻladi. Bu metod sinxron va asinxron audio, audiografik, video va kompyuter konferensiyalari texnologiyalariga asoslanadi.
Kompyuter kommunikatsiya texnologiyalari bahslar, modellashtirish, aqliy hujum, Delfi metodi, forumlar, loyihalash guruhlari kabi oʻqitish metodlaridan faol foydalanishga imkon beradi.
Pedagogik ta’lim muhitining samarasi, yangi texnologiyalar negizida oʻqitish mazmunining rivojlanishiga, ta’lim muhiti interfaolligi rivojiga, ta’lim jarayonida oʻquvchining faolligini rivojlantirishga, moslashuvchan oʻquv jarayonining tashkil etilishiga bogʻliqdir.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari oliy pedagogik ta’lim mazmuni rivojlanishini ta’minlaydi. Bu texnologiyalar:
- ta’lim mazmunini tashkillashtirish;
- ta’lim mazmuniga oid elementlarni bogʻlash;
- axborotlarning turli koʻrinishlaridan foydalanish;
- kurslarni darslar(mavzular) majmuasi koʻrinishida taqdim etish;
- darsni virtual harakatlar tizimi sifatida yaratish;
- oʻquv materiallarini oʻzlashtirishning ketma-ketligini ta’minlash;
- oʻquv materiallari mazmunini oʻquvchiga moslashtirish;
-turli sohalarda ta’lim mazmunini rivojlantirish (kurs yaratuvchilar, oʻqituvchilar, metodistlar,oʻquvchilar);
-oʻquv maqsadlariga erishishda, professional bahslardan foydalanish uchun vosita boʻlib xizmat qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar ta’lim beruvchilarning ham, ta’lim oluvchilarning ham faolligini oshiradi. Bunday faollik muhiti, oʻzaro ijodiy hamkorlikning sifatini va samaradorligini yangi bosqichga koʻtaradi.
Jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalar oʻquv jarayonining tez takomillashishini va yangi texnologik muhitga moslashishini taqozo etadi. Moslashuvchan oʻquv jarayonini tashkil etish zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, oʻquv materiallarini yaratishning turli:

  • kompyuter oʻrgatuvchi tizimlarining arxitekturasini yaratish;

  • amaliy oʻrgatuvchi kompyuter dasturlarini shakllantirish;

  • oʻqitishning turli usullari va vositalari orqali aniq oʻquv jarayonini shakllantirish bosqichlarida moslanuvchanlik prinsipining boʻlishini talab etadi. Bunday prinsip asosida tayyorlangan oʻquv materiallari oʻquvchining bilim darajasi, malakasi, psixologik xususiyatlari, oʻquv guruhlarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻqitishning ijtimoiy-madaniy jihatlarini oʻzida mujassamlashtirgan boʻladi.

Oʻquv jarayoni uchun texnologiyalarni tanlashda quyidagilarga muhim omillar sifatida e’tibor qaratish lozimligini alohida ta’kidlash mumkin:

  • oʻquv jarayonida yangi texnologiyaning oʻzi emas, balkim undan foydalanib ta’limning maqsadlariga erishishni ta’minlashning muhimligi;

  • eng zamonaviy va qimmat texnologiyalar bilan bir qatorda, arzon va an’anaviy texnologiyalar ham samara berishi mumkinligi;

  • oʻqish natijalari telekommunikatsiya yoki axborot texnologiyalarining turiga qarab emas, balki kurslarni yaratish va uzatish sifatiga bogʻliqligi;

  • texnologiyalarni tanlashda oʻquvchining shaxsiy xususiyatlariga, alohida olingan fan sohasining oʻziga xos tomonlariga, oʻquv mashgʻulotlari, topshiriqlari va mashqlarining mazmuniga e’tibor qaratish lozimligi;

  • texnologiyalarni tanlashda, eng samarali yoʻllardan biri - bu multimedia yondashuvidir.

Ta’lim mazmunini va uning sifatini yaxshilash masalalari ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgan paytda ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, uning rivojlanishiga va samaradorligining ortishiga zamin yaratadi.
Kompyuterlarning ta’limda keng qoʻllanilishi natijasida «ta’limning yangi axborot texnologiyalari» termini paydo boʻldi. Umuman aytganda, har qanday pedagogik texnologiya - bu axborot texnologiyasidir, chunki ta’limda texnologik jarayonning asosini axborot va uning harakati (oʻzgarishi) tashkil etadi. Bizning fikrimizcha, kompyuterdan foydalanishga asoslangan ta’lim texnologiyalari uchun «kompyuter texnologiyalari» termini munosibdir.
Kompyuter texnologiyalari dasturiy oʻqitish gʻoyasini rivojlantiradi, kompyuter va telekommunikatsiyalarning katta imkoniyatlari bilan bogʻliq oʻqitishning mutlaqo yangi texnologik variantlarini ochib beradi. Kompyuter (yangi axborot) texnologiyalari – kompyuter asosida oʻquvchiga axborotlarni tayyorlash va etkazish jarayonidir. Kompyuter texnologiyalari quyidagi variantlarda namoyon boʻlishi mumkin:

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish