1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


– mavzu: Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakalarini tashxis etish



Download 1,28 Mb.
bet68/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

9 – mavzu: Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakalarini tashxis etish
Reja:

  1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.

  2. Oʻquv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari.

  3. Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari.

  4. Oʻquv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari.

  5. Bilim, koʻnikma va malakalarni baholash mezonlari.



Tayanch soʻz va iboralar: tashxis, bilim, koʻnikma, malaka, baholash mezonlari.



Boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta'lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish oʻta muhimdir. Toʻgʻri tashkil etilgan ta'lim jarayonida egallanishi lozim boʻlgan nazariy materiallar boʻyicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta'lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkoni vujudga keladi.
Ta'lim natijalarini nazorat qilish vositalari - oʻrganilayotgan fan (mavzu) boʻyicha shakllantirilgan ma'lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta'lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) top-shiriqlar, savollar, test-savollar va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalaridir. Bunday jarayonlarda natijalarni oʻzlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Natijalarni oʻzlashtirish - bu olingan natijalarni amaliy oʻz-lashtirishga tayyorlash jarayonidan, ya'ni iste'mol uchun tayyorlashdan iboratdir. Bunda ta'lim beruvchi ishtiroki muhim rol oʻynaydi, chunki kerak boʻlganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qoʻlidan kelavermaydi.
Umuman olganda ta'lim-tarbiya jarayonida bilim, koʻnikma va malakalar shakilanganligini nazorat qilish muhim oʻrin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:

  1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim, koʻnikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

  2. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilim olishga boigan ishtiyoqini oʻstirish funksiyasi.

  1. Nazorat jarayonida ta'lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi, rivojlantiriladi.

  2. Ta'lim funksiyasi.

  3. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.

  4. Nazoratning baholash funksiyasi.

  5. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilimga qiziqishni uygʻotish, jonli fikrlashga oʻrgatuvchilik funksiyasi.

Ma'lumki, nazorat asosan uch turga boʻlinadi, ular: joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazoratlardir. Bulardan tashqari soʻnggi nazorat turi ham bor.
Nazorat testlar, yozma ishlar va ogʻzaki savol-javoblar orqali amalga oshiriladi. Pedagog olimlar I.Tursunov va U.Nishonaliyevlarning ma'lumotlariga qaraganda testlar orqali quyidagi imkoniyatlar yara-tiladi:

  • ta'lim oluvchilar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini obyektiv sharoitda aniqlash;

  • bir vaqtning oʻzida bir guruh yoki koʻp sonli ta'lim oluvchilar bilimini nazorat qilish;

  • hamma ta'lim oluvchilarda bir xil sharoit yaratish;

  • test natijalarini ta'lim beruvchi tomonidan tezkorlik bilan (operativ) tekshirish;

  • turli guruhdagi ta'lim oluvchilar bilimini solishtirish;

  • ta'lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va boshqalar.

Ta'lim natijalarini baholashda reyting tizimining test usuli keyingi paytlarda iste'molda keng foydalanilmoqda.
Test — biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma'lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir. Test toʻgʻri bajarilganligini oʻlchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yorda-mida etalon ishlab chiqiladi.
Umuman olganda, test soʻzi inglizchadan olingan boʻlib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma'nolarini bildiradi, ya'ni «sinalayotgan shaxs-ning psixo-xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji, qobili-yati va malakasini tekshirishda qoʻllaniladigan standart mashqlar», demakdir. Pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida didaktik testlar quyidagi ikki guruhga ajratiladi:

  • nazariy bilimlarni nazorat qiluvchi, malaka va qobiliyatlarni tekshiruvchi oʻzlashtirish testlari;

  • real oʻquv imkoniyatlari boʻyicha (Yu.Babanskiy) diagnostika testlari hamda umumiy va maxsus (masalan, mikro yoki makro iqtisodiyot fani va boshqa fanlar boʻyicha) oʻqitish testlari.

1. Testlarning fanlararo qoʻUanish sohasi.

  1. oraliq nazorat testlarida mavzular, boblar boʻyicha bilim va oʻzlashtirish elementlarini tekshirish;

  2. koʻp mavzular boʻyicha fanlarning bir-biriga bogʻliqligini
    hisobga olgan holda bilim va oʻzlashtirishning chegaraviy nazoratini hisobga olish;

g) butun kurs boʻyicha bilimlarni nazorat qilish (test asosida fan­lararo turkum testlarni ham yaratish mumkin).
Bu holatlarning har birida fan topshiriqlarining quyidagi savol-lari har xil qoʻyiladi: marketing-moliya; menejment; soliqlar kabi integrativ bilimlar va hokazo.
2. Me'yoriy test tuzishning umumiy yoʻnalishi boʻyicha maqsadli yoki kriterial (mezonli) xarakterdagi testlarda yigʻilgan ballar hisob natijalariga koʻra, bir guruhni boshqa guruh bilan, guruh ichidagilarni esa bir-biri bilan solishtirish mumkin.
Mezonli testlarda esa har bir ta'lim oluvchining qandaydir oʻquv yoki mutaxassislikka oid topshiriqlarini yechish uchun zarur boʻladigan bilim va oʻzlashtirish qobiliyatlari ochib beriladi, ya'ni mezonli testlar va unga mos topshiriqlar ta'lim oluvchilarning bilim va koʻnikmalari aniq fan sohalari boʻyicha oʻqitish maqsadining mini­mal talablariga qay darajada erishgani yoki erishmaganligi haqidagi savollarga javob beradi.
Me'yoriy testlarda, asosan topshiriqni «yechdi» yoki «yechmadi» deb belgilansa, mezonli testlarda esa topshiriqni qaysidir yoʻl bilan yechgan ta'lim oluvchilarni murakkab ishlarga qoʻyish mumkinligi, ularning murakkab dasturlar boʻyicha ishni davom ettira oiishligi hisobga olinishi kerak.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish