1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja
2 5359687889087108816
Har bir tayanch iboraning oʻquv maqsadini B.Blum pedagogik taksonomiyasi (2-jadval) asosida belgilash. Bu bosqich, pedagogik texnologiyada qayta takrorlanadigan oʻqitish sikli uchun eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Fanning u yoki bu tushunchasini oʻrganish darajasi, u fanni ta’limning mazkur yoʻnalishi uchun ahamiyati orqali aniqlanadi. Ta’lim yoʻnalishiga koʻra, bir tushunchaning oʻzi turli oʻquv toifalariga kirishi mumkin. Ta’limning bir yoʻnalishi uchun bu masalan – bilish boʻlsa, ikkinchi yoʻnalish uchun qoʻllash boʻlishi mumkin va h.k. Barcha tayanch iboralar oʻquv maqsadlarining yigʻindisi, shu fannig oʻquv maqsadlari katalogini tashkil etadi. 2-jadval Tayanch iboralarning oʻquv maqsadlarini, B.Blum pedagogik taksonomiyasi boʻyicha belgilash («Pedagogika» fani misolida)
Har qaysi tayanch ibora, modullar uchun diagnostik testlar ishlab chiqish. Bu testlar talabalarning bilim olishini tashxislash maqsadida, joriy nazorat uchun ishlatiladi. Bilimlarning oʻzlashtirilish darajasiga koʻra, har bir tayanch ibora uchun testlar tuziladi. Oʻqitish. Yangi oʻquv materialini bayon etish va uni ishlab chiqish, shaxsga yoʻnaltirilgan oʻqitish texnologiyalari asosida amalga oshirish tavsiya etiladi. Butun oʻquv faoliyati, aniq va ravshan ifoda qilingan oʻquv maqsadlari asosida quriladi. Oʻquv maqsadi toifasiga koʻra, oʻquv materialining birligi, tarkibi, turli xil boʻlishi mumkin. Test oʻtkazish. Joriy test diagnostik xarakterga ega boʻlib teskari aloqa vazifasini oʻtaydi, Uni oʻtkazishdan asosiy maqsad tuzatishlar va qoʻshimcha oʻquv tadbirlar zaruriyatini aniqlashdan iboratdir. Oʻquv maqsadlariga erishilganligini baholash. U joriy test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Test sinovlari natijasiga koʻra talabalar guruhi ikkiga boʻlinadi: Bilim va koʻnikmalarni toʻla oʻzlashtirishga erishganlar. Bilim va koʻnikmalarni toʻla oʻzlashtirishga erishmaganlar. Oʻquv materialini toʻla oʻzlashtirmagan oʻquvchilar, oʻqituvchi rahbarligida shu materialni oʻrganishni davom etadilar. Ular bilan qoʻshimcha (tuzatish) oʻquv ishlari tashkil etiladi. Testlar natijalari asosida, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqlanadi. Kamchiliklarni tuzatish uchun oʻquv materialini oʻzlashtirmagan talabalarning guruhi bilan mashgʻulotlar olib boriladi. Materialni takroriy bayon qilishda boshqa yangi usullardan foydalanish lozim: birinchi marta ishlatilmagan koʻrgazma qurollar va oʻqitishning texnik vositalarini ishlatish, individual ishlardan foydalanish zarur. SHu yoʻllar bilan oʻquv materialining toʻla oʻzlashtirilishiga erishish lozim. Bilimlarni toʻla oʻzlashtirilishini ta’minlash muammosida alohida masala boʻlib, oʻqitish sur’atlari turadi. Aynan shu bilan oʻquvchining qobiliyati aniqlanadi. Iqtidorli oʻkuvchilar uchun (ular taxminan 5 % ni tashkil etadi) oʻquv materialini oʻzlashtirish uchun eng kam vaqt, «oʻrtacha» oʻkuvchilar uchun ulardan koʻra koʻproq vaqt, «boʻsh» oʻkuvchilar uchun eng koʻp vaqt zarur boʻladi. Tabaqalashtirilgan oʻqitish texnologiyalariga oʻtish dolzarbligi shu bilan asoslanadi. Bunda har bir oʻkuvchi oʻquv materialini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida, oʻzining tabiiy qobiliyatlari darajasida oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. Iqtidorli oʻquvchilarda chuqurlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni egallashga imkoniyat paydo boʻladi. Mavzu (modul) boʻyicha oʻquv materiali guruhning barcha oʻquvchilari tomonidan oʻzlashtirilganidan soʻng, keyingi mavzu (modul)ga oʻtiladi, ya’ni oʻquv jarayoni oʻrgatuvchi sikl shakliga ega boʻladi. Oʻqitishning modul tizimida, oʻrgatuvchi sikllar soni, oʻquv fanining modullari soniga teng boʻladi. Download 1,28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |