1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Pedagogika fanini oʻqitish jarayonida muammoli oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish yoʻllari



Download 1,28 Mb.
bet61/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Pedagogika fanini oʻqitish jarayonida muammoli oʻqitish texnologiyalaridan foydalanish yoʻllari
Muammoli oʻqitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-oʻquv masalalarni nostandart usullar bilan echishni taqozo etadi. Oʻquvchilarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
Oʻquv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda oʻqituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, oʻquvchilar oldiga muammoli masalalar qoʻyadi, ularni echimining yoʻllari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, oʻzi yoʻlga boshlaydi.
Shuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu erda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni echimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – oʻquvchilar mustaqil ilmiy izlanish koʻnikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga oʻzlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning echimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. Oʻzlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bogʻliq boʻlgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
Muammoli ta’limning asosini muammoli savol, topshiriq, muammoli vaziyat tashkil etadi. M.I.Maxmutovning fikricha, oʻkituvchilarda intellektual qiyinchiliklar tugʻdiradigan savollargina muammoli sanaladi, chunki ularning javobi oʻquvchilarning ilgarigi bilimlarida ham, oʻqituvchi tomonidan berilgan axborotda ham boʻlmaydi2.
Qanday sharoitlarda savollar muammoli boʻlib hisoblanadi? Bu ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi eng murakkab jihatlardan biridir. Axir har qanday savol va har qanday ifoda ham muammoli boʻlavermaydi-ku. Bularning barchasi oʻqituvchining mahoratiga bogʻliq.
Oʻqituvchi mazkur guruh oʻquvchilariga hech qachon javob bera olmaydigan savolni berishi ham mumkin. Masalan, pedagogika kollejlarining 1-kurs oʻquvchilariga «Ta’lim muassasasi menejmentining mohiyati nimada?» - degan savol beriladi. Bunga oʻkuvchining javob berishi u yoqda tursin, menejmentning oʻzi nima ekanligini bilishga kuchi etmaydi. Kollejni bitiruvchi oʻquvchi esa har ikala tushunchaning mohiyatini hech qanday qiyinchiliksiz tushuntirib beradi.
Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham savol muammoli emas, birinchi holda muammoli emasligining sababi, unda oʻquvchilarni muammoga olib boruvchi savolda soʻralayotganiga tayanch ta’lim yoʻq. Ikkinchi holda shuning uchun ham muammoli emaski, unda oʻquvchilar bu mammoni allaqachon hal qilganlar, ya’ni ular buning hal qilish yoʻlini biladilar.
Shunday qilib, savol quyidagi holatlarda muammoli boʻladi: u ilgari oʻzlashtirilgan tushuncha va tasavvurlar bilan, ma’lum oʻquv vaziyatida oʻzlashtirish zarur boʻlgan tushuncha va tasavvurlar bilan mantiqiy bogʻlangan boʻlishi;
oʻzida bilish qiyinchiligi hamda ma’lum va noma’lumning aniq chegarasi mavjud boʻlishi;
yangini ilgari ma’lum boʻlgan bilimlar bilan taqqoslaganda mavjud zahira bilim, koʻnikma va malakaga qanoatlanmaslik hissini uygʻotish. Masalaning ayniqsa bu tomoni juda muhim, chunki u bilish qiyinchi-liklarini qiziquvchanlik va emotsional idrok bilan bogʻlaydi.
Bilishga oid masalalarda ham xuddi shunday yondashuv mavjud, ya’ni har qanday masala ham muammoli hisoblanmaydi. Agar bilishga oid masalalar oʻkuvchilar uchun yangi tushunchalarni, faktlarni, harakat usullarini oʻz ichiga olsa, bu masala mazmunan muammolidir.
Masalan, Sergeli tumanida 268-maktabning biologiya fani oʻqituvchisi “Ma’naviyat va ma’rifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari” boʻlganligi uchun darslarni ham vaqtida oʻta olmas edi. Darslarni oʻtgan vaqtida ham oʻquvchilarning bilim, koʻnikma, malakalarini nazorat qilib bormasdi. Oʻquv yilning birinchi choragi tugab, oʻquvchilar ta’tilga chiqishganida oʻqituvchi ularning choraklik baholrini qoʻyib qoʻygandi. II chorak boshlangach oʻquvchilar sinf rahbarlaridan biologiya fanidan qoʻyilgan baholarni eshitib hayratlanib qolishdi. CHunki baholar oʻquvchilar tomonidan olinmagan edi.

  1. Oʻqituvchi toʻgʻri ish qilgan deb oʻylaysizmi?

  2. Oʻqituvchi ta’lim olganlikni tashxislashning qaysi tamoyillarini buzgan?

  3. Oʻqituvchining oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini bunday nazorat qilishi ularning bilim olishlariga salbiy ta’sir koʻrsatadimi?

Pedagogika fanini oʻqitishda muammoli oʻquv topshiriqlaridan foydalanish ham ta’lim samaradorligini oshiradi. Muammoli oʻquv topshirigʻi – bu mazmunan oʻquv muammosiga oid boʻlgan va yangi materialni mustaqil faoliyat yoʻli bilan oʻkuvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga moʻljallangandir. Pedagogika fanini oʻqitishda ham bunday muammoli oʻquv topshiriqlaridan Amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, oʻqituvchi «Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari» mavzusi boʻyicha amaliy mashgʻulotni amalga oshirayotgan vaqtda quyidagicha oʻquv topshirigʻini beradi:
Quyidagi fikrlarni tegishliligiga qarab ta’lim turlari (namoyishli-tushuntirish, muammoli, dasturlashgan)ga ajratib yozing.
1) asosiy metodlari: tushunish va eslab qolish;
2) bilimlarni mustakil egallash, oʻquvchilarning ijodiy fikrlashlari va idrok etish faoliyatlarini rivojlantirish yoʻli bilan ta’lim tashkil etiladi;
3) oʻqishga qiziqishni uygʻotish, mahsuldor fikrlashini rivojlantirish;
4) oʻquv materialining aloxida qismlarga ajratilishi;
5) darsning xar bir bosqichini nazorat bilan yakunlanishi;
6) individual yondashuvning amalga oshirilishi;
7) vaqtni tejash, oʻqituvchi va oʻquvchilarning kuchlarini asrash;
8) oʻquvchilar idrok etish faoliyatining qiyinligi;
9) ta’lim jarayonini samarali boshqarishni ta’minlaydi;
10) «tayyor» bilimlarni beradi;
11) oʻquv jarayonini individuallashtirish, tabaqalashtirish imko-niyatining kamligi;
12) turli vaziyatni yaratish va mustaqil echish imkoniyatining qiyinligi;
13) oʻqitish algoritmlarini ajratishga asoslanishi;
14) uning texnologiyasi turli-tumanligi bilan ajralib turmaydi;
15) bunday oʻqitish asosini kibernetik yondashish tashkil etadi.
Bundan tashqari pedagogika fanini oʻqitishda muammoli ta’lim metodlaridan foydalanish mumkin: oʻquv materialini muammoli bayon etish, qisman izlanish faoliyati, tadqiqot metodi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish