1-mavzu: “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi reja



Download 194,03 Kb.
bet43/63
Sana23.05.2022
Hajmi194,03 Kb.
#608133
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
2 5373137158267736473

Ilmli bo‘lish


Ilm o‘rganish eng mo‘tabar ishdir. Ilm odamning qadrini oshiradi, ilmli kishilar dunyoda eng izzatli, hurmatli bo‘ladilar. Ilm dunyoda odamlar uchun eng sevimli, eng qadrli ne’matdir. Shunday ekan, siz dunyoda rohatda yashashni istasangiz, hamma sizni sevsin desangiz, bor kuchingiz bilan o‘qishga, ilm olishga g‘ayrat qiling. O‘qing, darsga ixlos qoyib o‘qing, foydali kitoblardan foyda va lazzat olish uchun o‘qing.
Kishining eng aziz, eng shirin va eng qimmatli davri yoshlik davridir. Shunday qimmatli yoshligingizni, aziz umringizni foydasiz ishlarga sarf qilmang.
Bir donishmand:
- Ko‘rkam xulq ikki narsa bilan, ya’ni ilm, odob o‘rganish va yomon ishlardan saqlanish bilan topiladi – degan ekan. (96 ta so‘z)


9-MAVZU: TILNING PAREMIOLOGIK FONDI: MAQOLLAR, IBORALAR VA HIKMATLI SO‘ZLAR. “KITOB MUTOLAASI – MA’NAVIY KAMOLOTGA ERISHISH USULI” MATNI.
Erkin va turg‘un birikmalar
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so‘zlar yordamidagina emas, balki bir necha so‘zlarning barqaror bog‘lanishidan hosil bo‘lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan, Тoshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib, og‘zim ochilib qoldi. Bu gapda og‘zim ochilib qoldi birikmasi so‘zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan.
Og‘iz ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasi ifodalagan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz, jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lsa, undan oldingi so‘zlar so‘zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda so‘zlarning xuddi shunday tarkibini doimiy saqlagan holda mavjuddir. Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalarning eng xarakterli belgilari quyidagilar:
1. Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik.
2. Ma’no butunligi.
3. Тuzilishi va tarkibining barqarorligi.
Barqaror birikmalardan o‘rinli foydalanish nutq go‘zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko‘rki hisoblanadi.
Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya (lot. parema — barqaror, logos — ta’limot), barqaror birikmalar lug‘atini tuzish muammolarini o‘rganuvchi bo‘lim esa paremiografiya (lot. parema — barqaror, grofho — yozmoq) sanaladi.
Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko‘ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turlichadir. Shunga ko‘ra barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Frazeologizmlar.
2. Maqol va matallar.
3. Aforizmlar.
Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so‘zlar ma’no jihatdan uyg‘unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko‘pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi va ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Masalan, qulog‘i ding bo‘lmoq — hushyor bo‘lmoq, qovog‘i osilmoq — xafa bo‘lmoq, og‘zining tanobi qochdi — quvonmoq kabi.
Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi. Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.

Download 194,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish