Konstitutsiya – asosiy qonunimiz
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida qabul qilingan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida 8-Dekabr umumxalq bayrami deb e’lon qilindi hamda shu kun dam olish kuni hisoblanadi. Bu sana O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan tasdiqlandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi Asosiy qonunimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, yigirma olti bob hamda 128 moddadan iborat. Ularning barchasida adolat ustuvordir. Shuning uchun ham Konstitutsiyamiz “Adolat qomusi” deb ataladi.
Haqiqatan ham Konstitutsiyamizning har bir bandida insoniylik, inson manfaatlaridan kelib chiqqan adolatli qonunlar ifodalangandir. Unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari odillik bilan belgilab berilgan.(101 so‘z)
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yil 18-oktabrda ochildi. U Toshkentdagi Amir Temur xiyobonining shimoli-g‘arbiy tomonida barpo etilgan.
Muzeyning tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor berilgan. Salobatli moviy gumbazi, ustunlari unga ko‘rk berib turibdi. Bino uch qavatdan iborat. Birinchi qavatda xazinaxonalar, kutubxona, majlislar zali, chiptaxona, garderob, ma’muriyat, texnik vositalar uchun xonalar joylashgan.
Ikkinchi qavatdagi eksponatlarda qadim zamonlarga borib taqaluvchi tariximiz haqida hikoya qilinadi. Devorga ishlangan tasvirda Amir Temur va uning vorislari hayotidan lavhalar berilgan. Muzey majlisxonasida uchrashuvlar, ekran orqali turli mavzularni yorituvchi ko‘rsatuvlar namoyish etiladi.
Uchinchi qavatda Amir Temur va temuriylar tarixi bilan bog‘liq eksponatlar namoyishga qo‘yilgan. Ular me’moriy obidalar, kulolchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari, qo‘lyozmalardan iborat. Bu yerda uchta televizion ekran joylashtirilgan bo‘lib, ularda temuriylar davridan ma’lumot beruvchi filmlar namoyish etiladi. (118 ta so‘z)
Oila
Uylanish er bilan xotinning umr yo‘ldoshi bo‘lib yashashlari uchun ahd-paymon etishlari demakdir. Bu – oilaning ibtidosi.
Uylanish – er bilan xotinning o‘z roziliklari bilan turmushlarini birga kechirish, go‘zal holda yashamoq uchun biri ikkinchisiga yordamchi bo‘lishga va’da berishi demakdir. Insonning komil bo‘lib yetishmog‘i uchun unga bir umrlik yo‘ldosh kerak bo‘ladi.
Turmushda uchraydigan qayg‘u-hasratlarni er va xotin barobar tortishadi, ularni bartaraf qilish uchun barobar kurashadi, sevinch, shodlik paytlarida barobar quvonadilar. Ro‘zg‘or ishlarida ikki qo‘l o‘rniga to‘rt qo‘l bo‘lgani uchun uy intizomi yaxshilanadi, pul, mol-mulk kerakli yerda sarf qilinib, oilaning saodati ortadi. Nikohdan keyin o‘zini ota, oila boshlig‘i deb his eta boshlagan erkakning har bir topgani barakali bo‘ladi. (100 ta so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |