Mustaqil bajarish uchun vazifa: O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari haqida yozma ish tayyorlash kerak (kamida to‘rt sahifa).
KERAKLI ADABIYOTLAR:
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm.
Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
5. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
6. Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O`zbek tilida ish yuritish asoslari.- Samarqand, 2014.
7. Абдиев М. Соҳавий терминологиянинг систем таҳлили муаммолари. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 2004.
8. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
9. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
10. Abdiyev M., Umarov Y. Ish yuritish. – Samarqand, 2018.
8-MAVZU: NAZORAT ISHI. DIKTANT.
DIKTANT UCHUN MATNLAR
G‘o‘za
G‘o‘za – juda chiroyli o‘simlik. Uning barglari yirik va har xil bo‘ladi. Gullari ham yirik va sariq rangda bo‘lib, faqat bir kun davomida ochilib turadi.
Gullar o‘rnida mevalar – ko‘saklar paydo bo‘ladi. Yetilgan ko‘saklarning usti momiq tolalar bilan qoplangan chigitlarga to‘la bo‘ladi. Bu paxta tolasidir. Odamlar g‘o‘zani ana shu tolasi uchun o‘stiradilar. Pishish oldidan ko‘saklarning chanoqlari ochiladi. Ochilgan paxta mashinada va qo‘lda teriladi. Tolalar zavodlarda maxsus mashinalar yordamida chigitdan ajratiladi.
Qadim zamonlardan beri dunyoning barcha xalqlari paxtani katta boylik deb hisoblab kelishgan. Uni “oq oltin” deb ataydilar. Odamlar paxta yetishtirish uchun juda ko‘p mehnat qilishadi. Yerni unumdor qilish, yozda sug‘orish, o‘simlikni oziqlantirish, unga zarar yetkazuvchi begona o‘tlarga va zararkunandalarga qarshi kurash olib borish kerak bo‘ladi. Shundagina paxtadan mo‘l hosil olish mumkin. (120 so‘z)
Odam kim?
Odam jonli tabiatning bir qismi bo‘lib, u Yerdagi hamma tirik mavjudotlardan eng ajoyibidir. Faqat inson aql-zakovatigina radio, televideniye, samolyot, mashinalarni ixtiro qilish, kosmik kemalarni osmonga chiqarish, musiqa, rasm va boshqa ko‘p narsalarni yaratish imkonini beradi. Faqat odamlar ko‘pgina uy hayvonlari zotlarini va madaniy o‘simliklar navlarini yarata oladilar.
Odam atrof-tabiatni o‘rgandi va o‘rganishni davom ettirmoqda. U tabiat ustidan hukmronlik qilmoqda. Unga o‘zgarishlar kiritmoqda.
Odamlar tabiatdan foydalanibgina qolmay, uni muhofaza ham qiladilar. Biz – hammamiz tabiatga qarammiz. Tabiatsiz yashash mumkin emas. Tabiat bizga salomatligimizni saqlash, uni mustahkamlash, hayotiy ehtiyojlarimizni qoplash uchun yordam beradi. (88 ta so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |