1-mavzu: “O‘zbek tili” fanining maqsadi va vazifasi, uni o‘rganishning ahamiyati. Davlat tili va yangi alifboni joriy etish to‘G‘risidagi qonunlar, ularning ijrosi reja



Download 194,03 Kb.
bet40/63
Sana23.05.2022
Hajmi194,03 Kb.
#608133
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
2 5373137158267736473

Yulduzlar


Bulutsiz tunlarda osmon gumbazida miltillab turgan son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar Yerdan nihoyatda olisda olovday yonib turgan ulkan jismlardir. Yulduzlar ichidagi harorat bir necha million, sirtida esa yuz ming darajagacha bo‘ladi.
Yulduzlarning qanchalik olisda ekanligini tasavvur qilib ko‘raylik. Quyosh va yulduzlardan tarqalayotgan yorug‘lik bir sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Bunday tezlikdagi yorug‘lik Quyoshdan bizga sakkiz daqiqada yetib keladi. Osmondagi eng yaqin yulduzdan esa yorug‘lik Yerga to‘rt yilda yetib keladi. Tepamizdagi eng yorug‘ “Vega” nomli yulduzning nuri bizga yetib kelguncha 26 yil o‘tadi.
Katta-kichikligiga qarab yulduzlar bir-biridan farq qiladi. Ularning orasida Quyoshdan million marta katta bo‘lganlari ham, million marta kichik bo‘lganlari ham bor. Yulduzlar nihoyatda olisda bo‘lgani uchun bizga mitti bo‘lib ko‘rinadi. (112 ta so‘z)

Toshkent viloyatining tabiati


Toshkent viloyati shimol va g‘arb tomondan Qozog‘iston Respublikasi bilan, sharq tomondan Qirg‘iziston Respublikasi va Namangan viloyati bilan, janub tomondan Tojikiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Uning markaziy shahri Toshkent mamlakatimiz poytaxti.
Toshkent viloyatining sharqi va janubini Qorjantog‘, Ugom, Talas, Piskom, Chotqol tog‘ tizmalari egallagan. Qurama tizmasi Toshkent viloyatini Farg‘ona vodiysidan ajratib turadi. Tyanshan tog‘larining bir qismi bo‘lgan ushbu tizmalar Chirchiq va Ohangaron vodiylari, shuningdek, Dalvarzin cho‘lini o‘z ichiga oladi. Toshkent viloyatining iqlimi murakkabdir. Viloyat hududiga shimoldan sovuq havo oqimlari, g‘arbdan iliq va nam havo oqimlari, janubdan esa issiq havo oqimlari kirib kelishi mumkin. Shuning uchun viloyatning iqlimi shamolning qaysi tomondan esishiga bog‘liqdir. (104 so‘z)


Temir

Hayotimizni metallarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xalq xo‘jaligida metallarning ahamiyati juda katta. Qishloq xo‘jalik mashinalari, stanoklar, teplovoz, avtomobil, samolyot, fazoviy kema va boshqa narsalarni tayyorlashda, asosan, metallar ishlatiladi. Hattoki uyimizdagi ko‘pgina buyumlar – qozon, kapgir, qoshiq, nina, qaychi, mix, gaz plitasi, dazmol va boshqa narsalar ham metallardan yasalgan.


Metallar har xil bo‘ladi. Ulardan eng muhimlari – temir, mis, aluminiy, qalay, rux, kumush, oltin. Odamlar metallarning hammasini tog‘ jinslari – rudalardan oladilar. Rudalar esa yer ostida joylashgan bo‘ladi.
Eng ko‘p tarqalgan metallardan biri temir – temir rudasini eritib olinadi. Temir rudalari ham har xil bo‘ladi. Magnitli temirtosh shular jumlasidandir. Unda temir boshqa rudalardan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. (101 ta so‘z)



Download 194,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish