1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Nazorat savollari: 
1.
Nutq madaniyatini rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor berish 
zarur? 
2.
Adabiy til me’yorlarining ahamiyatini bilasizmi? 
Glossariy 
1.
 
Adabiy til me’yorlari – 
bu ko‘pchilik til tashuvchilari tomonidan 
til vositalaridan bir xilda foydalanish maqsadida qabul qilingan qonun va 
qoidalar. 
2.
 
Nutq madaniyati 
– adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda 
to‘g‘ri, chiroyli va o‘rinli so‘zlash; tildan maqsadga muvofiq foydalanish 
ko‘nikma va malakalarining jami. 
3.
 
 Adabiy norma 
– til birliklaridan maqsadga muvofig‘ini tanlash.
4.
 
 Dialektizm 
– shevaga oid birlik. 
5.
 
Jargon 
– ijtimoiy sheva, ma’lum ijtimoiy guruh nutqiga xos 
birliklar.


Adabiyotlar: 
1.
Mahmudov N. O`qituvchining nutq madaniyati. Darslik. T.2007. 
2.
Tojiyev Yo. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.T.1994. 
3.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1990 
4.
Rasulov R va b. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T. 2006. 



6-MAVZU: G‘ARB VA SHARQ NOTIQLIK SAN’ATINING 
SHAKLLANISHI.
Reja: 
1.G‘arbda notiqlik maktablarining shakllanish tarixi. 
2. Sharqda notiqlikning o’ziga xosliklari 
Tayanch so‘zlar: 
Besh yuzlar kengashi, sud organi, xalq majlislari, demokratiya, 
siyosiy notiqlik, sud notiqligi, epideyktik nutq, sinegor, logograf, dialogik muloqot, 
uyg‘unlashgan muloqot, fikriy muloqot. 
Notiqlik san’ati Qadimgi Yunonistonda vujudga keldi va katta mavqega 
erishdi. Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumot Gomerning “Iliada” va “Odisseya” 
dostonlarida keltirilgan. U o‘z asarida Menelay, Nestor, Axill, Odissey kabi 
mashhur notiqlar bo‘lganligi, ular notiqlik san’atining to‘rt yo‘nalishiga 
mansubligi, notiqlik maktablarida tahsil olganliklari, xususan, Axillning Feniks 
nomli so‘z ustasi darsxonasida saboq olganligi haqida qayd etadi. Gomerning 
notiqlik namoyandalarini o‘z asarlariga kiritganligi qadimgi Yunonistonda notiqlik 
san’atining yuksak kamol topganligini ko‘rsatadi. 
Qadim Yunonistonda notiqlik san’atining rivojiga demokratiya sabab 
bo‘lgan. Besh yuzlar kengashida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar 
bo‘yicha kiritiladigan takliflar, qonun-qoidalar loyihasini tuzib, muhokama etilardi. 
Ana shu jarayonda Kengash a’zosi muhokama etilayotgan masala yoki loyiha 
bo‘yicha o‘z fikrini aytar, loyihani kirituvchi yoki masalani ko‘taruvchi kengash 
a’zolari esa o‘z nuqtai nazarlarini erkin tarzda himoya qilib, har tomonlama 
asoslab, uzundan-uzoq nutq so‘zlardilar. Ana shu nutq va erkin muhokama 
jarayonida masalani ko‘taruvchi Kengash a’zosi o‘z pozitsiyasini himoya qila olsa, 
loyiha qabul qilinar, asoslay olmasa, qabul qilinmas edi. Ana shunday so‘z 
erkinligi, ya’ni demokratiya notiqlik san’atining taraqqiyoti uchun qulay zamin 
yaratdi. Kengash notiqligi siyosiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun bu toifaga 
mansub notiqlarning ko‘pchiligi o‘z mavqeiga ko‘ra siyosiy yoki harbiy notiqlar 
bo‘lib, ular ijtimoiy-siyosiy notiqlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldilar.



Ijtimoiy-siyosiy notiqlikning yirik namoyandalaridan biri Perikldir. Periklning 
notiqlik mahorati haqida Evpolid shunday deydi: 
Notiq-Periklning ibrat bo‘ladigan xislatlaridan biri shundaki, u yuksak 
mahoratga ega ekanligiga qaramay, to puxta tayyorgarlik ko‘rib, nutq matnini 
ko‘ngildagiday qilib to‘la-to‘kis yozib olmaguncha, sira minbarga chiqmagan. 
Plutarxning aytishicha, odamlar qaysarlik qilib talab qilganda ham, tayyorlanib 
ulgurmaganligini aytib, so‘zga chiqmagan. U o‘z nutqida mantiq masalasiga 
alohida e’tibor bergan. Buning uchun u nutqida qo‘llanadigan fakt va hujjat, misol 
va dalillarni shunday joylashtirganki, natijada, uning nutqini eshitgan tinglovchida 
notiq pozitsiyasining to‘g‘riligiga hech qanday shubha qolmagan. Perikl nutq 
matnlarining tiliga va uning talqini jarayonidagi talaffuziga ham e’tibor berib, o‘z 
fikrlarini obrazli ifodalashga harakat qilgan. 
Yunon demokratiyasining ikkinchi hal qiluvchi organi – qonun chiqaruvchi 
Xalq majlisi edi. Besh yuzlar muhokamasidan o‘tgan masala va loyihalarni keng 
umumxalq muhokamasiga qo‘yishar va ana shu muhokama natijasida muayyan 
masala yoki loyiha qabul qilinardi yo uzil-kesil inkor etilardi. Shu jarayonda 
fuqarolarning barchasi erkin ishtirok etish va erkin muhokama yuritish huquqiga 
ega edi. Demokratik asosga ega bo‘lgan bunday muhokama va munozaralar 
jarayonida shahar fuqarolari orasidan o‘nlab zabardast notiqlar etishib chiqar va 
ular ming-ming kishilardan iborat keng muhokama etuvchi auditoriyalar oldida 
yurtdoshlari manfaatini, o‘z davlati manfaatini va o‘zlarining xususiy 
pozitsiyalarini himoya qilib nutq so‘zlardilar. Bu hol keng omma orasida notiqlik 
san’atining rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratdi. Chunki notiqlik san’ati 
har bir fuqaro uchun ehtiyojga aylangan edi. Ular notiqlik san’atining asoslarini 
egallash uchun kurashar va maqsadga erishish uchun maxsus ustoz- 
o‘qituvchilardan dars olishardi. Badavlat oilalar esa o‘z bolalarini bolalik 
chog‘idanoq shu san’at sirlaridan xabardor etishga urinar va farzandlarini maxsus 
notiqlik maktablariga berib o‘qitardi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ana shu ommaviy 
ehtiyoj tufayli notiqlik san’atining boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim darajasidagi 
maktabi mavjud bo‘lib, ularda minglab kishilar ta’lim olardi. SHuhrat qozongan 
maktablardan biri Isokratning maktabidir. Isokrat eramizdan avvalgi 436-338 
yillarda yashagan. U notiqlik, falsafa va yurisprudensiya sohasida Suqrot, Lisiy, 
“U so’zda donoligi jihatidan 
hammadan ustun turadi. Uning 
lablariga ishontirish Xudosi makon 
qurgan: u shu qadar maftun eta 
olardiki, 
notiqlar 
ichida 
tinglovchilarida 
o’z 
nishtarini 
qoldiradigan yakkayu yagonasi edi”.



Gorgiy kabi zabardast olimlardan saboq oladi. U 329 yili Afinada notiqlik 
maktabini ochadi va unda 40 yil ustozlik qiladi. O‘sha davrda Isokrat maktabi 
o‘zining etuk, puxta bilim berishi bilan shuhratga ega bo‘ldi. SHuning uchun ham 
bu maktabga faqat afinaliklar emas, balki Yunonistonning barcha burchaklaridan 
o‘quvchilar oqib kela boshlaydi. Bu esa Isokrat maktabining shuhrat topishiga 
imkon yaratadi. O‘sha davrda bu maktabdan ko‘plab notiqlar (jumladan, 
Demosfen) etishib chiqadilar. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish