1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari


o‘zbek  adabiy tilining og‘zaki shakli



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

o‘zbek 
adabiy tilining og‘zaki shakli 
paydo bo‘ldi. 
Demak, o‘zbek adabiy tili aloqa quroli sifatida ikki shaklga ega: 
1)
o‘zbek yozma adabiy tili
; 2)
o‘zbek og‘zaki adabiy tili
. Adabiy tilning bu 
ikki shakli yozma adabiy nutq, og‘zaki adabiy nutq deb ham yuritiladi. 
Adabiy me’yorning ikki shakli mavjud. Bular: 
1.
 
Og‘zaki shakli. 
Og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga 
xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago‘ylari, xalq baxshilari katta hissa 
qo‘shganlar. 
2.
 
Yozma shakli. 
Yozma adabiy me’yorning shakllanishida 
belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldirilgan yozma adabiyotning xizmati 
kattadir. 
Adabiy til me’yori va uning shakllanish qonuniyatlari nutq madaniyati 
sohasining tekshirish ob’ekti hisoblanadi. O‘zbek adabiy tilida, asosan, quyidagi 
me’yorlar farqlanadi: 1)Leksik-semantik me’yor; 2) talaffuz (orfoepik) me’yori; 
3) so‘z yasalish me’yori; 4)grammatik me’yor; 5)uslubiy me’yor. 
1.
 
Leksik-semantik me’yor 
lug‘atlarda, xususan, izohli 
lug‘atlarda o‘z aksini topadi. Bu lug‘atlarga birinchi navbatda adabiy til 
leksikasi kiradi. Adabiy me’yordan tashqaridagi so‘zlarning ma’lum qismi ham 
izohli lug‘atdan o‘rin olgan, ammo ular “esk.” (eskirgan), “s.t” (so‘zlashuv tili), 
“dial” (dialektal),”tar.” (tarixiy) kabi izohlar bilan beriladi. O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati (2 tomli 1981y. Moskva) ga hozirgi zamon o‘zbek tilida keng iste’molda 
bo‘lgan so‘z va frazeologik iboralar kiritilgan. Aytish joizki, bugun bu 
lug‘atdagi anchagina so‘zlar hozirgi adabiy tilimiz me’yorlaridan chiqdi, bir 
qancha so‘zlar me’yorga kirdi. Shuning uchun yangi 5 jildli “O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati” tayyorlandi. Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, milliylikka 
intilish, tabiiyki, tilning lug‘at tarkibiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. 


Ro‘y berayotgan ijtimoiy- siyosiy evrilishlar, qizg‘in jarayonlar asnosida ba’zi 
yangi so‘zlar iste’molga kirgan bo‘lsa, ayrimlari esa, aksincha, butkul 
iste’moldan chiqib ketdi. Er yuzida mutlaqo sof birorta til mavjud emas, aloqa - 
aralashuv jarayonida, biridan boshqasiga so‘z o‘tadi. E’tibor beriladigan bo‘lsa, 
90- yillarda ijtimoiy-siyosiy-ma’muriy terminologiya sohasida lug‘atni o‘zbek 
sovet terminologiyasidan oldinroq mavjud bo‘lgan terminlar hisobiga boyitishga 
intilish seziladi. Bunda XX asr boshlarida iste’molda bo‘lgan arab va forscha 
so‘zlarga boy chig‘atoy adabiy tili lug‘atini qayta tiklash tendensiyasi ustuvorlik 
qilgandi. Mazkur tendensiya 1989 yilgi qonunda tarixiy merosni o‘rganish 
masalasining qayd etilishi bilan bog‘liq ravishda yuz bergandi. Biroq bu yo‘l 
ham o‘zini to‘liq oqlamadi. 
Gazeta

respublika, aeroport, jurnal 
kabi ruscha-
baynalmilal so‘zlarning vaqtincha 
ro‘znoma, jumhuriyat, tayyoragoh, majalla 
singari so‘zlar bilan almashinishi til iste’molchilari bo‘lmish xalqqa singishib 
ketmadi, buning ustiga, ifodalashi lozim bo‘lgan ma’nolarni to‘la aks ettira 
olmadi. Shu sababli yuqoridagi so‘zlarga o‘xshash baynalmilal so‘zlar 
o‘zgarishsiz qabul qilindi. 
Ministr 
va 
ministrlik 
yoki 
oblast va rayon 
kabi 
so‘zlarning 
vazir, vazirlik, viloyat, tuman 
singari muqobillariga almashinishi 
o‘zini oqlab, baynalmilal so‘zlarni iste’moldan siqib chiqardi. “Davlat tili 
haqidagi” Qonun qabul qilingandan keyin 
avtor, gonorar, gruppa, ministr, 
oblast, programma, plan, redaktor, sekretar, tekst, tema 
kabi rus tilidan yoki u 
orqali boshqa tillardan kirgan bir qancha so‘zlar o‘rniga tavsiya etilgan 
muallif, 
qalam haqi, guruh, vazir, viloyat, dastur, reja, muharrir, kotib, matn, mavzu 
kabi arabcha, forscha so‘zlar bugun o‘zbek tilining leksik me’yoriga aylanib 
bo‘ldi. Mustaqillikdan so‘ng fransuzcha 
komitet 
so‘zini o‘zbekcha talaffuzga 
moslashtirib, 
qo‘mita 
shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi. 
“Kichkintoylar nutqini o‘stirish” nomli bir kitobda shunday jumla bor: 
Tarbiyachi xattaxta oldiga ikki nafar bolani chaqiradi. 
Bu so‘z ruschadan 
olingan 
doska 
so‘zining muqobili sifatida yasalgan, lekin leksik me’yor 
maqomini olmagan. Demak, fan va texnologiya rivojlanib borgan sari yangi-
yangi so‘zlar tilimizga kirib keladi. Masalan, hozirgi kunda mamlakatimizda 
iqtisodiy islohotlar tufayli 
marketing, menejment, menejer, broker, lizing, birja; 
aloqa sohasiga oid 
dizayner, kompyuter 
kabi bir qancha so‘zlar o‘zbek adabiy 
tilining lug‘at xazinasidan joy olib ulgurdi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish