1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

2.
 
O‘zbek adabiy tilining talaffuz (orfoepik) me’yorlari 
deganda, nutqda ayrim tovushlar, ularning qo‘shilmasi, so‘zlar, gaplarning 
ohangi (intonatsiyasi) va shu kabilarni to‘g‘ri talaffuz qilish qoidalari nazarda 
tutiladi. Mazkur me’yorlar nutq tovushlari talaffuzi, urg‘u, intonatsiya, pauzaga 
oiddir. Bu me’yorlar o‘zbek tilshunoslari tomonidan yaratilgan 2 ta orfoepik 
lug‘atda aks ettirilgan. (Sodiqova M., Usmonova O‘. O‘zbek tilining orfoepik 
lug‘ati T. 1977) (Asomiddinova M., va boshqalar. O‘zbek adabiy talaffuzi 
lug‘ati. T.1984 y.) Lekin bu lug‘atlar ancha eskirdi. 
Nutq madaniyati haqida gapirganda, so‘z urg‘usining muhim ahamiyatga 
egaligini ham qayd etish lozim. Rus tilida urg‘u qoidalari behad ko‘p bo‘lib, 
ularda xilma-xil xususiy va istisno holatlar bor. O‘zbek tilidagi urg‘u esa turg‘un 
bo‘lib, sanoqli istisno holatlar hisobga olinmasa, u asosan, so‘zning oxirgi 


bo‘g‘iniga tushadi. Qo‘shimcha qo‘shilgani sayin, urg‘u ham ko‘chib 
boraveradi. Masalan: 
paxtả, paxtakỏr, paxtakorlảr, paxtakorlargả. 
Bu qoida 
kuchli me’yor bo‘lib, hech qaysi o‘zbek unga amal qilishda yanglishmaydi. 
Lekin –ma (borma) –dek (guldek), -ta (o‘nta), -cha (qishloqcha), yuklamalar, 
shaxs-son (-man,-san, -miz, -siz) kabilar yoki yangi-yangi, hozir-hozir, etik- 
etik, qatlama-qatlama kabi urg‘uning ko‘chishi kabi istisno holatlar uncha ko‘p 
emas. Adabiy talaffuz me’yorlarini belgilashda so‘zlardagi tovush va tovush 
qo‘shilmalarini to‘g‘ri aytish alohida o‘rin tutadi. Masalan, 
kitob, hisob, maktab, 
yuzlab, savod, obod, marvarid 
kabi so‘zlarning oxiridagi jarangli -b, -d 
undoshlari nutqda jarangsizlashadi. Nutqda 
kitop, hisop, maktap, savot, obot, 
marvarit 
tarzida aytilishi o‘zbek tilining deyarli barcha shevalarida uchraydi. 
SHunga ko‘ra bu holat adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi. Shuningdek, so‘z 
oxiridagi 2 ta undoshning talaffuzda oxirgi 1ta undoshning tushib qolishi ham 
talaffuz me’yori sifatida qaraladi. Masalan, 
balan, poez, Samarqan, xursan, 
do‘s, go‘sh 
kabilar. Shuningdek, so‘z shakllarining quyidagicha aytilishi ham 
me’yorga aylanib bo‘lgan: ushta (uchta), besso‘m (besh so‘m), ushti (uchdi), 
ketti (ketdi), tussiz (tuzsiz) kabilar. Og‘zaki nutqda 
bo‘lsa, kelsa, bo‘lgan, 
kelgan 
singari so‘zlar talaffuzida l tovushini tushirib qoldirish ham adabiy 
orfoepiya me’yoriga aylangan. 
Adabiy talaffuz me’yorlarining buzilishi, avvalo, shevaning ta’siri 
natijasida yuzaga keladi. Bolalikdan shakllangan shevaga oid artikulyasion baza 
va shevaning fonetik qonuniyatlaridan batamom qutulish oson bo‘lmaydi. 
Buning oqibatida, buxorolik o‘ tovushini faqat til oldi tarzida, xorazmlik o 
tovushini, asosan, a tarzida yoki unga yaqin tarzda talaffuz qilishi, toshkentlik 
choyni 
so‘z shaklini 
choyyi, oshni 
so‘z shaklini 
oshshi f
arg‘onalik 
choydi, oshti 
tarzida aytishi kabi ko‘plab xatolar kelib chiqaveradi. 
Ba’zan bir xorijiy tilni mukammal biladiganlar nutqida nuqsonlar ko‘zga 
tashlanadi. Masalan, 
yanvar 
so‘zini 
yinvar, Yaponiya 
so‘zini 
Yiponiya

dekan 
so‘zini 
de’kan 
yoki 
paynet 
so‘zini 
peynet 
tarzida begona aksent bilan talaffuz 
qilish o‘zbekcha talaffuz me’yoriga ziddir. 
Nutqda intonatsiya ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 
bahor 
so‘zi 
darak, so‘roq, undov gaplarga aylanishi mumkin. Intonatsiyaning o‘zgarishi 
bilan gapning mantiqiy mazmuni ham tamoman o‘zgaradi. Masalan, o‘qituvchi 
o‘quvchiga murojaat qilar ekan, 
jim o‘tirasizmi? 
gapini bir intonatsiya bilan, 
ya’ni 
ji-im o‘tirasizmi? 
tarzida aytsa, 
jim o‘tirmang, javob bering, 
mazmuni 
anglashiladi. Yana boshqa intonatsiya bilan, ya’ni 
jim o‘tirasizmi?! 
tarzida 
aytganda esa, 
jim o‘tiring, bo‘lmasa jazolayman mazmuni 
ifodalanadi. Pauza 
ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, 
katta/ mevali daraxt (daraxtning 
kattaligi), katta mevali/ daraxt 
gapida (mevasi kattaligi) nazarda tutilmoqda. 
Ushbu gapda ikki mazmun o‘rtasidagi farq to‘xtamning to‘g‘ri qo‘yilishiga 
bog‘liqdir. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish