1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Sitseron 
(
103
-
43

Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq bo‘lmagan 
Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keldi. Uning bolalik yillari Arpina 
shahridagi otasiga qarashli erlarda o‘tadi. Otasi o‘z farzandiga yaxshi ta’lim-
tarbiya berish maqsadida Rimga ko‘chib o‘tadi. Sitseron u erda Yunon 
murabbiylari qo‘lida tahsil oladi. Yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, 
Yunonistonning mashhur so‘z ustalari Litsiniy Koidaas va Mark Antoniy kabi 
notiqlardan so‘z san’atining nozik sir-asrorlarini o‘rganadi, ularning ajoyib 
nutqlarini tinglaydi. Bo‘lajak notiq ayni vaqtda falsafa bilan shug‘ullanadi. Lekin 
uni ko‘proq notiqlik san’ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika va 
harakatlar bilan so‘zlayotganini ko‘rib, notiq bo‘lish uchun aktyorlikdan ham 
xabardor bo‘lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. SHuning uchun Ezop va 
Rossiy kabi o‘z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi. 
Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng, 25 yoshida birinchi marotaba xalq 
oldida nutq so‘zlashga jur’at etadi. Sitseron zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari 
singari o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, 
iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta e’tibor beradi. 
Vatandan haydalishi Sitseron uchun nihoyat darajada og‘ir bo‘ladi. U bir 
yarim yildan so‘nggina do‘stlarining yordami tufayli Italiyaga qaytib kelish uchun 
ruxsat oladi. Ona-Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat buyuk notiqning ilhomini 
yanada jo‘sh urdiradi. U nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qila boshlaydi. Oradan 
ko‘p o‘tmay, mashaqqatli mehnat samarasi sifatida, uning uch kitobdan iborat 
“Notiqlar haqida” nomli asari dunyoga keladi. Mazkur asar dialog shaklida 
yozilgan bo‘lib, Litsiniy, Koidaass, Mark Antoniy, YUliy Sezar, Strabon, Katull, 
huquqshunos Ssevola va uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy Ruflarning ijtimoiy va 
siyosiy nutqlari, ularning notiqlik san’ati hamda bu san’atning eng mayda- chuyda 



masalalaridan tortib siyosiy muammolargacha bo‘lgan qimmatli notiqlik haqidagi 
fikr va mulohazalarini o‘z ichiga oladi. 
Sitseron “Brut” (47 yil), “Notiq” (56 yil) nomli boshqa asarlarida Rim 
notiqlik san’ati tarixi haqida batafsil nazariy fikrlar yuritib, attikachilarning 
nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiqadi. Uning 
ta’kidlashicha, har qanday notiqning ko‘zda tutgan asosiy maqsadi tinglovchining 
zavqini uyg‘otib, ularni o‘ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab 
mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi zarur. Sitseron bu 
fikr
ini 
davom ettirib, «kimki jo‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida 
o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z 
san’atining chinakam ustasi bo‘ladi» deydi. 
Shuningdek, Sitseron nutq kompozitsiyasining nazariyasini ham ishlab 
chiqqan. Uning fikricha nutq quyidagi qismlardan iborat bo‘lmog‘i zarur: 
1.
Nutqning kirish qismi. 
2.
Ishning mohiyatini ochish. 
3.
Keyingi qismlarning rejasi. 
4.
Asosiy qism (dalillar). 
5.
Oxirgi qism, ya’ni nutq davomidagi asosiy masalalarni qisqa-qisqa eslatib 
o‘tish va yakun yasash . 
6.
Xulosa. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish