1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Lisiy (taxminan 459-380 y.y.) 
Lisiyning asl vatani Sitsiliyadir. Notiqning otasi Periklning taklifiga binoan 
Afinaga kelib, shu erda o‘rnashib qoladi.
Qadimgilarning shahodatiga qaraganda, Lisiy merosidan bizga qadar faqat 
o‘ttiz to‘rttasi etib kelgan. Ularning barchasi, asosan, sud nutqlaridan iboratdir. O‘z 
faoliyatini logograflik kasbiga bag‘ishlagan Lisiy, dastavval sud ahllarining va 
sudga ishi tushgan kishilarning tabiatini chuqur o‘rganishga kirishadi. Ma’lumki, 
Afina sudida qatnashgan shaxslarning ko‘pchiligi murakkab davlat qonunlarini 
teran bilmagan, aksar unchalik durust tahsil ko‘rmagan odamlar bo‘lganlar, shu 
sababli ular ayyor va ustomon odamlarning sud hay’atini aldab ketishlaridan 
hadiksirab ilmoqdor, dabdabali so‘zlarga chuqur shubha bilan qarar va bu xildagi 
so‘zlarni to‘qishda, albatta, biron odam ko‘maklashgan bo‘lsa kerak, deb gumon 
qilardilar. Ikkinchidan, logograflarning yordamiga muhtoj bo‘lib, ularga murojaat 
etgan odamlar orasida jamiyatning turli-tuman fuqarolari bo‘lgan. Binobarin, Lisiy 
har bir nutqni yozishga kirisharkan, u avvalo buyurtma bergan kishining tabiatiga, 
ijtimoiy mavqeiga qanchalik monand kelish-kelmasligigi katta e’tibor beradi. 
Gapirishi lozim bo‘lgan kishining xarakterini, ijtimoiy ahvolini juda ham aniq 
tasvirlab beruvchi nutq matnini ishlab chiqishga juda usta edi. Natijada Lisiy 
tayyorlagan nutq faqat o‘sha so‘zlovchigagina xos bo‘lardi. 
Lisiyning notiq sifatidagi ikkinchi xususiyati, hikoyachilik san’atini egallab 
olganligidir. U har qanday voqeani sodda, jonli, qiziqarli shaklda hikoya qilishga 
usta edi. Uning notiqlik san’atidagi uchinchi xususiyati-uslubidagi aniqlik, 



soddalik va tabiiylik edi. Lisiy og‘zaki nutqning inson ruhiyatiga ta’sir etishini 
yaxshi tushunadi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri fikr ifodalash jarayonida 
so‘zlarni takrorlamaslik deb biladi. Uning fikricha, biror masala bo‘yicha 
so‘zlangan nutq ikkinchi marta takrorlanmasligi kerak, agarda shu nutqni avvalgi 
tinglovchilar bir necha marta takror eshitsalar, nutq o‘z kuchini va ifodaliligini 
yo‘qotadi. 
Eng qadimgi yozma obidamiz “Avesto”da til, nutq, nutq odobi, tilga 
munosabat, tilni ulug‘lashga oid fikrlar ham mavjud. Unda aytilishicha, o‘sha davr dini 
va ma’naviyati asosini 
e’tiqod, ezgu niyat

ezgu so‘z 
va 
ezgu amal tushunchalari tashkil 
qilgan
. Keltirilgan 
ezgu so‘z 
tushunchasi xalq uchun foydali bo‘lgan fikrni ifodalagan, 
uni nutq odobi va madaniyatiga amal qilgan nutq hamda kishilarga manfaat keltiruvchi 
va ta’sir etuvchi, 
qolaversa, ularni tarbiyalovchi vosita, so‘z deb tushunmoq kerak. Bu fikrni ba’zi 
o‘rinlarda 
ezgu so‘z 
o‘rnida 
ezgu kalom

ezgu fikr

muqaddas so‘z 
kabilar ifodalashida 
ham ko‘rish mumkin. 
Sharqda, jumladan, Movarounnahrda badiiy, ilmiy ijodning taraqqiyoti, 
shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan mushtarak holda so‘zning 
ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko‘p 
yaxshi ilmiy va nazariy qoidalar aytilgan. Va’zxonlik ( so‘zga chechanlik, notiqlik) 
san’atining uslubi barobarida nutq oldiga qo‘yilgan talablar zamonga mos holda 
shakllantirib borildi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn 
Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, 
Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ siymolar nutq odobi 
masalalariga, umuman, nutqqa jiddiy e’tibor berishga da’vat etish bilan birga tilga, 
lug‘atga, grammatika va mantiq, tilshunoslikka bag‘ishlangan asarlar yozdilar yoki 
boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador nazariy va ilmiy fikrlar 
bildirdilar. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish