1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

kabi, singari, - day, -dek
kabi vositalar bilan hosil qilinadi. 
O’xshatish nutqning hamma turlari uchun ham muhim. Ammo u badiiy nutqda 
ko`proq uchraydi. 
... Okoplardan yov chiqadi 
Och bo’riday ulishib, 
Orqasidan ajal quvgan 
Tentaklarday kulishib. 
Dahshat bilan bir o’taman 
Tepasidan burgutday, 
Yomg’ir kabi o’t yog’dirsam 
To’kiladi u tutday. 
Parchadagi “bo’riday”, “tentaklarday”, “yomg’ir kabi”, “burgutday”, “tutday” 
o’xshatish vositalarini qabul qilgan so`zlar shoir fikrlarini yanada yorqinlashtirgan, 
ularning o’quvchiga har tomonlama yetib borishini ta’minlagan. O’quvchi ko`z 
oldida och bo’ri, qilgan harakatini o`zi anglamaydigan telba, o`z o’ljasiga butun 
vujudi bilan tashlangan burgut va bir zarba ostida yomg’irdek to’kilgan tut 
namoyon bo’ladi; bu manzarani jang maydonida yuz bergan hodisalar bilan 
taqqoslaydi. Demak, o’xshatish, o’quvchi ongini so`zning ma’nosidan shaxsiy 
ma’no tomon yetaklaydi. Shaxsiy ma’no nutq muallifi bilan o’quvchi o’rtasida bir 
xil bo’lmasligi mumkin. Bunga ulardagi ma’lumot, madaniyat, hayotiy tajriba, 
g’oyaviy-axloqiy har xillik, ruhiy xususiyatlar, borliqni estetik idrok etish sabab 
bo’ladi. Sodda qilib aytganda, bo`rini, burgutni, tutning to’kilishini ko’rmagan 
o’quvchi shoir o’xshatishlarining ma’nosi va ahamiyatiga tushunib yetmaydi. 
Metafora narsalar, hodisalar orasidagi o’xshashlikka asoslanib, biriga xos 
bo’lgan belgi-xususiyatlarni boshqasiga ko’chirishdir. Narsalar o`zining rangi, 
shaqli, harakat-xususiyati va boshqa belgilariga ko`ra, boshqa shunday belgilarga 
ega bo’lgan narsa nomini oladi. Bunda shu narsalar uchun umumiy bo’lgan belgi 
tushunchada saqlanadi. 


Metofora yopiq qiyoslash ma’nosiga ega bo’lgan so`z birikmalaridir. 
Metafora nutq jarayonida paydo bo’ladi. Metofora ma’nosida uch qism bo’ladi: 
qiyoslash haqidagi xabar, nima bilan qiyoslanayotgani haqidagi xabar, 
qiyoslanayotgan narsalar belgisi haqidagi xabar. Usmon Nosirning “Naxshon” 
dostonidan olingan mana bu misralarni tahlil etaylik. 
Shoti bo’lib 
Ko’kka chirmashgan nola. 
Shunday poyadorki, 
Ko`rinmas tagi... 
Tog’ boshida kunning 
Qonli etagi, 
Yig’lar o’ngirlarda 
Mungli shalola. 
Bundagi “kunning qonli etagi” birikmasini olib qaraylik. Kiyimning etagi 
bo’ladi. U kiyimning pastki qismini anglatadi. Shunga asosan “tog’ning etagi” 
metaforasi qadimdan ma’lum. Kiyimning etagi ham, tog’ning etagi ham eni va 
bo’yiga ega bo’lgan aniq narsalar. Shoir “etak” so`zidagi “quyi” ma’nosiga 
asoslanib, yangi metafora yaratadi. Botib borayotgan quyoshning qizil shu’lalari 
shoir nazarida kishining qonga botirilgan etagini eslatadi. Bu esa ajoyib 
metaforaning paydo bo’lishiga olib keladi. She’rda ifodalilik kuchi ortadi. “Shoti 
bo’lib ko’kka chirmashgan nola shunday poyadorki, ko`rinmas tagi”. Nima 
poyador? Daraxt, shoti poyador bo’ladi, lekin nola, ohu zor-chi?! Nola shotiga, 
uning kuchi, og’irligi shotining yo’g’on va uzun poyasiga mengzalib, odatdan 
tashqari bir manzara yaratilgan. Ana shu odatdan tashqarilik ifodalilikning xuddi 
o`zidir. 
Metafora nutqning ifodaliligiga juda katta ta’sir etadi. Metafora qanchalik 
yangi bo’lsa, u shunchalik ifodali bo’ladi. Ammo bunda ham me’yor bosh mezon 
hisoblanadi. Nihoyatda murakkab metaforani o’quvchi tushunmasligi mumkin. Bu 
muallif fikri o’quvchiga yetib bormadi, degan gap.
Sinekdoxa ham nutqning ifodaliligini ta’minlaydi: 
Biz ham yo’lda ...
Quyosh tuproq vaslidan 
Qiziydi orqada, oldimizda yo’l. 
Go`zal bo’lib ketmish tuproq aslidan 
Urug’ sochib o’tgach mehnat nomli qo’l. 
Parchaning keyingi ikki misrasida inson mehnati ulug’langan. Yerni aslidan 
go`zal qilib yuborgan qo’l orqali mehnatkash inson anglashiladi, ya’ni qism orqali 
butunni ifodalash bilan go`zal ifodalilik yaratilgan. 
Metonimiya narsalarning zamon va makonda o`zaro bog’lanishlariga 
asoslanadi. 
Faqat chust do’ppisi ostidan toshgan 
Kumush halqalardan oqib tushar ter. 
“Kumush halqalar”ning chust do’ppisi ostidan toshib turishi ularning 
qo’ng’iroq soch o’rnida ishlatilganligini anglashga imkon beradi. “Kumush 
halqalar” ustida fikr yuritgan o’quvchining xayoliga birdan oqargan jingalak soch, 


ulardan oqib tushayotgan qaynoq ter keladi va misralarda shoir ko`zda tutgan fikrni 
osonlikcha anglab oladi. 
6.Nutqning boyligi (rang-barangligi) deyilganda unda ishlatilgan til 
vositalarining ko`pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko'rsatilgan ta'siri 
tushuniladi. Nutqning boyligini aniqlash ancha mushkul bo'lib, ikki nutqni bir-biri 
bilan solishtirganda, qiyoslaganda, ulardagi til vositalarining so`zlovchi ko`zda 
tutgan axborotni yuzaga chiqarishda bajargan vazifasi ustida mulohaza qilganda 
namoyon bo'ladi. 
Olaylik o'rta ma'lumotli birgadirning nutqidan ma'lumotli o`qituvchining 
nutqi, albatta boydir. Bunga biz o`z taassurotlarimiz asosida ishonch hosil qilamiz. 
Til qurilish xususiyatlari bilan bizda taassurot uyg'otgan nutq boy, shunday 
taassurot kam bo'lgan nutq qashshoqdir. 
Ko`pgina kishilarning og`zaki nutqida (ba'zan yozma nutqida ham) so`zlar 
ko`p martalab takrorlanadi, nutqda fikrni yorqinlashtirish uchun zarur bo'lgan til 
vositalari ishlatilmaydi. Bunday nutqni eshitish kishiga malol keladi. Nutq 
so`zlovchi o`z oldiga qo'ygan maqsadni tinglovchiga to`la etkaza olmaydi. Albatta 
bunday nutq so`zlovchining tilni yaxshi egallamaganligini, o`z nutqi uchun qunt 
bilan mehnat qilmaganligini qo'rsatadi. 
Xullas, notiqning nutq o'rganiladigan mavzuga bog'liq holda boy va rang-
barang bo'lishi lozim. Buni beglilashda frazeologik birikmalarning alohida o'rn 
bor. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish