1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

 


Nazorat savollari: 
1. Nutqning to’g’riligi nima? 
2. Nutqning sofligi nima? 
3. Talaffuz me’yori haqida nimalarni bilib oldingiz? 
4. Dag’al, qo’pol so’zlar ning nutqqa ta’siri qanday?
 
Tavsiya qilinadigan adabiyotlar: 
1.
Mahmudov N. O`qituvchining nutq madaniyati. Darslik. T.2007. 
2.
Tojiyev Yo. O`zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari.T.1994. 
3.
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1990 
4.
Rasulov R va b. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T. 2006. 
 
Нутқнинг 
тўғрилиги
 
Нутқнинг 
таъсирчанлиги
 
Нутқнинг 
аниқлиги
 
Нутқнинг 
коммуникатив 
сифатлари
 
Нутқнинг 
мақсадга 
мувофиқлиги
 
Нутқнинг 
тозалиги 
(софлиги)
 
Нутқнинг
 
мантиқийлиги
 


8-Mavzu: O`qituvchi nutqining ifodaliligi va boyligi
 
Maqsad: 
Talabalarga o`qituvchi nutqining ifodaliligi va boyligi
 
to’g’risida 
bilim berish 
Reja: 
1.
O`qituvchi nutqida ifodalilik. 
2.
O`qituvchi nutqining boyligi va hozirjavoblilik. 
 
Kalit so’zlar: 
til, lug`at boyligi, tasviriy vositalar 
O`qituvchi nutqning muhim fazilatlaridan biri ifodalilikdir. 
Ifodalilikkina nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta'minlaydi. 
Ifodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo'lgan nutq tinglovchida qiziqish 
uyg'otadi va uning ongiga tez etib boradi. Ifodalilik nuqtai nazaridan qaralganda 
kishilarning nutqlari hilma-hildir. Hatto bir mavzuga bag'ishlangan nurli 
kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin.
Bunday nutqlarning biriga tinglovchi qiziqib qarasa,boshqasiga nisbatan 
loqayd munosabatda bo'ladi. Nutqni ravon qilishda mavzu va habarning mantiqi, 
dalillarning yangiligi, muallifning ta'sir o'tkazish vositalari, nutqning struktura 
xususiyatlari muhimdir.
Biz A.Qodiriy, Oybek H.Olimjon, A.Qahhor, A.Oripov, E.Vohidovlarning 
ko`pgina asarlarini hayajon bilin o’qiymiz. Bunga sabab nima? Masalan, 
O`zbekiston mavzusida juda ko`p she’rlar yozilgan. Lekin Oybek, H.Olimjon, 
A.Oripov she’rlarini boshqalardan afzal ko`ramiz. O`z-o`zidan ravshan bo’ladiki, 
nutqning tuzilishi xususiyati, fazilati, xossalari bizning fikr va tuyg’ularimizni, 
diqqatimizni yorqinlashtiradi, aytilganlarga qiziqish uyg’otadi.
O`z tuzilishi xususiyatlari, fazilati,xossalari bilan tinglovchining fikr va 
tuyg'ularini, diqqatini yrqinlashtirgan aytganlarga qiziqish uyg'otgan nutq 
ifodalidir. 
Ifodali she’riy nutqqa misol qilib H.Olimjonning “O’lka” she’rini ko’rsatish 
mumkin. Bu she’rning badiiy shaqli tashqi tomondan juda sodda. Leksikasi ham, 
sintaksisi ham, ohangi ham hammabop, sodda. Ammo iste’dodli shoir ana shu 
soddalik, hammaboplik orqali asarning badiiy ta’sirini ta’minlagan. Unda lirik 
qahramonning vatanga bo’lgan qaynoq hislari, fidoyiligi, sevgisi, ishonchi o`z 
ifodasini topgan. She’rda nutqiy ifodaviylik ko`zga tashlanib turmasada, u 
o’quvchini o`ziga band etadi, mulohaza yuritishga undaydi. 
O’lka 
Men dunyoga kelgan kundanoq 
Vatanim deb seni, uyg’ondim. 
Odam baxti birgina senda 
Bo’luriga mukammal qondim. 
Qulog’imga noming kirganda 
Qumlik kabi tashna boqurman. 
Sening jannat vodiylaringdan 
Nahrlarday to’lib oqurman. 


Bilsinlarkim, yo’ldoshim bo’lmas 
Ko`zda yoshi bilan kulganlar. 
Tilagi bor, o`zlari hayot, 
Lekin yurak-bag’ri o’lganlar. 
Har aytganing buyuk jangnoma, 
Qayga desang qaytmay keturman. 
Ko`zlarimni yummasman aslo –
Daryo kabi uyg’oq o’turman. 
Nutqning nimaga qaratilganligi, qanday voqealar unda aks etganligiga qarab 
ifodalilik hilma-hil ko`rinishlarda bo'ladi. Quvonch ifodasi, qo'rquv ifodasi, 
hayajon va chaqiriq ifodasi, jimlik va ajablanish ifodasi bor.Bularning har biri 
o`ziga xos nutqiy sharoitlar uchun o`rinli hxisoblanadi.Chaqiriq ifodasini oshqning 
ishq sarguzashtlari bayonida qo'llab bo'lmaganidek, quvonch ifodasini bemor 
tepasida bayon qilish o`rinsizdir. 
Ifodalilik, birinchidan, nutq vaziyati bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, tilning 
tuzilishi bilan bog'liqdir. 
Nutqning ifodliligi talaffuz, urg`u, leksika, so`z yasalishi, morfologiya, 
sintaksis, 
uslub 
bilan 
mustahkam 
aloqadordir. 
Demak, 
ifodalilik 
til 
imkoniyatlarining har-hil sohalari ishtirokida yuzaga chiqadi. 
Nutqda ifodalilikka qanday erishish mumkin? Tilshunos B.N. Golovin buning 
yettita shartini ko'rsatadi.
Birinchidan, nutq muallif tafakkurning erkin, mustaqil bo'lishi. Siyqasi 
chiqqan gaplarga bog'lanib qolgan kishining nutqi yuksak ifodalilikka erisha 
olmaydi. Chunki bunday notiq erkin tafakkur qilmaydi, nutqiga sharoitga munosib 
ifodaviy vositalarni kirita olmaydi, ular ustida o'ylamaydi, o’ylay olmaydi. 
Ikkinchidjan, nutq muallif nima haqida so`zlayotganini, kimlarga 
so`zlayotganini bilishi, shunga qiziqishi, beparvo bo'lmasligi lozim. 
Uchinchidan, tilni, uning ifoda vositalarini, imkoniyatlarini yaxshi bilish 
(bunga til fanini yaxshi bilish orqali erishiladi). 
To'rtinchidan, til uslublari (badiiy, ilmiy, publitsistik, so`zlashuv kabi), 
xususiyatlari, xossalarini bilish. 
Beshinchidan, nutqiy masala ustida muntazam va ongli mashq qilish. Bunda 
olingan bilimni malakaga aylantirish muhimdir. So`zlayotganda kishi uzoq o'ylab 
nutqni ifodali qiladigan vositalarni topa olmaydi. Buni vaqt taqozo etmaydi. Bu 
borada bizga malakamiz yordam beradi. U tezlik bilan bizga nutqni ifodali qiluvchi 
vositalarni topib berishi, keraksiz vositalarni uzoqlashtirish lozim. Ammo bunga 
qanday erishish mumkin? O'qigan badiiy, ilmiy va boshqa asarlarning tiliga ongli 
munosabatda bo'lish, til vositalarini tahlil etish, yodlash, ulardan foydalanib, nutq 
so`zlash Mashqlari o'tkazish ifodali so`zlash yuzasidan malaka hosil qilishning 
birdan-bir to`g`ri yo'lidir. Kishi doimo o`z nutqiy malakasini boyitishi, oshirib 
borishi zarur. 
Oltinchidan, so`zlovchining ifodali so`zlashga bo'lgan ongli ishonchi, ruhan 
tayyorgarligi. Kishi mening nutqim ifodasiz, nochor va qashshoq deb o’ylasa, 


shunga ko`ra yorqinroq, ifodaliroq so`zlashish uchun kitoblar o'qishi, ulardan 
tilning ifoda vositalarini, maqol, hikmatli so`zlarni, iboralarni o'rganishi zarur. 
Yettinchidan, tilda nutqning ifodaliligini ta'minlovchi vositalarning bo'lishi. 
Ular tilda borligi uchun ham biz o`z nutqimizda ifodalikka erishamiz. Tilning ifoda 
vositalari deyilganda, odatda, troplar va tasviriy shakllar tushuniladi. Haqiqatda esa 
ifodalilik vositalarining boshqa ko`rinishlari ham bor. Bu tushuncha oddiy 
tovushlardan to uslubgacha bo'lgan hamma imkoniyatlarni o`zida qamraydi. 
Hammaga ma'lumki, so`zlovchi biror tovushni noto`g`ri aytsa, nutqni qabul qilish 
ancha qiyinlashadi. 
Ifodali so`zlashni ta'minlovchi asosiy manba so`zlar (leksika)dir. Tildagi 
so`zlar, lug'aviy-ma'noviy vositalar tilning tasviriy vositalari deb yuritiladi. 
O'xshatish (epitet) ham, metofara ham, metonimiya ham lug'aviy ma'noga 
asoslanadi. 
Ma'lumki, ifodalilikni ta'minlashda o'xshatish, metofora, metonimiya, 
senikdoxa, mubolag'a kabilar katta ahamiyatga ega. Nutqda bu vositalardan o`rinli 
foydalanish uning madaniyatini oshiradi. 
O’xshatish 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish