1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Glossariy 
Sinegor – 
qadimda ma’lum haq evaziga sudda tomonlarning manfaatini himoya 


13 
qilib nutq so‘zlovchi shaxs. 
Logograf – 
qadimda nutq matnini tuzib beruvchi shaxs

Epideyktik notiqlik 
– tantanali notiqlik. 
Dialogik muloqot - 
o‘zaro suhbat vaqtida hal etilishi zarur bo‘lgan 
masalani nihoyasiga etkazish jarayoni. 
Uyg‘unlashgan muloqot - 
suhbat, bahs-munozara jarayonida muloqot 
qatnashchilarining umumiy maqsadga erishishi uchun birlashishlari. 
Fikriy 
muloqot – 
muloqot jarayonida nutqning 
maqsadi muhokama 
mavzusida yashiringan, topish mumkin bo‘lgan haqiqatni, ma’noni izlash. 
Adabiyotlar: 
1.
Begmatov E. va boshqalar. Adabiy norma va nutq madaniyati. –Toshkent: Fan, 
1973. 
2.
Inomxo‘jaev S. Notiqlik san’ati asoslari. –Toshkent: O‘qituvchi, 1982. 
3.
Begmatov E., Tursunqulov M. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari. -Toshkent: 
O‘qituvchi, 1991. 


14 


7-MAVZU: O`QITUVCHI NUTQINING TO`G`RILIGI VA SOFLIG

Maqsad: 
Talabalarga o`qituvchi nutqining to`g`riligi va sofligi, bu 
fazilatlarning ahamiyati to’g’risida bilim berish 
 
Reja: 
 
1.
Nutqning to`g`riligi barcha kommunikativ sifatlarning poydevori. 
2.
Nutqning sofligi va unga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi unsurlari. 
Kalit so’zlar: 
leksika, lug’aviy birliklar, me’yor, orfoepiya, morfologiya, sintaksis, 
vulgarizm, varvarizm
 
1. Nutqning to`g`riligi
uning dabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til 
normalari ko`p tarmoqli bo'lgan uchun nutqning to`g`riligshi ham bir qancha 
shartlarni o`zida qamraydi. To'g'r, nutq o`zida adabiy tilning fonetik, talaffuz
lug'ayviy so`z yasalishi, grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini 
mujassamlashtirilgan bo'lishi lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq 
ham to`g`ri bo'la olmaydi. 
Nutqning to`g`riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatlaridir. Nutq to`g`ri 
bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham vayron bo'ladi. Nutqning tuzilishi 
to`g`ri bo'lmaganda, uning mantiiqiyligi, aniqligi, o`rinliligi haqida gapirib 
bo'lmaydi. 
To`g`ri utq tuzish uchun so`zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan 
bo'lmog’i lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir. 
Talaffuz normalari. Kishilar yoshlikda o`zi mansub bo’lgan sheva normalari 
asosida til o’rganadilar. Dialektal normalar juda qat’iy va qatiq amal qilgani uchun 
ularni buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir 
shaxsning o`zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shax tomonidan 
bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa 
“shaxsiy” variantlar ham turadi. Agar so`zlovchi adabiy normalarni yaxshi 
egallamagan bo’lsa yoki o`z shevasi bergan “shaxsiy” variantni afzal deb qarasa, 
uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin. 
Adabiy normani buzish nutq so`zlanayotgan jarayonda to’siq hosil qilmagan 
hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: 
Rais boradig’on bo’pti. 
Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi – fonemalar, ularning sifatlari, 
ma’lum fonetik sharoitlarda o`zgarishlari ko`zda tutiladi. 
O`zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo’lgan 
uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so`zlayotgan kishilar nutqida 
har qadamda o`zining borligini sezdirib turad. Notiq o`zi bilibmi, bilmaymi, o`z 
lahjasi qonuniyatlari ta’siriga o’tib qoladi. Bu narsa ko`pincha so`z va so`z 
shaqllarining talaffuzida, leksik tanlashlarda va boshqalarda ko`rinadi. Ma’lumki, 
qipchoq va o’g’uz lahjalarida tanglay uyg’unligi (garmoniyasi) mavjud. 
Tanglay uyg’unligi talabiga ko`ra unlilar ikki xil-yumshoq va qattiq talaffuz 
etiladi. O`zak, negizlarning qattiq va yumshoq talaffuz etilishi turkiy tillarga xos 
hodisa bo’lib, singarmonizm deb yuritiladi. (Tovushlar uyg’unligi ikki xil bo’ladi: 


tanglay uyg’unligi va lab uyg’unligi (o’tqa, itka, ko`zum kabi). Lab uyg’unligi 
o`zbek shevalari uchun deyarli xos emas. U boshqa – qozoq, qirg’iz kabi turkiy 
tillarda uchraydi). So`z o`zak – negizlarini bunday ikki xil talaffuz etish lahjaning 
har bir vakiliga bolalikdan singgan bo’ladi. Qattiq unlili negizlarga qattiq, 
yumshoq unlili negizlarga yumshoq unlili qo’shimchalar qo’shiladi:
Adabiy talaffuz ba’zi bir uslubiy xususiyatlarga ham egadir. Ba’zan so`z, 
so`z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib 
turadi. Bunday talaffuzda so`zlar uslubiy bo’yoqqa ega bo’ladi. So`zlashuv nutqida 
esa ular uslubiy bo’yoqsiz aytila beradi. Shuni aytish kerakki, tildagi ba’zi bir 
so`zlargina bunday uslubiy bo’yoqqa egadir. Siyosatga, fanga, san’atga, texnikaga 
aloqador so`zlarning bir qismi uslubiy bo’yoqlidir, xolos. So`zlarning talaffuzi turli 
shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko`ra qandaydir darajada o`ziga xoslik kasb 
etishi mumkin. 
Kelishik normalari. Adabiy tilimizda “kuchli” va “kuchsiz” normalar bor. 
Bu adabiy tilning morfologik qurilishida ham amal qiladi. “Kuchli” normalar 
o`zbek tilini yaxshi bilgan kishilar tomonidan deyarli buzilmaydi. Unga amal qilish 
juda qat’iy hisoblanadi. Ikkinchi xil normalar tezda tashqi ta’sirga uchraydi
yomon o`zlashtiriladi; nutqda tez-tez buziladi. 
“Kuchli” normalar adabiy tilda so`zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt 
alabtta amalga oshiriladi. “Kuchsiz” normalar go’yo mazmunga uncha ta’sir 
etmagandek tuyuladi. Shuning uchun og`zaki so`zlashuvda bu normalarga kam 
e’tibor beriladi. O’rta maktabda yozma adabiy tilni yaxshi o’rganib olmagan yoki 
mahalliy shevalarning kuchli ta’sirida bo’lgan shaxslarning yozma nutqida ham 
normani buzish uchrab turadi. “Kuchsiz” morfologik normalarga misol tariqasida 
ba’zi bir (qaratqich, o`rin-payt va boshqa) kelishiklarning buzilishini ko’rsatish 
mumkin. Qaratqich kelishigi ma’nosini tushum kelishigi shaqli orqali ifodalash, 
boshqacha aytganda, qaratqich va tushum kelishiklari ma’nosini ifodalashda faqat 
– ni (fonetik variantlari bilan birga)dan foydalanish og`zaki nutq uchun keng 
tarqalgan hodisadir. 
Adabiy til uchun begona unsurlari bo’lmagan, axloq normalari tan 
olmaydigan so`zlardan xoli bo’lgan nutq sof nutq deb yuritiladi. To`g`ri, ijtimoiy 
normalar adabiy tilda axloqdan tashqri til unsurlarini ishlatishga yo’l bermaydi. 
Ammo hamonki nutq shaxsga xos hodisa ekan, unda ijtimoiy axloq normalarini 
buzuvchi til birliklari ham ishlatilib qolishi ehtimoldan uzoq emas. Aksar 
holatlarda adabiy nutq sofligiga quyidagilar putur yetkazib turadi: 
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so`z, ibora, shuningdek, grammatik 
shaqllar, so`z va so`z birikmalarining talaffuzi, urg`usi. 
2. O`rinsiz qo’llangan chet so`z va so`z birikmalari. 
3. Jargonlar. 
4. Vulgraizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so`zlar. 
6. Kanselyarizmlar. 
Sanab o’tilgan unurlardan o`rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy 
nutqni ham xiralashtiradi. Har bir so`zlovchi o`z nutqining adabiy normalar 
darajasida bo’lishi uchun harakat qilishi lozim. O`z shevasiga xos bo’lgan til 


vositalarini nutqqa o`rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Biroq adabiy tilda varianti 
bo’lmagan, ifodalanayotgan fikrni ravishlantirish uchun zarur so`z va grammatik 
vositalarni, ularga izoh bergan holda, nutqqa olib kirish unga sayqal bag’ishlaydi.
Vulgarizmlarga axloq normalariga to`g`ri kelmaydigan: kishini so’kishda, 
haroratlashda ishlatiladigan so`zlar kiradi. Ularni ishlatish so`zlovchining past 
madaniyatli, qo’pol, johil kishi ekanligini ko’rsatadi. Badiiy adabiyotda ham 
ulardan foydalaniladi:
-Sen bizga xiyonat qilding, it uvli! 
(A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon”.) 
ba’zi so`zlovchilar nutqlarida ayrim so`zlarni o`rinli – o`rinsiz ko`p 
takrorlaydilar. Bunday takrorlanadigan xo’p, xo’sh, demak, ya’ni olaylik, masalan, 
haligi kabi so`zlar parazit so`zlar deb yuritiladi. to`g`risini aytganda, bu so`zlar 
iste’molda bor, ular nutq uchun zarur. Ammo ulardan foydalanishda parazitlik 
paydo bo’ladi. A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida buxorolik Sharifboy 
nutqida “pala’nat” (“padar la’nati”)ni parazit so`z sifatida ishlatib, uning nutqini 
individuallashtirgan. Sharifboy har gapida bu so`zni qo’shib gapiradi. 
“Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qaradi: 
- Pala’nat, qachon kelgan ekan?” 
“Konselyarizm”lar ish qog’ozlari uchun zarur bo’lgan, ma’lum bir shaklda 
saqlanadigan so`z birikmalari, gaplardir. Ular o`z o’rnida juda zarur. Chunki ish 
qog’ozlari qat’iy bo’lgan ma’lum shaqllarni talab qiladi. Bunday “qat’iy shaqllar”, 
shablonlar so`zlashuv nutqiga, badiiy adabiyotga, publisistikaga o’tsa, nutqni 
buzishi mumkin. O`rinsiz kanselyarizmlar majlislarda, kengashlarda, gazetalarda, 
radio, televideniyedan so`zlangan nutqlarda ko`plab uchraydi. 
“Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o`z hayotimizda qat’iy burilish 
yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, 
endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o`zingizga 
ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim 
ko’rmayman...” (A.Qahhor). Ana shu ikkitagina gapda beshta kanselyarizm 
ishlatilgan. Gaplardagi “365 kun muqaddam”, “qat’iy burilish yasab”, “zo’r 
sinovlar sharoitga bevosita qadam qo’ydik”, “ham erkak, ham xotin boshchilik 
qiladigan oila masalasi”, “bunga keng ravishda to’xtab o’tirish” trafaret (siyqasi 
chiqqan) birikmalar bo’lib, ijtimoiy hodisalarni ifodalashga moslashgan, bu o`rinda 
esa nobopdir. Bunday balandparvoz nutqdan tinglovchi keraqli narsalarni ajratib 
olishga qiynaladi. tinglovchining anchagina vaqtini olgan 43 so`zdan iborat bu
parchadan quyidagilar anglashiladi, xolos: “Bundan bir yil oldin ikkalamiz 
turmush qurdik. Hozir ro`zg’orni ikkalamiz boshqarayapmiz”. 43 so`z o’rnida 11 
so`z. Buning ustiga fikr juda ravshan, ifodalar juda aniq! 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish