Mavzu: sohaga oid taqdimot nutqi



Download 12,69 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi12,69 Kb.
#679161

10-mavzu

Amaliy mashg‘ulot №10


MAVZU: SOHAGA OID TAQDIMOT NUTQI.
Reja:
1.O`qituvchi nutqida ifodalik.
Nutqda badiiy tasviriy vositalardan foydalanish yo’llari.
O`qituvchi nutqining boyligi va xozirjavoblilik.
Nutq odobi insonning umumiy ahloqini belgilovchi asosiy mezondir.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:Nazariy fikr mulohazalar, nutq, ifoda, ramz,


Odob, xulq, salom, kalom, sabr, najot, bilm, aql, idrok, davr, sifat.
O`qituvchi nutqning muhim fazilatlaridan biri ifodalilikdir.
Ifodalilikkina nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishini ta'minlaydi. Ifodalari sodda, ammo katta mazmunga ega bo'lgan nutq tinglovchida qiziqish uyg'otadi va uning ongiga tez etib boradi. Ifodalilik nuqtai nazaridan qaralganda kishilarning nutqlari hilma-hildir. Hatto bir mavzuga bag'ishlangan nurli kishilarning nutqi turlicha ifodalanishi mumkin.
Bunday nutqlarning biriga tinglovchi qiziqib qarasa,boshqasiga nisbatan loqayd munosabatda bo'ladi. Nutqni ravon qilishda mavzu va habarning mantiqi, dalillarning yangiligi, muallifning ta'sir o'tkazish vositalari, nutqning struktura xususiyatlari muhimdir.
Biz A.Qodiriy, Oybek H.Olimjon, A.Qahhor, A.Oripov, E.Vohidovlarning ko`pgina asarlarini hayajon bilin oqiymiz. Bunga sabab nima? Masalan, O`zbekiston mavzusida juda ko`p sherlar yozilgan. Lekin Oybek, H.Olimjon, A.Oripov sherlarini boshqalardan afzal ko`ramiz. O`z-o`zidan ravshan boladiki, nutqning tuzilishi xususiyati, fazilati, xossalari bizning fikr va tuygularimizni, diqqatimizni yorqinlashtiradi, aytilganlarga qiziqish uygotadi.
O`z tuzilishi xususiyatlari, fazilati,xossalari bilan tinglovchining fikr va tuyg'ularini, diqqatini yrqinlashtirgan aytganlarga qiziqish uyg'otgan nutq ifodalidir.
Ifodali sheriy nutqqa misol qilib H.Olimjonning Olka sherini korsatish mumkin. Bu sherning badiiy shaqli tashqi tomondan juda sodda. Leksikasi ham, sintaksisi ham, ohangi ham hammabop, sodda. Ammo istedodli shoir ana shu soddalik, hammaboplik orqali asarning badiiy tasirini taminlagan. Unda lirik qahramonning vatanga bolgan qaynoq hislari, fidoyiligi, sevgisi, ishonchi o`z ifodasini topgan. Sherda nutqiy ifodaviylik ko`zga tashlanib turmasada, u oquvchini o`ziga band etadi, mulohaza yuritishga undaydi.
Olka
Men dunyoga kelgan kundanov
Vatanim deb seni, uygondim.
Odam baxti birgina senda
Boluriga mukammal qondim.
Qulogimga noming kirganda
Qumlik kabi tashna boqurman.
Sening jannat vodiylaringdan
Nahrlarday tolib oqurman.
Bilsinlarkim, yoldoshim bolmas
Ko`zda yoshi bilan kulganlar.
Tilari bor, o`zlari hayot,
Lekin yurak-bagri olganlar.
Har aytganing buyuk jangnoma,
Qayga desang qaytmay keturman.
Ko`zlarimni yummasman aslo
Daryo kabi uygoq oturman.
Nutqning nimaga qaratilganligi, qanday voqealar unda aks etganligiga qarab ifodalilik hilma-hil ko`rinishlarda bo'ladi. Quvonch ifodasi, qo'rquv ifodasi, hayajon va chaqiriq ifodasi, jimlik va ajablanish ifodasi bor.Bularning har biri o`ziga xos nutqiy sharoitlar uchun o`rinli xisoblanadi.Chaqiriq ifodasini oshqning ishq sarguzashtlari bayonida qo'llab bo'lmaganidek, quvonch ifodasini bemor tepasida bayon qilish o`rinsizdir.
Ifodalilik, birinchidan, nutq vaziyati bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, tilning tuzilishi bilan bog'liqdir.
Nutqning ifodliligi talaffuz, urg`u, leksika, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis, uslub bilan mustahkam aloqadordir. Demak, ifodalilik til imkoniyatlarining har-hil sohalari ishtirokida yuzaga chiqadi.
Nutqda ifodalilikka qanday erishish mumkin? Tilshunos B.N. Golovin buning ettita shartini ko'rsatadi.
Birinchidan, nutq muallif tafakkurning erkin, mustaqil bo'lishi. Siyqasi chiqqan gaplarga bog'lanib qolgan kishining nutqi yuksak ifodalilikka erisha olmaydi. Chunki bunday notiq erkin tafakkur qilmaydi, nutqiga sharoitga munosib ifodaviy vositalarni kirita olmaydi, ular ustida o'ylamaydi, oylay olmaydi.
Ikkinchidjan, nutq muallif nima haqida so`zlayotganini, kimlarga so`zlayotganini bilishi, shunga qiziqishi, beparvo bo'lmasligi lozim.
Uchinchidan, tilni, uning ifoda vositalarini, imkoniyatlarini yaxshi bilish (bunga til fanini yaxshi bilish orqali erishiladi).
To'rtinchidan, til uslublari, (badiiy, ilmiy, publitsistik, so`zlashuv kabi) xususiyatlari, xossalarini bilish.
Beshinchidan nutqiy masala ustida muntazam va ongli mashq qilish. Bunda olingan bilimni malakaga aylantirish muhimdir. So`zlayotganda kishi uzoq o'ylab nutqni ifodali qiladigan vositalarni topa olmaydi. Buni vaqt taqozo etmaydi. Bu borada bizga malakamiz yordam beradi. U tezlik bilan bizga nutqni ifodali qiluvchi vositalarni topib berishi, keraksiz vositalarni uzoqlashtirish lozim. Ammo bunga qanday erishish mumkin? O'qigan badiiy, ilmiy va boshqa asarlarning tiliga ongli munosabatda bo'lish, til vositalarini tahlil etish, yodlash, ulardan foydalanib, nutq so`zlash Mashqlari o'tkazish ifodali so`zlash yuzasidan malaka hosil qilishning birdan-bir to`g`ri yo'lidir. Kishi doimo o`z nutqiy malakasini boyitishi, oshirib borishi zarur.
Oltinchidan, so`zlovchining ifodali so`zlashga bo'lgan ongli ishonchi, ruhan tayyorgarligi, Kishi o`ziga-o`ziga mening nutqim ifodasiz, nochor va qashshoq, shunga ko`ra yorqinroq, ifodaliroq so`zlashish uchun kitoblar o'qishi, ulardan tilning ifoda vositalarini, maqol, hikmatli so`zlarni, iboralarni o'rganishim zarur deb olishi kerak.
Ettinchidan, tilda nutqning ifodaliligini ta'minlovchi vositalarning bo'lishi. Ular tilda borligi uchun ham biz o`z nutqimizda ifodalikka erishamiz.
Tilning ifoda vositalari deyilganda, odatda, troplar va tasviriy shaqllar tushuniladi. Haqiqatda esa ifodalilik vositalarining boshqa ko`rinishlari ham bor. Bu tushuncha oddiy tovushlardan to uslubgacha bo'lgan hamma imkoniyatlarni o`zida qamraydi. Hammaga ma'lumki, so`zlovchi biror tovushni noto`g`ri aytsa, nutqni qabul qilish ancha qiyinlashadi.
Ifodali so`zlashni ta'minlovchi asosiy manba so`zlar (leksika)dir. Tildagi so`zlar, lug'aviy-ma'naviy vositalar tilning tasviriy vositalari deb yuritiladi. O'xshatish (epitet) ham, metofara ham, metonimiya ham lug'aviy ma'noga asoslanadi.
Ma'lumki, ifodalilikni ta'minlashda o'xshatish, metofora, metonimiya, senikdoxa, mubolag'a kabilar katta ahamiyatga ega. nutqda bu vositalardan o`rinli foydalanish uning madaniyatini oshiradi.
Oxshatish kabi, singari, - day, -dek kabi vositalar bilan hosil qilinadi. Oxshatish nutqning hamma turlari uchun ham muhim. Ammo u badiiy nutqda ko`proq uchraydi.
... Okoplardan yov chiqadi
Och boriday ulishib,
Orqasidan ajal quvgan
Tentaqlarday kulishib.
Dahshat bilan bir otaman
Tepasidan burgutday,
Yomgir kabi ot yogdirsam
Tokiladi u tutday.
Parchadagi boriday, tentaqlarday, yomgir kabi, burgutday, tutday oxshatish vositalarini qabul qilgan so`zlar shoir fikrlarini yanada yorqinlashtirgan, ularning oquvchiga har tomonlama yetib borishini taminlagan. Oquvchi ko`z oldida och bori, qilgan harakatini o`zi anglamaydigan telba, o`z oljasiga butun vujudi bilan tashlangan burgut va bir zarba ostida yomgirdek tokilgan tut namoyon boladi; bu manzarani jang maydonida yuz bergan hodisalar bilan taqqoslaydi. Demak, oxshatish, oquvchi ongini so`zning manosidan shaxsiy mano tomon yetaqlaydi. Shaxsiy mano nutq muallifi bilan oquvchi ortasida bir xil bolmasligi mumkin. Bunga ulardagi malumot, madaniyat, hayotiy tajriba, goyaviy-axloqiy har xillik, ruhiy xususiyatlar, borliqni estetik idrok etish sabab boladi. Sodda qilib aytganda, bo`rini, burgutni, tutning tokilishini kormagan oquvchi shoir oxshatishlarining manosi va ahamiyatiga tushunib yetmaydi.
Metafora narsalar, hodisalar orasidagi oxshashlikka asoslanib, biriga xos bolgan belgi-xususiyatlarni boshqasiga kochirishdir. Narsalar o`zining rangi, shaqli, harakat-xususiyati va boshqa belgilariga ko`ra, boshqa shunday belgilarga ega bolgan narsa nomini oladi. Bunda shu narsalar uchun umumiy bolgan belgi tushunchada saqlanadi.
Metofora yopiq qiyoslash manosiga ega bolgan so`z birikmalaridir. Metafora nutq jarayonida paydo boladi. Metofora manosida uch qism boladi: qiyoslash haqidagi xabar, nima bilan qiyoslanayotgani haqidagi xabar, qiyoslanayotgan narsalar belgisi haqidagi xabar. Usmon Nosirning Naxshon dostonidan olingan mana bu misralarni tahlil etaylik.
Shoti bolib
Kokka chirmashgan nola.
Shunday poyadorki,
Ko`rinmas tagi...
Tog boshida kunning
Qonli etagi,
Yiglar ongirlarda
Mungli shalola.
Bundagi kunning qonli etagi birikmasini olib qaraylik. Qiyimning etagi boladi. U kiyimning pastki qismini anglatadi. Shunga asosan togning etagi metaforasi qadimdan malum. Kiyimning etagi ham, togning etagi ham eni va boyiga ega bolgan aniq narsalar. Shoir etak so`zidagi quyi manosiga asoslanib, yangi metafora yaratadi. Botib borayotgan quyoshning qizil shulalari shoir nazarida inib ketayotgan kishining qonga botirilgan etagini eslatadi. Bu esa ajoyib metaforaning paydo bolishiga olib keladi. Sherda ifodalilik kuchi ortadi. Shoti bolib kokka chirmashgan nola shunday poyadorki, ko`rinmas tagi. Nima poyador? Daraxt, shoti poyador boladi, lekin nola, ohu zor-chi?! Nola shotiga, uning kuchi, ogirligi shotining yogon va uzun poyasiga mengzalib, odatdan tashqari bir manzara yaratilgan. Ana shu odatdan tashqarilik ifodalilikning xuddi o`zidir.
Naylay,
Kiprigimning nozik uchida
Qaygularning nami
Simob donalar?
Naylay,
Qalbim uzra
Qon emar nishtar?
Bu parchadagi Qon emar nishtar? misrasida nishtar sut emadigan jonzot bilan qiyoslanyapti. Jonzotning emish harakati, nishtarning qon chiqarish harakati yotibdi. Qiyoslaydigan narsa korsatilmagan. Qiyoslash asosi emar so`zida yashiringan. Unda ikki mano yelindan sutni chiqaradi, badandan qonni chiqaradi joylashgan. Bizning ongimiz emar, nishtar tushunchalarining odatdan tashqari qoshilishini tutib, emar belgisi lozim bolgan narsani qidira boshlaydi va uni topadi, bu jonzotdir. Yashirin oxshatish bizning ongimizda ochiq oxshatishga aylanadi.
Metafora nutqning ifodaliligiga juda katta tasir etadi. Metafora qanchalik yangi bolsa, u shunchalik ifodali boladi. Ammo bunda ham meyor bosh mezon hisoblanadi. Nihoyatda murakkab metaforani oquvchi tushunmasligi mumkin. Bu muallif fikri oquvchiga yetib bormadi, degan gap.
Sinekdoxa ham nutqning ifodaliligini taminlaydi:
Biz ham yolda ... Quyosh tuproq vaslidan
Qiziydi orqada, oldimizda yol.
Go`zal bolib ketmish tuproq aslidan
Urug sochib otgach mehnat nomli qol.
Parchaning keyingi ikki misrasida inson mehnati uluglangan. Yerni aslidan go`zal qilib yuborgan qol orqali mehnatkash inson anglashiladi, yani qism orqali butunni ifodalash bilan go`zal ifodalilik yaratilgan.
Metonimiya narsalarning zamon va makonda o`zaro boglanishlariga asoslanadi.
Faqat chust doppisi ostidan toshgan
Kumush halqalardan oqib tushar ter.
Kumush halqlarning chust doppisi ostidan toshib turishi ularning qongiroq soch ornida ishlatilganligini anglashga imkon beradi. Kumush halqalar ustida fikr yuritgan oquvchining xayoliga birdan oqargan jingalak soch, ulardan oqib tushayotgan qaynoq ter keladi va misralarda shoir ko`zda tutgan fikrni osonlikcha anglab oladi.
6.Nutqning boyligi (rang-barangligi) deyilganda unda ishlatilgan til vositalarining ko`pligi, kam takrorlanganligi, tinglovchiga ko'rsatilgan ta'siri tushuniladi. Nutqning boyligini aniqlash ancha mushkul bo'lib, ikki nutqni bir-biri bilan solishtirganda, qiyoslaganda, ulardagi til vositalarining so`zlovchi ko`zda tutgan axborotni yuzaga chiqarishda bajargan vazifasi ustida mulohaza qilganda namoyon bo'ladi.
Olaylik o'rta ma'lumotli birgadirning nutqidan ma'lumotli o`qituvchining nutqi, albatta boydir. Bunga biz o`z taassurotlarimiz asosida ishonch hosil qilamiz. Til qo'rilish xususiyatlari bilan bizda taassurot uyg'otgan nutq boy, shunday taassurot kam bo'lgan nutq qashshoqdir.
Ko`pgina kishilarning og`zaki nutqida (ba'zan yozma nutqida ham) so`zlar ko`p martalab takrorlanadi, nutqda fikrni yorqinlashtirish uchun zarur bo'lgan til vositalari ishlatilmaydi. Bunday nutqni eshitish kishiga malol keladi. Nutq so`zlovchi o`z oldiga qo'ygan maqsadni tinglovchiga to`la etkaza olmaydi. Albatta bunday nutq so`zlovchining tilni yaxshi egallamaganligini, o`z nutqi uchun qunt bilan mehnat qilmaganligini qo'rsatadi.
Xullas, notiqning nutq o'rganiladigan mavzuga bog'liq holda boy va rang-barang bo'lishi lozim. Buni beglilashda frazeologik birikmalarning alohida o'rn bor.

Adabiyotlar:



Muhitdinоva Х., Salisheva Z., Po‘latоva Х. O‘zbek tili. (оliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik) – Tоshkent, O‘qituvchi, 2012. – 288-b.
Nоmatоva Sh. Abldurahmоnоva M. O‘zbek tili. (darslik) – Tоshkent, JIDU, 2014. – 192-b.
Fayzullayeva Sh., Azimоva N., Usmоnоva G. O‘zbek tili. (оliy o‘quv yurtlarining iqtisоdiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) – Tоshkent, Iqtisоdiyot, 2012. – 108-b.
O‘zbek tilining izоhli lug‘ati (5 jildli). – Tоshkent., O‘zbekistоn milliy ensiklоpediyasi, 2005-2008.
Download 12,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish