fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Ritorika va nutq
madaniyatining bir-biridan farqli jihatlari
Reja:
1.Ritorika ilmining vujudga kelishi.
2.Ritorika tarixi nazariyasi.
3.
Ritorika tarixida notiqlik mahorati.
4.
G‘arb notiqligi maktablarining shakllanishi.
5.
Ritorika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
6.
Ritorika va nutq madaniyatining bir-biridan farqli jihatlari.
Tayanch so‘zlar:
Ritorika tushunchasi, ritorika ilmi, sofistlar, sofizm, ritorika
maqsadi: ishontirish, rohatlantirish, hayajonlantirish, ritorika manbai, nutq tuzish
qoidalari.
Kirish
Manbalardan bizga ma’lumki, teran va ta’sirchan fikrlar, jozibali so‘zlarning
shaxs nutqi orqali jonli og‘zaki ifodalanishi ritorika predmeti sanaladi. Jonli
muloqot jarayonida fikrlarimizni ifodalashda tilimiz orqali so‘zlash san’atining
cheksiz go‘zallik kasb etishi ham ritorika predmeti sanalgan. SHuning uchun ham
ritorika predmeti qadim zamonlardan bugungi kungacha ham kishilar ruhiyati bilan
bog‘liq holda namoyon bo‘luvchi so‘z san’ati sifatida o‘rganilib kelinmoqda.
Olimlar ritorika tarixidan kelib chiqqan holda uning o‘z tekshirish ob’ekti mavjud
degan xulosalarni berishmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda ritorika ham
fan sifatida o‘z tekshirish ob’ekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti
nutq so‘zlamoqchi bo‘lgan notiqning nutqi, notiq nutqidagi so‘zning qudrati, uning
go‘zal ifodasi va maftunkor xislatlarini aniqlashga qaratilgan.
Ritorikani, birinchidan, tinglovchilar ehtiyojlarini tushunish, ularni
qiynamaslik, atrofdagilarga yoqimli ko‘rinish, nutqi orqali ularga zavq ulashish
maqsadida, ikkinchidan, turib gapirish talab etilgan vaziyatda (hammaning e’tibori
notiqda bo‘lganda) o‘ziga bo‘lgan ishonchni his qilish, odamlar bilan erkin
muloqotga kirishish asosiy talab bo‘lganligi, uchinchidan, aniq nutqiy ko‘rinishlar:
ma’ruza tayyorlash va aytib berish, ishga aloqador muzokaralarda ishtirok etish,
xushomad va tabrik so‘zlarni aytish, jamoat orasida o‘z fikrlarini himoya qila olish,
bahslarda o‘zining haqligini isbotlashning ahamiyati barcha davrlarda ham muhim
bo‘lganligi uchun o‘rganganlar.
Ritorika — bu amaliy jihatdan fikr ifodalash jarayonida chiroyli nutq
tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til me’yorlari va ularning nutqqa ta’siri, nutqning
sifatlari, nutqiy qoidalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan turli hodisalarni o‘rganadi.
SHuningdek, nutkda uchrashi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va talaffuzga doir
muammolarni hal etish yuzasidan bahs yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o‘z bilimi va
dunyoqarashiga suyangan holda to‘g‘ri, chiroyli, jozibador, ta’sirchan so‘zlash
yo‘llarini o‘rgatadi.
Har bir notiqning nutqi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu holat notiqning
o‘ziga xos uslubi bilan o‘lchanadi. CHunki har bir nutq egasining (ya’ni notiqning)
nutqi boshqa bir notiq nutqiga o‘xshamaydi. Bir notiqning nutqi tinglovchiga
yaxshi tushuniladi, voqea-hodisalar haqida aniq, ravshan ma’lumot beradi, uning
ongiga ta’sir etadi, uni kuldiradi, yig‘latadi, shirin xayolot olamiga tortadi, xulqiga
ta’sir etadi. Boshqa bir notiqning nutqi esa tinglovchiga unchalik ham yoqmasligi
mumkin. Agar notiqning nutqi g‘aliz, tushunarsiz bo‘lsa, bo‘lib o‘tgan voqea-
hodisalarni aniq-ravshan ma’lumotlar bilan etkazib berolmasa, buning ustiga
so‘zlash jarayonida talaffuz me’yorlariga e’tibor bermasa, tinglovchi bunday
nutqni tushunmaydi, bekorga vaqtini boy beradi. Ritorika nazariy jihatdan notiq
bo‘lishga undovchi qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. Bugungi kunda notiqlik
san’atini o‘rganishdan maqsad nima? Notiqlik san’atiga ehtiyojning boisi shuki, u
milliy mustaqillik mafkurasini omma ongiga singdirishning vositalaridan biri
hisoblanadi.
Notiqlik va ritorika san’atiga oid asarlar, milliy adabiy meros namunalari,
adabiy tilga asos bo‘luvchi xalq tili shevalari, Davlat tili siyosati va unga oid
huquqiy hujjatlar, davlat tilida ish yuritish qonun qodalari majmuasi “Ritorika”
fanining asosiy ob’ekti hisoblanadi. Bugungi kunda har bir rahbar kadr, qaysi
idorada ishlashidan qat’i nazar, notiqlik malakasiga ega bo‘lishi zarurdir.
Rahbarning notiqligiga fuqaro bilan oddiy muloqot-muomaladan tortib majlisni
olib borishida ham, oliy minbarlardan nutq so‘zlashgacha bo‘lgan jarayonlar
kiradi. Shuning uchun ham ritorikaga bo‘lgan qiziqish qadimdan to bugungi
kungacha ham so‘nmagan.
Ritorika – yunoncha so‘z bo‘lib, qadimgi yunon tilida rhej ”gapirish”,
“quyilib kelish”, retor - “ritor”- notiq ma’nolarini anglatgan. Avvallari “ritor” so‘zi
umuman notiqlarga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik notiqlik san’atiga
o‘rgatuvchi maxsus muallimlarni shu nom bilan ataganlar.
Ritorikaning vatani qadimgi Yunoniston hisoblanadi, chunki ritorika
nazariyasi bo‘yicha ishlar birinchi bor Elladada vujudga kelgan. Eramizdan oldingi
V asrlarga kelib, xalq majlislari va besh yuzlar kengashida so‘zini o‘tkaza olgan
kishilargina davlat arbobi darajasiga ko‘tariladigan bo‘lgani uchun notiqlik
asoslarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Ana shunday ijtimoiy ehtiyoj tufayli
tarixda sofistlar deb ataluvchi kishilar toifasi vujudga keldi. Sofistlar “donolar”
degan ma’noni anglatib, fozil faylasuflarni shunday atashgan. Bu davrda esa
sofistlar jahon madaniyati tarixida birinchi bor pul olib o‘qitgan professional
saviyadagi o‘qituvchilar bo‘lib, ular etika, ritorika, grammatika, tarix, siyosat,
mifologiya va kosmologiya kabi fanlardan dars bergan. Sofist-ritorlarning eng
asosiy vazifasi shogirdlarini fikrlash va so‘zlashga o‘rgatish bo‘lgan. Ular
yoshlarni professional ritor sifatida faoliyat olib bora olishlari uchun amaliy
mashg‘ulotlar tashkil qilganlar hamda notiqlik san’atining nazariy asoslarini ishlab
chiqib, ritorikani o‘qitish mazmuniga aniqlik kiritganlar. Sofistlar o‘rgatadigan
metod asosan 3 yo‘nalishni qamrab olgan:
1.
Ritorikaning umumiy qonunlarni nazariy va amaliy ishlab chiqish.
2.Siyosiy va sudbop matnlarni tuzish va uni talqin qilish uslublari. 3.Bahs
qoidalari.
Sofistlar notiqlik san’atiga inson o‘qish va mehnat qilish orqasida erishadi
deb hisoblaganlar. SHuning uchun avval fanlarni chuqur o‘rgatib, xotira
mashqlariga, nutq tuzishga va bahslashishga ko‘proq e’tiborni qaratganlar. Nutq
ishonchli bo‘lishi uchun maxsus leksikadan foydalanishni, gaplarni tuzganda,
ularning uyg‘unligiga, jarangdorligiga ahamiyat berish kerakligini uqtirishgan.
Tajribali notiqlar nutqini kuzatishgan, ularning yutuq va kamchiliklarini tahlil
qilishgan hamda hozirjavoblik bo‘yicha musobaqalar tashkil etishgan.
Antik ritorikaga Protagor, Prodik, Gorgiy, Korak va Aristotel kabi yirik
sofist–ritorlar katta hissa qo‘shdilar. Ularning asarlari bugungi kunda ham
dasturulamal bo‘lmoqda va sofistlar tomonidan kiritilgan terminologiya
qo‘llanilmoqda. U davrda ritorika “Barcha fanlarning malikasi” bo‘lgan. Ustoz-
ritor sifatida Protagor ham nazariy, ham amaliy jihatdan katta ishlarni amalga
oshirgan. U birinchi bo‘lib nutqni klassifikatsiya qilgan, ya’ni nutqni 4 guruhga
ajratib, ularning iltimos, savol, javob va buyruqlardan iborat ekanligini aytadi.
Protagor notiqlik san’atida fikrni grammatik jihatdan aniq ifoda etish (ortoepiya)
masalasiga alohida e’tibor bergan hamda notiqlik san’atini egallashda muhim bir
komponent darajasiga ko‘targan. Biroq Protagorning nima qilib bo‘lsa ham (hiyla
ishlatib), bahsda yutib chiqish maqsadida tuzilgan nutqlar haqidagi fikrlari sofistlar
maktabining kamchiliklaridan biri edi. Tarixdan ma’lumki, Protagorning o‘zi ham
ana shunday “Evatl sofizmi” ning qurboni bo‘ldi. Kunlardan bir kuni Protagorning
yoniga Evatl ismli yigitcha kelib, notiq bo‘lishni orzu qilishini, shuning uchun
unga notiqlik sirlarini o‘rgatishni iltimos qiladi. Ular o‘zaro shunday shartnoma
tuzadilar: Agar Evatl birinchi sud ishida yutib chiqsa, ustoziga o‘qish uchun 10
ming draxm to‘laydi. Yutqazsa, hech narsa to‘lamaydi.
Evatl o‘qishni tugatgandan keyin sud ishlarida qatnashmaydi va o‘qish uchun
pul ham to‘lamay yuraveradi. Sabr kosasi to‘lgan Protagor shogirdini sudga beradi.
Protagor shunday argumentni keltiradi: “Sudning har qanday qaroriga qaramasdan
Evatl o‘qish haqini to‘lashi shart. Ishni yutsa ham, yutqazsa ham. Agar yutib
chiqsa, shartnoma bo‘yicha to‘lashi, yutqazsa, sud qarori bo‘yicha to‘laydi”.
Evatl esa:”U holatda ham, bu holatda ham to‘lashga majbur emasman. Agar
ishni yutib chiqsam, sud qarori bo‘yicha, yutqazsam, shartnoma bo‘yicha
to‘lamasligim kerak”deydi.
Tisiy, Koraklarning qo‘llanmalarida ham qanday qilib bo‘lmasin, o‘zini oqlab
ketish yo‘llari o‘rgatilgan. Buning uchun kim haqu kim nohaqligining farqi
bo‘lmagan, ishqilib notiq o‘z so‘ziga ishontirsa bo‘ldi. Masalan, bir nimjon kishini
baquvvat kishi ursa, nimjon kishi “mana meni urdi, mana izlari” deb ishontirishi
mumkin. Baquvvat kishi esa “nahotki men urgan bo‘lsam, ursam o‘ldirib qo‘ygan
bo‘lardim-ku, bu nimjonni” deb ishontirishi mumkin bo‘lgan.
Sofistlarning mana shunday fikrlarini Suqrot qattiq tanqid qiladi. Suqrot
barcha narsalarning mezonini haqiqat deb belgilaydi. Suqrot o‘z shogirdlarini
fikrlash, dalillar keltirish, gapirishga o‘rgatgan. Suqrot suhbatlarni shunday
uyushtirish kerakki, oxirida haqiqat yuzaga chiqsin deydi. Ushbu fikrlarni
Suqrotning shogirdi Platon yanada rivojlantirib, notiqlik san’ati haqiqatga
asoslanishi va odamlarni ishontira olish san’ati bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Platonning yanada qimmatli bo‘lgan fikrlaridan biri bu nutqning inson qalbiga
ta’sir qilishi g‘oyasidir. Uningcha, tinglovchilar har xil bo‘ladi, shuning uchun
nutqni kishilarning bilim saviyasini, darajalarini hisobga olgan holda tuzilishini
qayd qiladi. Platon ham ustozi Suqrot kabi haqiqiy notiqlik san’ati haqiqatga
asoslanishi kerak deb hisoblaydi. Narsalarning asl mohiyatini bilgan notiq inson
tabiatini anglaydi va tinglovchilarga o‘z fikrini o‘tkaza oladi. Platonning notiqlik
haqidagi fikrlari uning shogirdi Aristotel tomonidan rivojlantirildi. Aristotel
ustozining akademiyasida 20 yil tahsil oldi. Umrining oxirgi yillarida Aristotel
Likey nomli maktabni tashkil qildi. U erda ertalab falsafa, tushdan keyin ritorika
bilan shug‘ullanishgan. Aristotelning ritorika nazariyasi haqidagi qarashlari bizga
335 yilda yozilgan “Ritorika” nomli asari orqali etib kelgan. Bu asar uch kitobdan
iborat bo‘lgan:
1.
Nutq xizmat qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar tahlili.
2.
Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat.
3.
Notiq nutqida qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usullari.
Asarning
birinchi
kitobida
ishontirishning
turli
usullarini
topish
xususiyatlarini aniqlash lozimligi ta’kidlab o‘tiladi. Bularning 3 turi mavjudligi,
birinchisi, so‘zlovchining xarakteriga, ikkinchisi, tinglovchining kayfiyatiga,
uchinchisi, nutqiga bog‘liq bo‘ladi. Xullas, olim 1-kitobida so‘zlash to‘g‘risidagi
nazariy fikrlarini bayon qiladi.
2-kitobda notiq donolik, o‘ziga xayrixoh va moyillik uyg‘ota oluvchi
xislatlarga ega bo‘lsa, tinglovchilarni ishontira oladi, lekin bularning barchasi faqat
haqiqatga asoslanishi lozim deb hisoblaydi. Notiq tinglovchilarning yoshi, ijtimoiy
ahvoli kabilarga doimo e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi.
2-
kitob ishontirish uslublari haqidagi nazariy fikr va mulohazalardan
iborat.
3-
kitobda nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Nutq uslubini
to‘g‘ri tanlash, ya’ni har bir predmetga mos uslubni qo‘llash, barcha uchun
tushunarli bo‘lgan so‘z va so‘z birikmalarini tanlash, sun’iylikka yo‘l qo‘ymaslik,
nutq musiqiyligi va yuksakligiga katta e’tibor qaratilgan. Masalan, muhim voqealar
engil-elpi, hazil-huzul bilan bayon qilinmaganidek, maqtov nutqlari jiddiy bayon
qilinmasligini qayd etadi.
Shunday qilib, Aristotel o‘z asarida nafaqat notiqlik san’ati nazariyasi, balki
ishontirish san’ati va nutq orqali kishilarga ta’sir etish usullarini ham bayon etdi.
Antik ritorikaning notiqlik san’ati asoslariga bo‘lgan talablari tizimi
quyidagilardan iborat bo‘lgan: Notiqlik san’atining 3 turi farqlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |