Instrumental xatolik – takomillashmagan o‘lchash vositalari, tayyorlanish texnologiyasining kamchiligi, asbobning ba’zi bir qismlarining emirilishi va eskirishi, o‘lchash vositalariga tashqi omillar ta’siri, o‘lchash vositalarining noto‘g‘ri qurilmasi va boshqa omillar natijasida kelib chiqadi.
Uslubiy xatolik – qo‘llaniladigan o‘lchash uslublarining mos kelmasligi va keltirilgan xatoliklari natijasida kelib chiqadi.
Sub’ektiv xatolik - o‘lchash asboblarida ishlovchi operator tomonidan kelib chiqadi.
O‘lchashdagi xatolik sistematik va tasodifiy xatoliklarning o‘zaro yig‘indisidan kelib chiqadi.
O‘lchash asboblaridagi xatolik – asbobning ko‘rsatishi va o‘lchanayotgan o‘lchovning farqlanishidagi haqiqiy qiymatdir. Asbob-uskunalar yordamida bir qancha xatoliklar kelib chiqadi. Xatolikning kelib chiqish sabablaridan biri, sharoit, asbob-uskunaning noto‘g‘ri qurilmasi bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, namunalarni sinash vaqtida GOST 10681-75 standartiga binoan namunalar belgilangan sun’iy iqlim sharoitida saqlanmagan bo‘lsa, olingan natijalar xatolik bilan hosil bo‘ladi. SHu bilan birgalikda shamol, stolning tebranishi va elektromagnit to‘lqinlar ta’siri natijasida ham xatolik kelib chiqadi.
3.Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi va ishonchliligi.
Variatsiya – ma’lum sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganida o‘lchash diapazonining berilgan nuqtasida kattalik qiymatini orttirib yoki kamaytirib o‘lchashdagi o‘lchash vositasi ko‘rsatishlari orasidagi farq.
H = |Xort – Xkam| ;
O‘lchash vositasi ko‘rsatishlarining variatsiyasi tasodifiy faktorlar ta’sirida yuzaga kelsa ham o‘zi tasodifiy kattalik emas.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi - o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir (9-rasm) va u quyidagicha aniqlanadi:
= (A0'-A0")/Axmax*100 %,
9-rasm O‘lchash asboblari (shkalali) ko‘rsatkichlari
O‘lchash asboblari qaysi tizimga taaluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, asbob qo‘zg‘aluvchan qismining xarakatlanishi elektromagnit maydon energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq.
O‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bo‘lib, asbob ko‘rsatkichini ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib,
u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
M=dWe /d,
bu erda We - elektromagnit maydon energiyasi, - asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi.
Aylantiruvchi momentni o‘lchanadigan kattalik va asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi funksiyasi deb qarash mumkin. O‘lchash asbobining qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bo‘lmaganda edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Aks ta’sir etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment Mα aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=Mα) qo‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment tasiridan buriladi. Ko‘p elektr o‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta’sir etuvchi moment qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni Mα=-W·α, bu erda W tortqi yoki prujinaning materiali va uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik, bu α burchagining birligiga (1° yoki 1 radianga) mos keluvchi moment bo‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |