Raqamli o‘lchash asboblar – bu ham o‘lchash asboblari bo‘lib, o‘lchash ma’lumotlarining diskret signallarini ma’lum bir raqamli shaklda ishlab chiqadi.
O‘lchash ma’lumotlari ko‘rsatuvchi va qayd etuvchi o‘lchash asboblariga bo‘linadi. O‘lchash asboblari joriy qiymatli asboblarga ham bo‘linadi.
Raqamli o‘lchash asboblari analog o‘lchash asboblariga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadir:
yuqori aniqlik;
keng ish diapazoni;
tezkorlik;
o‘lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi;
avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi;
o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar.
Lekin, har to‘kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o‘lchash asboblarining ham muayyan kamchiliklari mavjud:
murakkabligi;
tannarxining balandligi;
nisbatan ishonchliligi pastroq.
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar tobora chekinib bormoqda.
O‘lchash qurilmasi - o‘lchash vositalari va qo‘shimcha qurilmalarining jami bo‘lib, bir yoki bir qancha o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlaydi va kuzatuvchiga qulay bo‘lishi uchun ma’lum bir shakl asosida ishlab chiqaradi. Masalan, suyuqlik yoki gazning miqdori va sarflanishini o‘lchash uchun kompleks o‘lchash qurilmalari.
O‘lchash tizimi - o‘lchash vositalari va qo‘shimcha qurilmalar, hisoblach texnikalarining jami bo‘lib, bir yoki bir qancha o‘lchash ma’lumotlarini avtomatik qayta ishlaydi, ma’lum bir shakl asosida uzatadi yoki boshqarishning avtomatik tizimini qo‘llaydi. Bunday tizim butun korxonaning texnologik zanjiri bo‘yicha yoki murakkab ob’ektlardagi turli xil ko‘rsatkishlarning nazorati uchun qo‘llaniladi. Tizim yuzdan ortiq o‘lchash kanallariga ega bo‘lishi mumkin, lekin ular orasidagi masofa yuz va undan ko‘p kilometr bo‘lishi mumkin.
O‘lchash qurilmalari va tizimlari o‘lchash vositalarining turidan qat’iy nazar alohida, mustaqil ko‘rib chiqiladi va ularning tarkibiga boshqa o‘lchash vositalari kiradi. O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatida nofaqat o‘lchash vositalaridan chiqadigan ko‘rsatkichlar, balki qo‘shimcha qurilmadan chiqayotgan ko‘rsatkichlar ham tushuniladi.
Metrologik qo‘llanilishi bo‘yicha o‘lchash vositalari etalonlar, namunaviy va ishni o‘lchash vositalariga bo‘linadi.
Etalon - o‘lchov birliklarini saqlashdagi o‘lchov vositalari bo‘lib, boshqa o‘lchov vositalariga uzatadi. Etalonlar yuqori aniqlikdagi qurilmalarni o‘zida mujassam etib, o‘lchov birliklarini ta’minlash bo‘yicha ishning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |