2.“O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanning
maqsad va vazifalari.
Zamonaviy mashina-mexanizmlarda, shu jumladan o‘lchash asboblari konstruksiyalaridagi detallarni tayyorlashda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish sistemalarini joriy etish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish, mexnat sharoitini yaxshilash va atrof muhitni muhofaza qilish uchun xizmat kiladigan asosiy omil hisoblanadi.
Bugungi kunda mashina-mexanizmlar va o‘lchash asboblarining konstruksiyasi murakkablashgani va ularning texnik, energetik, ergonomik, ekologik va boshqa tavsiflariga talab kuchaygani uchun, ularni konstruksiyalash va loyihalashga ketadigan vaqt va moddiy xarajat oshadi. Loyihalashni yuqori sifatini va shu bilan birga uni tezlanishini faqat konstruksiyalash va loyihalashning zamonaviy usullarini tadbiq etish yo‘li bilan avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimini tashkil qiladigan zamonaviy xisoblash mashinalari yordamida ta’minlash mumkin.
Zamonaviy o‘lchash texnikasini rivojlanish tendensiyasi aniqlikka, sezgirlikka, o‘lchash diapazoniga, narxi va tayyorlash texnologiyasiga qo‘yilgan talabni oshirish bilan xarakterlanadi. Zamonaviy o‘lchash texnikasi zamonaviy element bazasining asosiy tavsiflarini tahlili uchun murakkabroq matematik modellarni, struktura va parametr bo‘yicha optimal konstruksiyalarni tanlashni yanada takomillashgan usullarini talab qiladi.
Demak, mazkur fan bo‘yicha qurilma va asboblarni konstruksiyalash jarayonini, qurilma va asboblarga qo‘yiladigan talablarni tizimlashtirishni, yangi texnik echimlarni qidirish usullarini, qurilma
va asboblar tuzilishining fizik prinsiplarini qidirishni, fizik-texnik effektlar pasportini tuzishni, o‘lchash qurilmalarining matematik modelini ishlab chiqishni, o‘lchash qurilmasining parametri va strukturasini tanlashni, avtomatik loyihalash tizimi (ALT)ni matematik, texnik, dastur va axborot ta’minotlari xaqida tasavvurga ega bo‘lishni o‘rganishdir.
SHuningdek, bo‘lajak muhandislarda umumtexnikaviy standartlarni qo‘llay olish talablariga rioya qilishni, mashinasozlik mahsulotlarini, shu jumladan zamonaviy o‘lchash asboblarini tayyorlashda, ishlatishda va ta’mirlashda aniq hisob-kitoblarni bajarish va ularning konstruksiyalari aniqligini ta’minlash ko‘nikmasini xosil qilishdir.
Zamonaviy o‘lchash asboblariini, hamda ularga taalluqli bo‘lgan mexanizmlarni konstruksiyalash malakali konstruktorlar, texnologlar, stanokchi-ishchilar, yig‘uvchilar va rostlovchilar faoliyatida o‘tadigan jarayonning (ixcham) holatiga qiyoslash mumkin. CHunki ishlab chiqarish sharoitlarida yangi o‘lchash asboblarini yaratish va konstruksiyalash jarayoni qo‘yidagi jihatlarni tashkil qiladi:
- texnik maqsadning (o‘lchash asboblari konstruksiyasini yasash fikrining) vujudga kelishi;
- o‘ylangan texnik maqsadga texnik talablar qo‘yish;
- konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muxokama qilish;
- texnologik jarayonni ishlab chiqish hamda kerakli materiallar
va asboblarni tanlash;
- mo‘ljallangan o‘lchash asbobi detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni asbobga yig‘ish, o‘lchash asbobini ishlatib, sinash va uni rostlash.
Mana shular ta’lim mobaynida yangi o‘lchash asboblarini yaratishning asosiy prinsiplari bilan nazariy jihatdan ham, amalda ham mufassalroq tanishish imkonini beradi.
Zamonaviy o‘lchash texnikasining namunalarini aks ettiradigan texnik ko‘rinishni ko‘pi birorta maqsadga mo‘ljallangan o‘lchashlarda foydalanadigan texnik konstruksiyasini biroz o‘zgartirish va boshqa maqsadlarga moslashtirish orqali mazkur o‘lchash asbobini takomillashtirishdan iborat bo‘lib, talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ushbu o‘lchov asbobiga tegishli konstruktiv va texnologik echimlarni taklif qilishi va bunda ular taklif etgan barcha konstruksiyalar muhokama qilingandan keyingina qat’iy yangi variantini tanlash imkoni bo‘ladi. Talabalar o‘lchash asboblarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishda qatnashib, turli mexanizmlarni va ularning ishlash prinsiplarini chuqurroq o‘rganishlari mumkin. Bu esa ularni fan va texnika yutuqlarini muntazam kuzatishga, fizika va mexanika qonunlarini va boshqa fanlarga oid o‘quv materiallarini kengroq o‘rganishga rag‘batlantirib, ularning o‘zlashtirishiga va texnik tafakkuri rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
YAngi o‘lchash asboblarini yasash va sinash jarayonida asbob konstruksiyasini o‘zgartirishga, texnik xarakteristikasini yaxshilashga, ishchanligini oshirish masalalariga va boshqa vazifalarini bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlar konstruksiyalash jarayonida yangi vazifalarni qo‘yadi. Ma’lumki xaqiqiy mashinalar singari o‘lchash asboblaridagi detallar konstruksiyalari umumiylikka ega bo‘lib, bu umumiylik detallar uzellar va mexanizmlarni tayyorlash va yig‘ishdagina emas, balki ularning konstruksiyalarida ham mavjuddir. Har xil o‘lchash asboblari konstruksiyalarida bir tipdagi detallar va xatto. uzellarning ana shu har bir gruppalarga ajratish imkonini beradi. Detallar yoki uzellarning ana shu har bir gruppasi uchun ishlov berish va yig‘ishning tipovoy texnologiyasini tuzish mumkin. Bu esa har bir detal uchun texnologik jarayonlarni tuzishdan qutilishga va shu bilan texnologiyaning grafik hamda tavsiflash qismini keskin qisqartirishga imkoniyatini yaratadi.
O‘lchash asboblarini konstruksiyalash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribasidagi qator murakkab vazifalarni qo‘yidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi:
CHizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detalllar konstruksiyasini tushuntirish.
Xisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgarishlarni chizmaga kiritish va kinematik (prinsipial) sxema tuzish.
Detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash.
Detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylariga ko‘ra konstruksiyalash.
Konstruksiyada etishmaydigan detallar va uzellarni loyihalash.
Kinematik va prinsipial sxemalar bo‘yicha detallarni konstruksiyalash.
Texnik talablar, shuningdek, topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash.
Detallarni uzellarga, uzellarni mexanizmga yig‘ish va mexanizmni ishda sinab ko‘rish.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mexanizmni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
Mazkur fanni o‘rganish jarayonida talaba o‘zaroalmashuvchanlikning
va texnikaviy o‘lchashlarning asosiy muammolarini, konstruktorlik hujjatlarida aniqlik darajalarini belgilash qoidalarini bilish imkoniyatini beradi. SHuningdek, o‘lchash asboblari konstruksiyalaridagi detallarining umumiy birikmalarini hisoblash usullarini va standart o‘tqazishlarni tanlashni, YAQO‘T (yagona qo‘yim va o‘tqazishlar tizimi) jadvallaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |