Huquqiy tarbiya -
bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va
ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish
orqali singdirib borish jarayoni.
Huquqiy tarbiya vositalariga:
huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim,
yuridik
amaliyot, o’zini o’zi tarbiyalashlar kiradi.
Huquqiy dunyoqarash -
bu jamiyatda kishilar tomonidan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishda bosh rolni huquq bajaradi deb tan olinishi.
Huquqiy nigilizm –
bunda (lot. “nihil”-“hech narsa”) huquq sub’ekt(lar)ining
amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga hurmatsizlik munosabatida
bo’lishi yoki inkor qilishi tushuniladi.
Huquqiy nigilizm quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:
-
nazariy shakli
(olimlar, mutafakkirlar, siyosatshunoslar tomonidan muayyan
manbalarda huquqni inkor qilinishi);
-
amaliy shakli
(faol va sust (passiv)).
Faol huquqiy nigilizm
- ijtimoiy munosabatlarda huquqni ochiqdan ochiq inkor
qilish;
Sust huquqiy nigilizm
-
jamiyatdagi kishilar
tomonidan amaldagi huquq
normalarini mensimaslik.
2-mavzu. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda Sharq mutafakkirlarining
Do'stlaringiz bilan baham: