1. "Jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali singdirib borish jarayoni" qaysi tushuncha ?
a) huquqiy tarbiya
b) huquqiy dunyoqarash
c) tarbiya
d) huquqiy nigilizm
2. Tadqiqot jarayonida O’zbekiston hududida huquqiy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishini nechta davrga bo'lib o'rganiladi ?
a) 4 ta
b) 5 ta
c) 3 ta
d) 6 ta
3. O’zbekiston hududida huquqiy ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanishi ikkinchi bosqichi qaysi davrlarni o'z ichiga oladi ?
a) milodiy 7-asrdan 19-asr oxirlarigacha
b) m.a 6-5-asrdan milodiy 7-asrgacha
c) 20-asr boshlaridan 20-asr oxirlarigacha
d) O’zbekistonning mustaqillik davri
4. "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dastur" qachon qabul qilingan ?
a) 1997-yil
b) 1996-yil
c) 1995-yil
d) 1998-yil
5. Umumiy o‘rta ta’limda huquq fanlarini o‘rganish nechta bosqichda amalga oshiriladi ?
a) 4 ta
b) 5 ta
C) 3 ta
d) 6 ta
6. "Kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishi" qaysi tushunchani bildiradi ?
a) Huquqiy madaniyat
b) Huquqiy tarbiya
c) Huquqiy nigilizm
d) Huquqiy dunyoqarash
7. "Jamiyatdagi huquqiy hodisalarga va huquqqa nisbatan kishilarning munosabatlarini ifoda etuvchi (bildiruvchi) karashlar, tuyg’ular, mulohazalar va tasavvurning yig’indisidir" qaysi tushunchani anglatadi ?
a ) Huquqiy ong
b) Huquqiy madaniyat
c) Huquqiy dunyoqarash
d) Huquqiy tarbiya
8. "Tarbiya biz uchun yo hayot– yo momot, yo najot– yo halokat, yo saodat– yo falokat masalasidir" jumlasi kimga tegishli ?
a) A.Avloniy
b) Cho'lpon
c) A.Fitrat
d) M.Behbudiy
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi qachon qabul qilingan ?
a )2001-yil 4-yanvard
b) 2004-yil 1-iyul
c) 2008-yil 13-oktyabr
d) 2000-yil 21-sentyabr
10. Huquqiy ta’lim – bu ?
a) huquqiy bilimlarni egallash, huquqiy ko’nikma va malakani shakllantirish
b) yoshlarning olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish
c) o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabat, bilim berish, bilim olish, o’rgatish-o’rganish maylida kechadigan munosabatlar tizimi
d) predmet va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur bo’lib, huquqiy onglilik, insonning bilim va tasavvurlari darajasi
Do'stlaringiz bilan baham: |