Mavzu:O`rta asrlarda Sharq mamlakatlari davlati va huquqi REJA: I.Kirish II.Asosiy qism: b)Arab xalifaligining tashkil topishi c)Yaponiya davlati va huquqi III.Xulosa
Kirish
O`rta asrlarda Xitoy aholisi 3 ta ijtimoiy guruhga :1)oliyjanob kishilar; 2)rahmdil, yaxshi kishilar;3)past tabaqadan kelib chiqqan kishilarga bo`lingan.
Birinchi toifadagi kishilar guruhuni imtiyozli, oliyjanob shaxslar –dunyoviy va diniy aslzodalar , harbiy va fuqarolik mansabdor shaxlar tashkil etgan.Ular mehnat majburiyatlaridan va tan jazolaridan, ba`zilari esa soliqlar to`lashdan ham ozod etilgan edi.Bu tabaqa egalari eng yirik yer egalari edi.
O`qimishli tabaqaviy guruh –shenshi qudratli konservativ kuch, markaziy hokimiyatning tayanchi, soliq to`lovchi dehqonlarni an`anaviy eksplutatsiya qilib qoluvchi bo`lib qoladi. Shenshi ikki toifaga bo`lingan. Birinchi toifaga bevosita hokimiyatga aloqasi bo`lgan va son jihatdan nisbatan kamchilikni tashkil etgan shaxslar qatlami-hukmdorning yaqinlari, katta amaldorlari kirgan. Ikkinchi toifaga birinchi tabaqaga nomzod bo`lgan va konfutsiylik ta`limini olgan, lekin mansabga ega bo`lmagan juda ko`p o`qimishli kishilar kirgan. Ular to`g`ridan-to`g`ri davlat vakolatlariga ega emasdilar, lekin joylarda, jamoa boshqaruvida juda katta rol o`ynaganlar.
Ikkinchi imtiyoz tabaqa vakillarini oddiy xalq, mayda kishilar tashkil etgan. Bular asosan dehqonlar va hunarmandlar bo`lib , barcha soliqlarni to`lash va majburiyatlarni ado etish shularning zimmasida bo`lgan.
Xitoy davlati va huquqi
Davlat tepasida imperator turgan. Butun oliy qonun chiqarish va sud hokimiyati imperotor qo`lida to`plangan edi. Taxt imperatorning katta o`g`liga meros bo`lib o`tardi. Imperatorning boshqa o`g`illariga knyazliklar-udellar berilgan.Imperator huzurida ancha taniqli kishilardan iborat Davlat kengashi mavjud edi.Boshqaruvning barcha jilovlari davlatda oliy mansabdor shaxslar- imperatorning chap va o`ng qo`l vazirining qo`lida edi.Ularning har biri o`sha vaqtdagi 6 ta :1)martabalar (mansabdorlar, xizmatlar) bo`yicha ; 2)marosimlar bo`yicha ; 3)soliqlar (daromadlar) bo`yicha; 4)harbiy ishlar bo`yicha ; 5)sud ishlari bo`yicha; 6)ijtimoiy ishlar bo`yicha mahkamalardan uchtasini yuritardi.
Minlar sulolasi davrida oltita markaziy mahkamaning faoliyati dastlab ikkita maslahatchi va birinchi darajali chinovniklar boshchiligida katta kotibiyat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan.Kotibiyat 1380-yilgacha faoliyat ko`rsatgan.Hokimiyatni bosh maslahatchi qo`lida turishi xavfini oldini olish maqsadida imperator uning barcha vazifalarini bevosita o`z qo`liga olgan edi. Markazda ham , provinsiyalarda ham turli toifadagi senzo`rlik, nazorat organlari ma`muriyatidan mustaqil mavqega ega edi. Senzoratga ikkita bosh senzor –birinchi darajali mansabdorlar boshchilik qilgan. Uning apparatiga 100 ga yaqin nazorat qiluvchi senzorlar kirardi va ular provinsiyalar bo`yicha guruhlarga bo`lingan edi.
Tan imperiyasi 10ta provinsiyaga , provinsiyalar esa viloyatlar va uezdlarga bo`lingan. Provinsiyalarda boshqaruv organlarning ma`muriy, harbiy va nazorat-tekshiruvdan iborat uchlik tizimi mavjud edi. Ularning tepasida markazning vakillari, oliy darajali mansabdorlar turardi.
O`rta asrlarda xitoyda ko`p sonli huquqiy yodgorliklar, sulolarning kodekslari huquqning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Ularda asosan jinoiy-huquqiy normalar, tabaqaviy-darajaviy farqlar, aholining soliq majburiyatlari va hakoza masalalar o`z ifodasini topgan.
Sulolaviy qonunlar to`plamlarining o`zak normalarini sulolaning asoschilari yaratgan edi. Sulolaning vorislari esa bu o`zak normalarni takomillashtirib borib, o`z qonun hujjatlari bilan kengaytirganlar, to`ldirganlar.Xandan boshlab qonunlar to`plamlari an`anaviy huquqiy normalar- luyning barqaror o`zagini o`zgarishsiz mustahkam asosda tuzilgan. Lyuy Li bilan to`ldirib borilgan. Asta sekin luy va lin o`rtasida huquqiy tartibga solish sohasi bo`yicha ajralish yuz bergan. Luy jinoiy qonunlarni, lin-ma`muriy qarorlar va boshqalarni o`z ichiga olgan. Bizgacha yetib kelgan birinchi qonunlar to`plami-XVII asrdagi Tan sulolasi kodeksi-Tan luy shui hisoblanadi. Bu qonunlar to`plamida qonunlarning to`rtta turkumi:luy-jinoyat qonunlari; lin-ma`muriy qonunlar;ko-jinoyat va ma`muriy qonunlarga qo`shimcha ; shi-qonunlarni qo`llash haqidagi qoidalar o`rnatiladi.
XI asr oxirida Xitoyda qonunlarni qayta ko`rib chiqish va tasniflashtirish bo`yicha maxsus byuro tuziladi. U, jumladan, 900 ta moddadan iborat qonunlar to`plamini tayyorlaydi.XIV asrning oxirida Min sulolasi qonunlar to`plami dunyoga keldi. U oldingi kodeksning ko`p qoidalarini xuddi o`zidek takrorlagan.
Xitoy qonunlari qator qonunlarida ayb shakllari:qasd va ehtiyotsizlikni hisobga olardi, lekin har doim ham emas. Tan kodeksida hali zaruriy mudofaa instituti ishlab chiqilmagan.Huquqda aybni yengillashtiruvchi holatlar ham nazarda tutilgan.Tan kodeksi bo`yicha, odatda, uchta toifadagi shaxlar:qarilar va kichiklar, shuningdek nogironlarning qilgan jinoyatlari uchun jazo yumshatilishi mumkin edi. Biroq, ko`pincha jinoyatchining bolalari qullikka sotilardi.Ayollar qatl etilishi mumkin edi, lekin surgun qilinmasdi. Homilador ayolni qatl etish bolasi tug`ilgandan 100 kun o`tib qatl etilishi lozim edi.
Xitoy an`anaviy huquqda konfutsiylik ta`limoti nuqtai nazaridan jinoyatlarni ularning ijtimoiy xavfliligiga qarab tasniflashtirish juda qadimgi davrlardayoq vujudga kelgan. Va bu asrlar mobaynida yashab kelayotgan “O`nta yovuzlik “ konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan. O`nta yovuzlikka kirgan jinoyatlar kechirilmagan.
Jazolar asosiy, qo`shimcha va o`zgartiriladiganga bo`lingan. Asosiy jazolarga katorga qilish, tayoq va qamchi bilan savalash, surgun qilish hamda o`lim jazolari kirgan; boshqa jazolarga tamg`alash, barmoq yoki qo`lini kesish, axta qilish, avlodini qirish kabilar kirgan. Tan kodeksi ming yillar mobaynida jazolarning beshta asosiy tizimini tartibga solib turgan. Ular 1) ingichka kaltak bilan urish, 2)yo`g`on tayoq bilan urish;3)katorga ishlari;4)surgun;5)o`lim jazosi (ikki shaklda:boshni kesish va osib o`ldirish)dan iborat. 623-yilda qo`shimcha katorga ishlari bilan birga surgun qilish jazosi joriy qilingan.Buni o`lim jazosiga almashtirish mumkin edi.X-XI asrlarda o`lim jazosiga jinoyatchining murdasini bo`laklarga bo`lish jazosi joriy qilingan.
Xitoyda birgalikdagi javobgarlik prinsipi mavjud bo`lgan. Birgalikdagi javobgarlikka faqat qarindoshlik va xizmat aloqalari bilan bog`langan shaxslargina emas, balki hududiy, ma`muriy jihatdan bog`liq shaxslar (qo`shnilar , mahalliy hokimiyatlar) ham tortilar edi.U faqat o`lim jazosini emas, boshqa jazolarni ham o`z ichiga ola boshladi.
Xitoy fuqarolik huquqida mulk huquqi asosiy o`rin tutadi.Xitoy huquqi yer osti va yer usti boyliklariga egalik qilishni juda erta farqlagan.Mulk ko`char va ko`chmas mulkka bo`lingan.
Xitoyning odat huquqida , xuddi Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlarning odat huquqidek, qarz uchun olinadigan foizlarning miqdori qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas, degan prinsip o`rnatilgan.
Xitoyda nikoh-oila huquining diniy an`analar bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. Ota oila a`zolari ustidan, er xotin ustidan hukmron edi. Boshqa-boshqa tabaqalarning vakillari o`rtasidagi nikohlar qattiq qoralangan va hatto qator hollarda qonun bo`yicha ta`qib qilingan. Nikoh qurish har bir insonning burchi hisoblangan. Nikoh qurishdan maqsad erdan nasl qoldirish hisoblangan.Nikoh kelin va kuyovning oialsining kelishuvi bo`lib, bunda nikohga kiruvchilarning roziligi so`ralmagan, lekin otalarning roziligi bo`lishi kerak edi. Nikohga kirish yoshi kodekslarda ko`rsatilgan. Qoida bo`yicha bu erkaklar uchun 15-16 yosh atrofida belgilangan. Ba`zan 20 yosh belgilangan. Ayollar uchun 13-14 yosh atrofida belgilangan. Hali tug`ilmagan bolalarni unashtirish odati tarqalgan edi.
Arab xalifaligi va islom huquqi
Do'stlaringiz bilan baham: |