Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida ilm va fanning turli sohalari bo’yicha
(tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix va h.k.) maktablar mavjud bo’lgan. SHu
maktablar qatorida huquqiy ta’limni rivojlantirishga
asoslangan, huquqiy bilimlar
tizimini tashkil etgan fiqh maktablari ham bo’lgan. Taniqli huquqshunos olim
Z.Muqimov fiqh maktabida VIII-XIII asrlarda o’qish jarayonini to’rt
bosqichga
bo’ladi: 1) quyi yoki boshlang’ich ta’lim olish; 2) o’rta ma’lumot olish; 3) Buxoro
shahridagi alohida madrasada ta’lim olish; 4) islom dunyosining yetuk markazlari
va madrasalarida (Bag’dod, Qohira va h.q) ta’lim olish. Bu o’quv muassasalarini
tugatganlar yuqori diniy va davlat mansablariga tayinlanganlar
8
.
Bu davrda maktab va madrasalarda ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga ish
yuritish,
huquqshunoslikka, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va taqsimot kabi
ta’limiy bilimlar ham o’rgatilgan.
XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha
yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Mirsaid SHarif Jurjoniy, Sohibqiron Amir
Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiy kabi buyuk allomalar, mutafakkiru
ulamolar ma’rifiy ta’lim-tarbiya asoslarini yaratib berdilar. Masalan, buyuk
bobokalonimiz Amir Temur davlatni boshqarish va uni idora qilish, haqiqatgo’ylik
va adolat haqida ta’lim berganlar. Bunga oid qoidalar “Temur tuzuklari”da bayon
etilgan
9
.
Amir Temur fikricha, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish, davlat
ishlarini adolatli boshqarish uchun vazir saylash kerak.
O’zbekiston hududidagi xonlik va amirliklar davrida ta’lim-tarbiya, jumladan,
huquqiy ta’lim rivojlangan. Xususan, So’fi Olloyor fiqhga oid asarlar yaratgan.
Unda islom dinining asosiy qoidalari ifoda etilgan. O’zbek bolalari o’qiydigan
maktablarda talabalarning savodi chiqarilgandan so’ng So’fi Olloyor kitobi
o’qitilgan.
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilgan:
1)
quyi maktab – bu maktablarda 4 yil savod o’rganishgan;
2)
halimxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan;
3)
qorixona – Qur’oni Karim yod olingan;
4)
maktab-internat – o’rta madrasa bo’lib, o’rta ma’lumot berilgan;
5)
oliy maktab – oliy
madrasa hisoblangan
10
.
Jumladan, umumbashariy tsivilizatsiya rivojidagi o’rni va ahamiyati jihatidan
Uyg’onish davrining yorqin namunasi sifatida tarixda zarhal sahifalarni tashkil etgan
Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati ham ushbu davrga xosdir. Bu ilmiy
maskanda SHarq va G’arb o’lkalaridan kelgan, turli millat va dinga mansub bo’lgan
olimlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsa-da, uning negizini Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon
Beruniy va Ibn Sino, Mahmud Xo’jandiy, Ahmad
ibn Hamid Naysaburiy kabi
bizning mintaqamizda tug’ilib, kamol topgan yetuk allomalar tashkil etgani va
fiqhshunoslik ilmiga ham katta hissa qo’shgani barchamiz uchun iftixor
bag’ishlaydi
11
.
Do'stlaringiz bilan baham: