Chirchiq davlat pedagogika instituti. Mavzu: Fuqaro, fuqoroviylik va faol fuqoroviylik pozitsiyasi. Reja 1.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari. 2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari. 3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni. 1.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari. Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |