Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang vazifalarni bajaradi. Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Kishilar shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar borasida o‘z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, me’yorlarini turli ko‘rinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari namoyon bo‘ladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |