1-Mavzu. Harakatli o`yin va milliy o`yinlarning paydo bo`lishi. Reja: Harkatli no`yinlarning paydo bo`lishi 2


-mavzu. Shug`ullanuvchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalovchi harakatli o`yinlarini tashkil qilish metodikasi



Download 8,8 Mb.
bet4/72
Sana20.09.2021
Hajmi8,8 Mb.
#180374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Harakatli o`yinlar ma`ruza matn

4-mavzu. Shug`ullanuvchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalovchi harakatli o`yinlarini tashkil qilish metodikasi.

Reja:

1. Jismoniy sifatlarini tarbiyalovchi harakatli o`yinlar.

2. Shug`ullanuvchilarning kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini tarbiyalash.

3. Harakatli o`yinlarni tashkil qilish metodikasi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o'yinlarning ahamiyati juda katta: tezlik, epchillik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik shu bilan birga, harakatli o'yinlarda jismoniy sifat kompleks ravishda rivojlanadi.

Ko'pchilik harakatli o'yinlarda o'yin qatnashchilaridan tezlikni (tez qochib ketish, quvlab yetish, tovush, ko'rish signaliga bir onda javob berish) talab qiladi.

O'yinda doimiy ravishda o'zgarib turadigan vaziyat o'yin qatnash­chilaridan bir harakatdan boshqa harakatga tezda o'tishni talab qiladi va epchillikni tarbiyalashga yordam beradi. Tezkor-kuch yo'nalishdagi o'yinlar kuchni tarbiyalaydi.

Zo'r g'ayrat bilan qilingan harakat, ko'proq kuch va energiyani sarf qilish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar chidamlilikni rivojlantiradi.

Harakat yo'nalishini tez-tez o'zgartirish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Bolani ma'naviy tarbiyalashda harakatli o'yinlar juda katta ahamiyatga egadir. Harakatli o'yinlar jamoa xarakteridagi deb nomlanadi,shu bilan birga bolalarni jamoa faoliyatiga o'rgatadi. O'yin bolalarda o'rtoqlik hissini, bir-birini qo'llashni va do'stlarni bir-birlarining harakatlariga javobgarlikni rivojlantiradi. Bola jamoa o'yinida qat-nashib, jamoa manfaatini ko'zlab o'zlarining qiziqishlari bilan fido qiladilar: yaxshi holatda turgan o'rtog'iga to'pni in'om qilish, «asir»ga tushirgan o'rtog'ini qutqarishga harakat qilish va shunga o'xshash. O'yin asta-sekin bir-birining harakatini qo'llashni va do'stlik tuyg'u-sini tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya bolalaridan to kichik maktab yoshidagi bolalargacha bo'lgan o'yinda faqat o'zlarining harakatlarini o'rtoqlarining harakatlari bilan o'zaro moslashishini talab qiladi. O'yinda keyinchalik bir-birlarini qo'llash, o'rtog'iga yordam berish namoyon bo'ladi va nihoyat oxirida o'z jamoalari, jamoa shakllanadi.

O'yinda o'ziga xos bo'lgan harakat bitta o'yinchi boshqasiga, bir jamoa boshqa jamoaga qarshi harakatidir. Shu bilan bog'liq bo'lgan o'yinchilarning oldida, o'z vaqtida hal etishni talab qiladigan turli-tuman vazifalar kelib chiqadi. Buning uchun qisqa vaqt ichida kelib chiqqan vaziyatni baholashda turli harakatni tanlash va uni bajarish zarur. Bu o'yinchini o'z-o'zining kuchini bilishga yordam beradi.

O'yinchilar o'rtasidagi o'zaro aniq munosabat musobaqalashish, kurashish, nafaqat o'zaro hamkorlikni, psixologik o'zaro moslash-ganligini umumiy xarakteri bilan ko'pchilik o'yin harakatlarini jadallik bilan bajarish xususiyati va kuchlanishni umumiy katta-kichikligi, ayrim kechinmalari o'tkirligi bilan aniqlanadi.

O'yin qoidalari ongli intizomni, o'zini tuta bilishni, kuchli qo'z-g'alishdan keyin «o'zini qo'lga olishni» bilish, o'zining birdan egallash, jo'sh urib ketishini tarbiyalashga yordam beradi.

Harakatli o'yinlar bolalarni san'atga va badiiylikka tarbiyalashga ham yordam beradi. Bolalarda ijodiy badiiylikni birinchi bor namoyon bo'lishi o'yin shaklida qabul qilinadi. Bolalar o'yinida xususan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijodiy tasavvur etish katta o'rin egallaydi: oddiy tayoqchani ot qilib minish, velosi-ped, miltiq va qilich bo'lishi mumkin. G'o'la shaklidagi o'yinlar va syujetli mazmuni bilan tashkil qilingan harakatli o'yinlarni tasavvur etishni riojlantiradi.

O'yin atrofidagi muhitning o'yinchilarga ta'siri, bolalarning rollarni ijro etishda ijodiy tasavvurni shakllantirishga qaratilgan. Bun-day o'yinlar jarayonida ijodiy tasavvur qilish rivojlanadi va tako-millashib boradi. Ular sezishni va idrok qilishni rivojlantirishga yordam beradi, atrofni o'rab turgan buyumlarni va uni barcha o'zaro aloqasi paydo bo'lishini qabul qilishni o'rgatadi, uni o'rab turgan atrofidagi muhitni bilish va bolalarda yangi taassurot yaratadi, kuzatuvchanlikka, shuningdek, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi.

Musiqa jo'rligi bilan tashkil qilinadigan o'yinlar bolalarning musiqaga bo'lgan qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagog bolalarda mu-siqa qobiliyatini tarbiyalashda o'yin metodidan foydalanadi: musi-qa sadolari ostida harakat bilan o'tkaziladigan o'yinlar musiqa shakllarini va xarakterini yaxshi egallashga yordam beradi.

Bola o'yinda o'zining barcha shaxsiy sifatlari va xususiyatlari ma'lum bo'ladi. O'yin jarayonida shaxsiy o'ziga xos xususiyatlarini namoyon bo'lishi har bir bolani yaxshi bilishga yordam beradi va bizga kerakli yo'nalishda rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Faqatgina bitta faoliyat, o'yinday ravshan va o'quvchini shaxsiy xarakter chiziq-larini har tomonlama ochib bermaydi. Bolani o'yinga berilib yoki qiziqib ketishini o'zining har tomonlama xarakteridan topib oladi. Sinfida bolalarga aralashmaydigan bola o'yinda o'zini mutlaqo bosh-qacha namoyon qiladi. Bular barchasi g'oyat muhim bo'lganligi uchun bolalarga to'g'ri shaxsiy yondashish kerak. Harakatli o'yinlar «Alpomish» va «Barchinoy» test me'yorlarini topshirish uchun zarur bo'lgan, u yoki bu sifat va malakalarni takomillashtirishga yordam beradi.




Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish