1-Mavzu. Harakatli o`yin va milliy o`yinlarning paydo bo`lishi. Reja: Harkatli no`yinlarning paydo bo`lishi 2


KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN HARAKATLI O'YINLARNING TASNIFI



Download 8,8 Mb.
bet5/72
Sana20.09.2021
Hajmi8,8 Mb.
#180374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Harakatli o`yinlar ma`ruza matn

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR UCHUN HARAKATLI O'YINLARNING TASNIFI

7—10 yoshli bolalar (1—4 sinf o'quvchilari) barcha tabiiy ha-rakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish) hali mutlaqo egalla-maganlar, shuning uchun harakatli o'yinlar tabiiy harakatlar bilan bog'liq bo'lib, ularda katta o'rinni egallashi kerak.

Shuni esda saqlash kerakki, ya'ni bu yoshda bilim va malakalarni egallash ixtiyoriga nisbatan g'ayri ixtiyoriy darajada (xususan, o'yinda) ko'proq samarali o'tadi.

Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O'rab turgan turli-tuman muhitning, organizmga ta'sir etishiga va tez charchab qolishi ularda ko'proq ko'ngilchanlik bilan kuzatiladi. Bu shu bilan bog'liq bo'ladiki, bu yoshdagi bolalarda yurak, o'pka va tomirlar sistema-sining rivojlanishi orqada qoladi, muskullari ayniqsa qorin pressi va orqa mushaklari hali bo'sh bo'ladi.

Shuningdek, tayanch apparatining mustahkamligi yanada katta emas, shunday ekan, uni shikastlanish imkoniyati yuqori darajada bo'ladi (muskullarining bo'shlig'i bo'g'inning cho'zilishining ku-chayishi qaddi-qomatning buzilish imkoniyatini oshiradi).

Yugurish va sakrash bilan o'tkaziladigan harakatli o'yinlar vaqti bo'yicha qisqa bo'lishi kerak hamda dam olish tez-tez takrorlanishi bilan birga o'tadi. Xuddi bu vaqtda bu yoshdagi bolalar sakrash bilan o'ynaladigan (arg'amchida, do'ngdan-do'ngga sakrash va bosh-qalar) o'yinlarni juda yoqtiradilar.

Bu yoshdagi bolalar uchun ko'proq qulay o'yinlar chopib o'tish o'yinlari hisoblanadi, masalan, «Chaqqon bolalar», «Bo'ri zovur-da», «Ikki sovuq», bu yerda bolalar qisqa chopib o'tishdan keyin dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi yoki o'ynovchilar harakatda navbati bilan qatnashadigan o'yinlar, masalan, «Hamma o'z bayroq-chasiga», «Uysiz quyon», «Bo'sh o'rin».

Bu yoshdagi bolalarda mushak va bo'g'inlarni yanada yetarli darajada o'smaganligini hisobga olib, katta kuchli zo'riqish bilan o'ynaladigan o'yinlarni bermaslik kerak.

Bolalarga bu davrda, ya'ni alohida harakatni ajratish va uning alohida parametrlarini aniq boshqarishi qiyin bo'ladi. Bolalar tez charchaydilar, xuddi shunday harakatga tayyorgarlik tezda tiklanadi. Xususan, ularni harakatning bir xilligi charchatib qo'yadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqati yetarli darajada barqaror emas. Shuning uchun bolalar o'yinlarga e'tiborsiz bo'ladilar, ya'ni bunday holatda ularga ko'proq qiziqarsiz tuyiladi. Shu sababli, bu harakatli o'yinlar ularda uzoq vaqt e'tiborni bir yerga to'plashni talab qilmaslik kerak. Aks holda bolalar qoidaga rioya qilishni to'xtatadilar, o'yinning borishi yoki o'ynalishi buziladi va ularda o'yinga bo'lgan qiziqish yo'qoladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda iroda va tormozlanish qo-biliyati yaxshi rivojlangan bo'ladi. Pedagogga o'yin uzoq tushin-tirish va qiyinchilik tug'diradi, buning oldini olish uchun o'yinning dastlabki holatiga bolalarni joylashtirib, o'yin elementlarini ketma-ketlikda o'ynatish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shu bilan birga uni qiyin bo'lmagan o'yinlarini qoidalari (2—3) bilan o'ynash foydadan holi bo'lmaydi. O'yin qoidasini hammasini birdaniga emas, balki uni o'quvchilarning o'zlashtirishiga qarab asta-sekin berish mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda fikrlash (ayniqsa 1—2 sinf o'quvchilarida) asosan, obrazli, predmetli bo'lib, biroq o'rgatishning ikkinchi yilida fikrlashni buyumlarni bilishi mumkin bo'lgan va o'rab olgan muhitdagi borliq hodisalari haqidagi tushunchalarga bo'shatib berishni boshlaydi. Kuzatayotganlarni taqqoslash va baravarlash-tirishni bilish namoyon bo'la boshlaydi. O'yin harakatlarida ko'proq ongni (aql) namoyon qilish uchun imkoniyatlar kelib chiqadi. Ularda o'rtoqlarining muammolariga, qiliqlariga va harakatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar namoyon bo'ladi. Qobiliyatni umumiy ravish-da tanqidiy fikrlash harakatini ongli ravishda nazorat qilishni ko'p sonli qoidalar bilan ko'proq murakkab o'yinlarni o'zlashtirishga imkon beradi.

Bolalarda obrazli fikrlash bilan bog'liq maktabda o'qishning bi-rinchi ikki yilida mazmunli o'yinlar katta o'rin egallaydi, u ularni o'ylab chiqarishga ustalik va ijodidan mamnun bo'lishiga yordam beradi. Shuni hisobga olish kerakki, bolalar bu yoshda o'qish va yozishni biladilar, bu ularning aqliy ong-bilim darajasini birmuncha kengaytiradi. Bunga quyidagi mazmunli o'yinlar misol bo'la olishi mumkin, bunga ayniqsa sinfdan tashqari o'tkaziladigan «Boyo'g'li», «Bo'ri zovurda», «Ikki sovuq», «Kosmonavtlar», «Tulki», «Chaqqon-lar» va boshqa o'yinlar kiradi.

Bu yoshdagi bolalar uchun biror xususiyati bilan ajralib turadigan va sirli, kutilmagan elementlari bo'lgan o'yinlar («Ko'z- bog'log'ich», «Top, kimning ovozi bu»), bekinish va topa olish yoki aniqlash o'yinlari («Bekinmachoq», «Qorovullar»).

O'yinda bu davrda xulqning asosiy poydevori, jamoat tartibini saqlash qoidasini bajarishni bilishni tarbiyalaydi. Jamoa bo'lib o'ynaladigan o'yinlarda ma'naviy va ma'rifiy, axloqning oddiy me'-yor hamda qoidalari haqida tasavvur qilishni tarbiyalaydi. Jamoa-larga bo'linib o'ynaladigan o'yinlar paydo bo'la boshlaydi, buni har bir o'yin qatnashchisi o'zlarining jamoalari obro'si uchun kurashadilar va «asir»ga tushgan o'rtoqlarini qutqaradilar. Jamoali o'yinlarni o'ynash o'qishning birinchi yili oxiridan boshlanadi va ayniqsa 3-sinfdan boshlab keng qo'llaniladi.

Musiqa va ashula xor xarakteridagi o'yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xos bo'ladi. Bu o'yinlar ayniqsa 1—2 sinf o'quv-chilarining sinfdan tashqari vaqtlarida foydalaniladi. Ular bolalarni birgalikda kelishilgan holda harakat qilishga va ma'lum ritmda harakatni bajarishga o'rgatadi. Bolalar, shuningdek, alohida so'z, jumlalari ohang bilan aytiladigan so'zli o'yinlarni juda yaxshi ko'radilar, masalan, «Kosmonavtlar», «Qopqon» va boshqa ashula aytish va ohang bilan aytish bilan o'yinlar nutqni rivojlantiradi.

Nihoyat, bolalar bu yoshda shunday o'yinlar bilan qiziqadilarki, ular o'yinda epchillik va chaqqonlik namoyon qilishlari mumkin. Bunday o'yinlarning mazmuni ma'lum harakatni faqatgina aniq bajarish bilan chegaralanadi va ularga quyidagilar kiradi: «Arg'amchi ostida sakrash» aylanayotgan arg'amchi ostida xilma-xil sakrashlar, qisqa arg'amchilar bilan turli-tuman sakrashlar. Shu yoshdan boshlab bolalar o'rtasida xalq o'yinlari yaxshi ommalashib boradi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar hayotida harakatli o'yinlar katta o'rin egallashi kerak, chunki bu yosh xususiyatlariga, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy, ahloqiy tarbiya mos keladi.

«Alpomish» va «Barchinoy» harakatli o'yinlardan test me'yor-larini topshirishga tayyorlashda keng foydalanish mumkin.




Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish