3-mavzu. O`zbekiston Respublikasida harakatli o`yinlarning rivojlanishi va olib borilayotgan ishlar.
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasida harakatli o`yinlarning rivojlanishi
2. O`zbekiston Respublikasida harakatli o`yinlarni rivojlanishi uchun olib borilayotgan ishlar.
Har bir xalqning madaniy boyliklari xazinasiga milliy o'yinlari ham kiradi. Xalq o'yinlari o'zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko'ra g'ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli tarzda aks ettiradigan va jamiyat taraq- qiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir.
Xalq o'yinlari ko'p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat ri- vojlanishining muayyan bosqichidagi ijtimoiy voqealar aks etadi.
Ma'lumki, mehnat hamda faoliyatning boshqa turlari, jumladan, o'yin ham ijtimoiy xarakterga ega. O'yinlar kishi- larning mehnat madaniyati pay do bo'lishi va rivojlanishining asosiga aylangan tarixiy bosqichda vujudga kelgan. Bosh- qacha aytganda, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotining ilk davrlarida xalq o'yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanilgan. Xalq o'yinlarining mazmuni va xarakteri hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tar- kib topayotgan elatlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan, uning xarakteriga tarbiya sistemasining yo'nalishi, mafkurasi, turmush tarzi ta'sir etgan.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o'yinlarining tadrijiy rivojlanishi va ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda xalq o'yinlarining o'ziga xos jihatlarini nazarda tutish lozim. O'yinlar xalq to- monidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi vo- qea-hodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurot- larini, kuzatishlarini, tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o'zida so'z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarak- terli jihati ularni urug'ning urf-odatlari, an'analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq og'zaki ijodi: rivoyatlar, qo'shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo'lgan. Ibtidoiy jamiyat- da yoshlarni kattalar safiga qo'shish deb ataladigan bayram - diniy marosimlar keng tarqalgan. Bular o'ziga xos o'yin- musobaqalardan iborat bo'lib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, qabilalarning urf-odatlari, udumlari, xalq og'zaki ijodi tashkil qilgan. Mana shunday o'yin-musobaqalarda yigitlar qurollardan mohirona foydalana olishlarini, diniy odatlarga qoniqarli amal qilishlarini, qabilaning muqaddas rivoyatlarini bilishlarini namoyish etishlari lozim bo'lgan. Marosimlarda raqslar ham ijro etilib, ularda odamlar o'z ha- yotlaridagi voqealarni, yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklari, shodlik va qayg'ularini ifodalaganlar.
O'yinlar tarixiy taraqqiyotning mahsuli, shuningdek, in- son mehnat qurollari va sig'iniladigan vositalari tarixining ifodasidir. Shunday qilib ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o'yinning rivojlanishiga faqat «Diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi voqelikni anglash, u baqjdagi bilimlarni mustah- kamlash, «obrazga ko'ra va tabiatga o'xshatib ijod qilishni» o'rganish istagi ham turtki bo'ldi.
Har bir xalqning o'z milliy o'yinlarida an'analar, ijtimo- iy munosabatlar, mafkura-e'tiqodning ayrim unsurlari, axlo- qiy-estetik qarashlar aks etadi. Xalq o'yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe'l-atvorini, odatlarini, mehnat jarayonlari, io'g'rofiy sharoitlarini ifo- dalaydi. Shunga ko'ra o'zbek xalq o'yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixi, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan aloqalarini o'rganishning manbalaridan biri sifatida qarab chiqish lozim. Milliy o'yinlarimiz tarixini o'rganishda xalq ma'naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish muhim ahamiyatga ega.
O'yinlar o'zbek xalqining ko'p avlodlari turmushi va ij- timoiy hayotining zarur elementi sifatida asrlar mobaynida takomillashib keldi hamda rivojlanishning har bir bosqichida turli ijtimoiy vazifalami bajardi. Milliy o'yinlarda kishilar- ning voqelikka munosabati aks etadi. O'zbek xalq o'yinlari o'z tabiatiga ko'ra amaliydir. Ularda xalq badiiy madaniya- tining o'ziga xosligi, milliy xususiyatlari yaqqol ko'rinadi.
O'zbek xalq o'yinlari eramizgacha bo'lgan davrlarda vu- judga kelgan. Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi Rim yozuvchisi Elianning etnografik materiallari ham tasdiqlay- di. Chunki ularda saklar qabilasida o'yin-musobaqalar juda keng tarqalgani va ular xalqning sevimli odati bo'lgani haqi- da ma'lumotlar bor. Uning guvohlik berishicha, saklar qabi- lasining yigitlari ana shu o'yin-musobaqalarda o'zlari yeng- gan qizlarga uylanish huquqiga ega bo'lganlar.
Qadim zamonlardayoq O'rta Osiyoda yashovchi xalq- larda kurash, kamondan o'q otish, chavandozlik singari jismoniy kuch talab qiluvchi o'yinlar mavjud bo'lgan. Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday yozgan: «Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o'qni zoye ket- kazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozon- gan edi». Rim yozuvchisi Klement Aleksandriyskiy (eramiz- dan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday yozadi: «Sak ayollari ayyorlik bilan qochib ketaturib, ot us- tida xuddi erkaklarday orqaga o'q uzar edilar».
Milliy xalq o'yinlari orasida, ayniqsa, qadimiy dorbozlik va simbozlik san'ati alohida ajralib turgan. Dor o'yini juda mashhur bo'lgan. Ommaviy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozlarsiz o'tmagan. Karnay-surnay va nog'ora sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to'plangach, o'yinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qi- lib tortilgan arqon ustida o'ynayotgan dorbozning dadil ha- rakatlarini hayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaqtlar bizning hududimizda yog'ochoyoq o'yini ommaviy ravishda tarqalgan. Yog'ochoyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushib, karnay, surnay kabi milliy cholg'u asbob- larida kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko'rsatgan. Xorazmda «Tayoq o'yini» keng tarqalgan.
Dehqonlar yer haydashda, bug'doy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda chorva mollaridan foydalangan. Mana shular tufayli «Podachi», «Oqsoq bo'ri va qo'ylar», «Echkilar va cho'ponlar», «Oq tuya», «Bo'ri keldi» singari qator xalq o'yinlari vujudga kelgan.
«Kaptar o'yini», «Chag'alay», «Yumronqoziq», «Ot o'yini» kabi raqslar, «Karnaymi, surnay?», «Nina, ip va tuguncha», «Tapir-tupur qayrag'och», «Qovoq ekish», «Xo'rozlar jangi», «Xo'roz va tovuq», «Qoch, bolam, qush keldi», «Oq terakmi, ko'k terak?» kabi o'yinlar mashhur bo'lgan.
Milliy xalq o'yinlarini mazmuniga ko'ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Ijodiy o'yinlar.
Hayotiy (tarixiy-hayotiy, madaniy-hayotiy, kasb- korlik-hayotiy).
Kulgili o'yinlar.
D. Qo'shiq va raqs o'yinlari.
Mazmunli-rolli o'yinlar.
Mazmunli-harakatli.
Sport o'yinlari.
Ijodiy o'yinlar.
Ijodiy o'yinlar ko'pincha musiqa jo'rligida va qahramon- larning raqslari bilan o'tkaziladi. Bolalar katta yoshli kishi- larning hayoti, mehnat faoliyati, tabiat hodisalarini kuzatib hamda xalq tomoshalarida qatnashib, o'zlari ko'rgan nar- salarni o'yinlarida tasvirlaganlar. Hayotni tasodifiy ravish- da aks ettirish mazmunli-rolli, mazmunli-harakatli va sport o'yinlariga asos bo'lgan.
Ijodiy o'yinlarga o'zbek xalq ertaklari va afsonalari asos qilib olingan. Ularda ertak va afsonalar sahnalashtirilgan.
Kulgili o'yinlar xarakter va fe'l-atvorlarni mohirlik bilan yoritishga, kishilardagi ayrim salbiy xatti-harakatlar ustidan yengil kulishga asoslangan o'yinlardir. Bunday o'yinlar ayb- dorlarni «jazolash» maqsadida uyushtirilgan. Ularda xal- qimizning askiya va masxarabozlik san'atining unsurlarini ko'rish mumkin.
Ijodiy o'yinlarga quyidagilar kiradi:
O'quvchilarning o'zlari o'zbek xalq ertaklari va afso- nalari asosida yaratadigan o'yinlar.
Estetik maqsadga qaratilgan ixtiyoriy va mavzuli o'yinlar.
O'quvchilarning o'zlari ijod qilgan, yakuni ma'lum bo'lgan o'yinlar.
O'quvchilarning ijodiy qobiliyatini faollashtiradi- gan (she'r, qo'shiq to'qish, raqs, imo-ishoralar, taqlidchilik o'yinlari.
Tasviriy san'atga asoslangan o'yinlar.
O'zbek bolalar folklor o'yinlari uzoq zamonlardan sayqal topib, rivojlanib kelayotgan san'at turidir. Ular mazmuni, maqsadi va yo'nalishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Mavsumiy o'yinlar: ilk bahor, yoz, qish fasllarida o'ynaladi.
Marosim o'yinlari: rasm-rusumlar, odatlar, marosim- lar, an'anaviy bayramlarda o'ynaladi.
Mehnat bilan bog'liq o'yinlar: «Yerni tobiga keltirish, haydash», «Ekin ekish», «Qovun-tarvuz», «O'rik qoqish», «Qovun sayli», «Tut qoqdi», «O'rik quritish», «Anor uzish», «Qulupnay sayli», «Yanchiq», «Xo'sh-xo'sh», «Churey- churey», «Xo'shey-xo'shey», «Sigir sog'di», «Tuya qayta- rish», «Ot sug'orish» va boshqalar.
Oilaviy-maishiy mavzudagi o'yinlar: «Mehmon-meh- mon», «Kelin tushirish», «Kelin-kuyov», «Ona-bola», «Ov- qat pishirish», «Uy jihozlash», «Qo'g'irchoq o'yini», «Non yopish», «Ег-xotin», «Alla-alla», «Beshik bezash», «Beshik- ka belash» va boshqalar.
Jismoniy harakat talab qiluvchi o'yinlar: «Quvlash- machoq», «Ziyrak», «G'oz-g'oz», «To'pni quvib yet», «Qu- yonim-quyonim», «Olarsan-a», «Epchil quyon», «To'ptosh», «Sanash», «Chiqadak», «Oq suyak», «Yugurish», «Zuv- zuv», «Oq terakmi, ko'k terak?», «Eshak mindi», «То'р», «Quloqcho'zma», «Menga yetib ol», «Soqqa», «Lanka», «Xo'rozlar jangi», «Xodaga chiqish», «Toqqa ko'tarilish», «O'yinchoqlarni olib kel», «Suv tagida turish», «Uloq», «Chavgon», «Suzish», «Uzoqqa sakrash», «Arqon tortish», «Ot o'yini», «Qiz quvdi», «Poyga», «Nishonga otish», «Qi- lichbozlik», «Tarandozlik», «Tosh ko'tarish» va boshqalar.
Mantiqiy o'yinlar: tez aytish, topishmoq, sanoqlar, ay- tishuvlar, savol-javoblar, o'ylab top, xotirani tiklash, chama- lash va boshqalar.
Hayvonlar va tabiat hodisalari bilan bog'liq o'yinlar.
Ermak o'yinlar.
Musiqiy o'yinlar.
Albatta, o'yinlarni bu kabi turlarga ajratish nisbiydir. Mi- sol uchun mavsumiy deganimiz bilan yil bo'yi o'ynaladigan o'yinlar ham bor. Bir o'yin shakllanib, san'atning mustaqil turi sifatida namoyon bo'lgunicha ko'p vaqt talab etiladi. Buni O'rta Osiyo xalqlarining ibtidoiy davrlariga oid yod- gorliklar va tasvirlar ham tasdiqlaydi. Masalan, Boysun tog'idagi Teshiktosh g'oridan bundaft yuz ming yil avvalgi o'rta paleolit davriga oid odam suyagining topilishi, Samar- qandning Omonqo'ton qishlog'i yaqinidagi g'ordan topilgan tosh qurollar, Surxondaryoning Zaraut kamarida alvon rang- dagi suratlarning mavjudligi, Xo'jakent qishlog'idagi tosh- larga chizilgan kiyik va ho'kiz tasviri kabi ko'pgina arxeo- logik topilmalar va ulardagi tasviriy san'atga oid elementlar o'zbek teatri hamda raqs san'atining, jumladan, bolalar folk- lor o'yinlarining dastlabki belgilaridan dalolat beradi. Ularda qadimgi ajdodlarimizning tushuncha va e'tiqodlari, qad- riyatlari ham ifodalangan.
Dastlabki paytlarda shovqinli, betartib o'yinlar urf bo'lgan, bora-bora ular musiqiy ohanglar, ritm, pantomima hamda plastik harakatlarga yo'g'rilib, ancha mukammallik kasb etgan. «Ayiq o'yini», «Dev o'yini», «Maymun o'yini», «Ot o'yini», «Yumronqoziq o'yini», «Echki o'yini», «Bo'ri o'yini», «Kaltak o'yini», «Burgut o'yini», «It o'yini», «Qu- yon o'yini», «Tulki o'yini», «Jaku-jaku» kabi o'yinlar shu taxlit vujudga kelgan.
Xalq o'yinlari qadim zamonlardan kishilarning hayot tarzini, orzu-armonlarini, ma'naviy-ma'rifiy, estetik dunyo- qarashini mujassamlashtirgan holda shu kunimizga qadar o'sib, mazmun-maqsadiga ko'ra takomillashib, bizgacha ye- tib kelgan. Boshqa san'at turlaridan farqli o'laroq o'yinlarda xalq ruhiyati, milliy koloriti yorqin aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |