39-Mavzu. O’zbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik
Qishloq xo‘jalik sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar uchun 6 blokdan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish tavsiya etiladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi ye rdan foydalanuvchi subyekt bo‘yicha uning ixtisosligi aniqlanib, ma’lumotlar bloklarga ajratilgan holda tuziladi. Bunda yer-axborot ma’lumotlari kiritilayotgan subyektning asosiy faoliyat yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasida asosan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha yerdan foydalanuvchilar tarkib topgan: 1. Fermer xo‘jaligi. 2. Dehqon xo‘jaligi. 3. Qishloq xo‘jalik ilmiy tekshirish muassasasi (tajriba, eksperimental va o‘quv tajriba xo‘jaligi). 4. O‘quv yurtining tajriba, eksperimental va o‘quv tajriba xo‘jaligi. 5. Yordamchi qishloq xo‘jalik korxonasi. 6. Chorvachilik fermasi. 7. Parrandachilik fermasi. 8. Davlat qishloq xo‘jalik korxonasi. 9. Bog‘dorchilik va sabzavotchilik uyushmasi. 10. Boshqa subyektlar. 1 blok. Yerdan foydalanishga oid huquqiy hujjatlar tizimi 1.1 Yer uchastkasini davlat ro‘yxatiga olish hujjatlari: 1. Yerga doimiy egalik huquqiga doir davlat dalolatnomasi (sanasi, tartib raqami). 2. Yerdan doimiy foydalanish huquqiga doir davlat dalolatnomasi (sanasi, tartib raqami). 3. Merosga qoldirilgan yerga umrbod egalik qilish huquqiga doir davlat dalolatnomasi(sanasi, tartib raqami). Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 197 4. Yer uchastkasidan muddatli (vaqtinchalik) foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma (sanasi, tartib raqami). 5. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi (sanasi, tartib raqami). 6. Meros huquqi to‘g‘risidagi dalolatnoma (sanasi, tartib raqami). 7. Mahalliy hokimiyat organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi qarori (sanasi, tartib raqami). 8. Sud qarori (nizo tugatilganda, nizo bo‘lganda) (sanasi, tartib raqami). 9. Yer uchastkasi kimoshdi savdosida yoki tanlov bo‘yicha sotib olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (sanasi, tartib raqami). 10. Savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirishda yer uchastkasiga mulkchilik huquqi uchun davlat orderi (sanasi, tartib raqami). 11. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga egalik qilish to‘g‘risidagi oldi-sotdi shartnomasi (sanasi, tartib raqami). 12. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasi oldi-sotdi (egalik qilish huquqini sotib olish) shartnomasi (sanasi, tartib raqami). 13. Bino va inshootlarning oldi-sotdi, almashtirish, hadya qilish, renta shartnomalari, turar joyni umrbod saqlash sharti bilan begonalashtirish shartnomasi (sanasi, tartib raqami). 14. Yer uchastkasi yoki unga nisbatan huquqlarni garovga qo‘yish (ipoteka) shartnomasi (sanasi, tartib raqami). 15. Mahalliy hokimiyat organlarining yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori (sanasi, tartib raqami). 16. Belgilangan tartibda tasdiqlangan yerlarni ajratish va olib qo‘yishga doir materiallar (sanasi, tartib raqami). 17. Belgilangan tartibda tasdiqlangan yer kadastri materiallari (qaror, ijara shartnomasi, ro‘yxatga olish guvohnomasi). 18. Kadastr xizmati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yer uchastkasining rejasi (qurilish obyektlari bo‘yicha baholash ko‘rsatkichlari) 1.2 Yerdan foydalanuvchi subyekt to‘g‘risida umumiy natijaviy ma’lumotlar: 1. Yuqori tashkilotga idoraviy mansubligi (vazirlik, qo‘mita, idora). 2. Yerdan foydalanish huquqiga mansubligi (yer egaligi, yerdan foydalanuvchi, mulkdor, ijarachi). 3. Yer fondining qaysi toifasiga mansubligi (foydalanish maqsadiga ko‘ra). 4. Yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi. 5. Yuridik (jismoniy) shaxsning manzili, pasport ma’lumotlari. 6. Yer uchastkasining joylashgan manzili. 7. Yer uchastkasidan foydalanish maqsadi (ixtisosligi). 8. Yer uchastkasidan foydalanish muddati (yil). 9. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (seriya raqami, sanasi). 10. Yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (qaror, sana, tartib raqami). 11. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR). 12. Servitut shartnomalari (qaror, sana, tartib raqami). 13. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning cheklanishi, huquqiy asos. 14. Yer uchastkasining markaziy X koordinatasi. 15. Yer uchastkasining markaziy Y koordinatasi. 16. Umumiy yer maydoni, ga. 17. Ekin yerlar maydoni, ga, shu jumladan sug‘oriladigani, ga. 18. Ko‘p yillik daraxtzorlar (turlari bo‘yicha), ga. 19. Bo‘z yerlar, ga. 20. Yaylovlar, ga. 21. Pichanzorlar, ga. 22. Jami qishloq xo‘jalik yer turlari, ga.
Do'stlaringiz bilan baham: |