1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari



Download 97,54 Kb.
bet34/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

34-Mavzu. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari
Hisobot koʻrinishida tasvirlash. Ma’lumotlar qayta ishlanib boʻlinganidan soʻng hisobot koʻrinishida ham taqdim qilinishi mumkin. Bunda barcha tahlil qilingan ma’lumotlar oʻquvchiga oson boʻlishi uchun sodda tilda yoziladi hamda matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar ham kiritiladi. Karta koʻrinishida tasvirlash. Geoaxborot tizimining eng ommaviy mahsulotlaridan biri bu kartadir. Kartalar geoaxborot tizimini qoʻllagan holda osongina tayyorlanadi va u orqali geoaxborot jarayonlari natijalarini oʻzaro bogʻlovchi samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimi karta ishlab chiqarishda yetakchidir. Ushbu tizimdan foydalanuvchi ishlab chiqarilgan kartalarning sifatiga e’tibor qaratishi lozim, chunki geoaxborot tizimi odatda ba’zi kartografik tamoyillarni hisobga olmaydi. Sxema (layout) – bu bosmaga tayyorlangan kartadir (5.8-rasm). Sxema nafaqat bizning kartamiz, balki nomi, shartli belgilari, shimol yoʻnalishi, boshqa matnli axborot, hattoki grafiklar va rasmlarni oʻzida aks ettiradi. Sxemaning eng muhim elementlariga ramka, mavzu, shartli belgi, masshtab, shartli nomlar (labels) va shimol yoʻnalishlari kiradi. Bunday elementlar odatda annotatsiyalar deb ham ataladi. Grafik tasvirlar, gridlar ham annotatsiyaga kiradi. Barcha annotatsiyalar alohida boʻlib, ular oʻzgartirishi va katta yoki kichiklashtirishi, oʻgirishi mumkin. Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash. GAT kartalarini yaratishdan yana bir maqsad bu joyning haqiqiy modelini yaratishdir. Yer sathining barcha tafsilotlarini tahlil qilish uchun biz uch oʻlchamli modellardan foydalanamiz (5.9- rasm). Uch oʻlchamli tasvir ikki oʻlchamli tasvirdan koʻra axborotni koʻproq va keng koʻlamda yetkazadi. Uch oʻlchamli tasvirlashning ahamiyati shundaki, biz u orqali axborotni koʻramiz. Uch oʻlchamli tasvir orqali inson miyasi koʻproq narsani eslab qoladi. Ma’lumotni uch oʻlchamli qilib tasvirlash GATda qoʻllanilgani bois hozirda uning ajralmas qismi boʻlib qoldi. Bunday tasvirlash usuli bizga geofazoviy tahlil jarayonida katta yordam berib, yer yuzasidagi relyef oʻzgarishlarini koʻrishimiz mumkin. Geoaxborot tizimi ma’lumotini yaratish va tasvirlash bir nechta bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Uch oʻlchamli GATni yaratish va ishlatish uchun zarur boʻladigan ma’lumot va axborot turkumiga ortogonal tasvirlar, DTM (Digital Terrain Model), uch oʻlchamli (3 Dimensional) xususiyatlar (vektor chiziqlar) va fazoviy xususiyatlar (balandlik axboroti bino uchun) bilan bogʻlangan fazoviy boʻlmagan atribut axborotlar kiradi. Turli xil qayta ishlash bosqichlaridan foydalanib, uch oʻlchamli ma’lumot avtomatik ravishda tasvirdan yigʻilishi yoki ajratib olinishi mumkin. Raqamli fotogrammetrik vositalar cheklanmagan tarzda va uch oʻlchamli ma’lumotni tartibli ravishda yigʻish uchun turli fotografiya va tasvirlarga yoʻl ochib beradi. Kompyuter monitorida uch oʻlchamli tasvir hosil qilishda turli usullardan, turli ranglardan, yorugʻlik berish orqali relyef hosil qilishdan foydalaniladi. Bundan tashqari, GATda uch oʻlchamli model hosil qilishda MatLab (MATLAB) dasturining ahamiyati juda katta. Shu sababli bu dasturni oʻrganish geoaxborot tizimini toʻliqroq tushunishga yordam beradi (5.10-rasm). Elektron karta koʻrinishida tasvirlash. Xalq xoʻjaligining avtomatlashgan boshqaruv tizimi, koʻplab muammolarning amaliy yechimlarini hisobotlar va axborotlar bilan ta’minlashda elektron kartalar GATning asosi boʻlib xizmat qiladi. Elektron kartalar dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvirlar hisoblanadi. Bu turdagi kartalar raqamli karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi. Elektron kartalar tizimi masshtablarga, koordinatalar sistemasiga hamda tuzilishi va shartli belgilariga qarab umumlashtirilgan elektron kartalar toʻplamidan yaratiladi. U rastr va vektor shaklida boʻladi. Elektron kartalar tizimi quyidagilardan tashkil topgan: 1. Joyning raqamli modeli. 2. Shartli belgilar tizimi. 3. Aerokosmik rasmlar. 4. Audio-video va matnli ma’lumotlar. 5. Elektron kartalarni maxsus axborotlar bilan ekranda tasvirlovchi dastur vositasi. Elektron kartalarning qogʻozli kartalardan asosiy ustunligi shundaki, elektron kartalar real vaqtda istalgan joy haqida xohlagan darajadagi aniqlik bilan ma’lumot bera oladi, unda maxsus axborotlar oson toʻgʻrilanadi, istalgancha nusxa bosma qilinadi. Elektron kartalar quyidagicha tasniflanadi: 1. Avtomatlashgan tizimda qoʻllanilishiga qarab: avtomatlashgan boshqaruv tizimida qoʻllanilishi uchun (ABT); xalq xoʻjaligidagi avtomatlashtirish tizimida qoʻllanilishi uchun.

Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish