40-Mavzu. GNSS va GPS haqida tushuncha Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo boʻldi. GNSS (inglizcha Global Navigation Sattelite System) global navigatsiya sun’iy yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS (Beidou) yoʻldoshlariga va Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 251 keyinchalik Galileo tizimi yoʻldoshlariga ulanib, joyning yanada aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin. Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik qurilmalar bilan jihozlangan va ular jumlasiga: toʻrtta atom soatlar; uchta kadmiy nikelli batareyalar; quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita quyosh batareyalari; yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna; foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli antenna. Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va undan ham kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil telefon bilan barobar va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi balandligi kabi ma’lumotlardan tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar, transport magistrallari va boshqa koʻpgina obyektlar bilan birga kichik ekrandagi kartada ham koʻrsatib bera oladi. Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik) aniqlashdan tashqari GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi: obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash; aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash; Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 253 obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash; yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish. Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga duch kelmoqdamiz va bu tushuncha nafaqat geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda qoʻllanilmoqda. GPS global pozitsion tizim degan ma’noni anglatadi. Bu tizim Yerga doimiy ravishda elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun’iy yoʻldoshlar tizimidan tashkil topgan. Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik (qabul qilgich)lar va qurilmalar boʻladi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, sun’iy yoʻldoshdan yer yuzidagi obyektgacha boʻlgan masofa yuqori aniqlikda (bir necha 10 km dan bir necha millimetrgacha) oʻlchanadi va natijada bunday aniqlikdagi hisobkitoblardan olingan obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham yuqori aniqlikda oʻlchanadi. Global pozitsion tizimni yaratish fikri oʻtgan asrimizning 50-yillarida paydo boʻldi va uni amaliyotda qoʻllash fikri Jon Xopkins Universiteti tomonidan ilgari surildi. GPS 1969-yili AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich bosqichda bu tizim dengiz sathidan 22,5 km balandlikda, 55 daraja qiyalikda, orbita boʻylab 6 marta aylanadigan 24 ta sun’iy yoʻldosh va yer yuzasida kuzatish uchun moʻljallangan hamda sun’iy yoʻldoshlarning harakatini doimiy kuzatib turuvchi, lozim boʻlsa orbitadagi yoʻnalish xatoliklarini yetkazib turuvchi maxsus yer stansiyalar tizimidan iborat boʻlgan (7.6-rasm). Sun’iy yoʻldoshlar Yerga kuchsiz signallar joʻnatadi, lekin bu obyektning joylashgan koordinatasini aniqlash uchun yetarli hisoblanadi. Bu antiqa tizim AQSH hukumati uchun 12 milliard dollarga tushgan. 7.6-rasmda GPS qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va koordinata aniqlash tamoyili koʻrsatilgan. Ayni paytda Yerda GPS qabul qilgichlar bilan doimiy aloqani ushlab turuvchi va monitoringini amalga oshiruvchi beshta katta nazorat stansiyalari ishlab turibdi. Boshqaruv punkti AQSHning Kolorado shtatida joylashgan boʻlib, qolgan punktlari dunyo boʻylab: Gavayi (Tinch okeani), Vozneseniya oroli Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 254 (Atlantika okeani), Diego Garsiya oroli (Hind okeani) hamda Kvajalen oroli (Tinch okeani) da joylashgan. GPS boshidan harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning yordamida joylarga otryadlarni bexato joylashtirish, obyektgacha boʻlgan eng qisqa masofani topish va shu kabi maqsadlar koʻzlangan edi. Oʻtgan asrning 80- yillariga kelib GPS fuqarolik maqsadlari uchun ham qoʻllanila boshlandi. Endi har bir fuqaro GPS ning funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyatiga ega.