1-Mavzu. Geografik axborot tizimining tarifi


-Mavzu. Mobil GAT haqida tushuncha



Download 97,54 Kb.
bet40/44
Sana06.06.2022
Hajmi97,54 Kb.
#641384
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
45 ta mavzu.

41-Mavzu. Mobil GAT haqida tushuncha
Mobil GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin. An’anaviy ma’lumot toʻplash jarayonida daladan ma’lumot toʻplash koʻp vaqt talab qiluvchi ish hisoblangan. Bundan tashqari, ma’lumotlar qogʻozda yozilib, keyin qoʻlda qaytadan kompyuter xotirasiga kiritilgan hamda kameral ishlar bajarilgan. Mobil GAT bunday vaqt talab qiladigan ishlarni bartaraf qildi. Mobil GATni tushuntirishdan oldin mobil qurilma toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz. Mobil qurilma bu axborot uzatuvchi qurollar turkumiga mansub boʻlib, ular jumlasiga shaxsiy raqamli yordamchilar, mobil telefonlar, choʻntak kompyuterlari kiradi. Koʻpgina mobil qurilmalar hozirgi GPS qabul qilgichlar, GSM karta, raqamli kameralar, MP3 pleyerlar bilan qoʻshimcha jihozlangan. Mobil qurilmalar bir-biridan ekran oʻlchami, rangi, aniqligi, operativ xotirasi va quvvat
manbayi bilan farqlanadi. Mobil qurilmalar hozirgi kunga kelib dala ma’lumotlarini ofisda joylashgan serverlarga real vaqt oraligʻida uzatish uchun internet bilan ham bogʻlangan Bunda dala ma’lumotlari simsiz (wireless) internet orqali bir zumda yetkaziladi. Bu tizim Wireless LAN yoki qisqacha WLAN deb ataladi. Bundan tashqari, infraqizil port va blutuz (Bluetooth) orqali ham ma’lumotlar uzatilishi mumkin. Mobil GAT oʻzining afzalliklaridan tashqari noqulayliklarga ham ega va bular jumlasiga, avvalambor, foydalanuvchi doimiy harakatda boʻlib, buning natijasida axborotni olish qiyinlashishi mumkinligini kiritish mumkin. Bu noqulaylik mobil qurilmaning siljishidagi har xil qoʻpol xatoliklar natijasida kelib chiqadi. Vaqt ham,agar foydalanuvchi shoshilsa va tezda qaror chiqarsa, xatolikka olib kelishi mumkin. Yuqoridagi noqulayliklarni hisobga olib, bu muammolarni mobil qurilmani ishlatishning markaziy muammosi deyishimiz mumkin. Yana bir noqulayligi quvvat manbayidir. Dala sharoitida ofis sharoitiga qaraganda quvvat manbayining doimiyligini ta’minlab boʻlmaydi. Masalan, akkumulatorlar quvvati tugab qolishi mumkin. Bu, oʻz navbatida, ishning birmuncha choʻzilishiga olib keladi. Mobil GATning eng muhim yutugʻi, bu shubhasiz, oradagi qogʻoz ishlarining olib tashlanganligidir. Internet va simsiz aloqaning rivojlanishi mobil GAT orqali eng yangi va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bunday oʻtkazish simlari albatta tekshiriladi, lekin hozirda uzatishlar avtomatik ravishda amalga oshirilganligi uchun xatoligi boʻlmaydi. Mobil GATning yana bir qulayligi dala ma’lumotlari raqamli koʻrinishda saqlanganligi uchun uni bemalol boshqa tizim yoki qurilmalarga oʻtkazish imkoniyatining mavjudligidir. Onlayn geoaxborot tizimi yoki boshqacha nomi veb geoaxborot tizimi bu tashkilotingizdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun sizning ma’lumotlaringizni yetkazib beruvchi xizmat turidir. Milliy geodeziya va kartografiya tashkilotlari, geoinformatika markazlari, yer resurslari qoʻmitasi yoki fazoviy ma’lumotlar bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun ushbu xizmat turini joriy etish juda ham muhimdir. Bunda siz ishlayotgan biror-bir geoaxborot dasturi internet orqali (onlayn) mavjud boʻladi. Eng asosiysi, onlayn xizmatlar oddiy foydalanuvchi uchun ishlatilishi oson, ma’lumotni izlash va soʻrovlar oʻtkazish soddalashtirilgan boʻlishi lozim. Ammo ba’zi geoaxborot mutaxassislari uni birmuncha qiyinroq koʻrinishda ham yaratishlari mumkin. Onlayn xizmatlar bu usullar orqali pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirib, barqarorlikka erishishi mumkin. Yana bir muhim jihati shundaki, hozirgi kunda internet tarmogʻiga nafaqat shaxsiy oʻsha qurilmalarga mos maxsus dasturlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.Hozirgi kunda internet tarmogʻiga ulanish narxi arzonlashmoqda, tezligi esa ortmoqda. Bunday rivoshlanish geoaxborot tizimi dasturlarida onlayn ishlash imkoniyatini bermoqda. Shuning uchun onlayn geoaxborot xizmatlari kelajakda katta muvaffaqiyatga erishadi, deb ayta olamiz.



Download 97,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish