1. Xaridor CyberPlat tizimida amalga oshirilgan tranzaktsiyalar haqidagi ko‘chirmani rasmiy ravishda so‘rab oladi, so‘ng o‘zining so‘rovnomasini ERI usulida imzolaydi.
2. Bank Xaridorning kodi va ERI ni tekshiradi.
3. Tekshiruvning ijobiy natijalari olingan holda Bank Xaridorga ERI yordamida imzolangan va kriptografik tarzda o‘zgartirilgan tekstni o‘z ichiga olgan so‘rovnomani yo‘llaydi.
4. Xaridor, xabarni olgach, Bank imzosi va ko‘chirmaning aksincha o‘zgartirilganligini tekshiradi.
5. Xaridor ko‘chirmani o‘z kompyuterining hotirasida saqlab qoladi.
Xaridorning to‘lovlari magazindan o‘tganligi
haqidagi so‘rovnoma
1. Xaridor CyberPlat tizimidagi o‘z kodini ko‘rsatgan holda mazkur Magazinda amalga oshirilgan to‘lovlari haqida ma’lumotlarni rasmiy ravishda so‘rab oladi.
2. Olingan kod asosida Magazin mazkur Xaridor to‘lovlari haqida axborotni taqdim etadi.
Hisob raqamni to‘ldirish.
Hozirgi kunda CyberPlat tizimida har qanday bank-emitentning bank kredit kartochkasi bo‘yicha Xaridorning «Platina» bankida ochilgan hisob raqami orqali tovar yoki xizmatni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Bank hisob raqamidagi mablag‘lar yoki joriy to‘lov limitning holatini Xaridor «Platina» bankdan rasmiy ravishda olingan yoki bank kredit kartochkasi yordamida amalga oshirgan transaktsiyalari haqidagi ko‘chirmalar orqali nazorat qilishi mumkin (http://www.webmoney.ru/rospay/cyberod.asp – top).
CyberPlat tizimining afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
O‘zaro to‘lovlarni o‘tkazish tezligi: Xaridor, Magazin va Bank ishtirok etuvchi barcha operatsiyalarning onlayn shaklida o‘tkazilishi.
Soddaligi:
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasining muayyan soddaligi;
Mijoz hisob raqamining xavfsizligi va konfidentsialligi quyidagilarga asosan ta’minlanadi:
1) o‘zaro munosabatda bo‘lgan tomonlar Elektron-raqam imzolardan foydalanadi (ERI);
2) mijoz xavfsizligining tegishli darajasi 512-bitli yopiq kalitni qo‘llash orqali ta’minlanadi;
3) operatsiyani o‘tkazuvchi tomonlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tizimning mukammalligi
Real vaqtda amalga oshirilayotgan to‘lovlar bilan bog‘liq operatsiyalar va ularni tegishli hujjatlar bilan tasdiqlash ustidan nazorat quyidagilarga asosan ta’minlanadi:
1) to‘lov operatsiyalarining har bir bosqichi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlangan;
2) hujjatlar ERI bilan imzolanadi.
Hisob raqamni Internet orqali boshqarishdagi qulaylik CyberPlat tizimida ochilgan hisob raqami orqali to‘lovni tashqi to‘lov tizimlar orqali har qanday bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi bilan kafolatlanadi.
CyberPlat tizimining kamchiliklari boshqa qator to‘lov tizimlari singari o‘z mijoziga tegishli axborot va tranzaktsiyalari xavfsizligini mutlaq tarzda ta’minlab bera olmasligidir.