1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet89/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

DigiCash to ‘lov tizimi
DigiCash firmasi (Dijikesh) 1989-yilda Niderlandiyada tuzilgan bo‘lib, smart-kartalarga ishlov beruvchi uskunalarni ishlab chiqaradi. DigiCash gollandiyalik firma bo‘lib, Yevropaning pullik yo‘llarida ha- rakatlanishning bir necha tizimlarini joriy etgan. Kompaniyaning asosiy mahsulotini raqamli naqd pullar (ecash) tashkil etadi. Mazkur tizim to‘liq anonimlik ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur firma litsenziyasi bilan ikki bank - AQShda Mark Twain Bank hamda Finlyandiyaning Merita Banki faoliyat yuritmoqda. Ushbu banklar orqali kiberbakslar (cyberbacks) bi­lan har qanday operatsiyalarni, shu jumladan, ushbu pullarni real dollar va fin markalariga konvertatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Raqamli pullarni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida har qaysi elektron sum- maga kodlashtirilgan seriya nomeri beriladi. Elektron summa bankka kelib tushganda seriya nomeri tekshiriladi va summa nomer ilgari qo‘llanilma- gan taqdirdagina qabul qilinadi.
Ko‘rib chiqilayotgan to‘lov tizimning asosiy xususiyatlari 4.8- jadvalda keltirilgan.
4.8-jadval

DigiCash to‘lov tizimining asosiy parametrlari

Parametrlar

Izoh

Transaksiya qiymati

Sotib oluvchi uchun tekin. Ammo sotuvchi litsenzi- yaga $5-25 va jamg‘arilgan raqamli pullarni real pul- larga almashtirish hajmidan 2-3% har oyda to‘laydi.

Maxfiylik

Sotib oluvchi uchun anonim tizim. Sotuvchi bank tomonidan aniqlanadi.

Xavfsizlik darajasi

Tizim kriptografiya (ochiq va yopiq kalitlar bilan shifrlash) ning barcha zamonaviy usullari qo‘llaniladi.

Transaksiya miq- dori (maqsadi bo- zor)

$1 gacha

Ha

$1-100

Ha

>$100

Bo‘lishi mumkin

Tovar va xizmatlar (maqsadi bozor)

Raqamli

Ha

Jismoniy

Ha

schyotlar

Yo‘q

DigiCash to‘

ov tizimida raqamli pullar bilan amalga oshiriladigan

asosiy protseduralar quyidagilar:




  1. Tovarni tanlagach, xaridor, mabodo unda DigiCash tizimining dasturiy ta’minoti (DT) bo‘lmagan taqdirda, mazkur ta’minotni virtual magazindan «yozib oladi».

  2. Mazkur DT orqali mijoz DigiCash-banklarning birida hisob ra- qamini ochadi.

  3. Xaridor pullarni ochiq hisob raqamiga o‘ziga qulay bo‘lgan usul- da o‘tkazadi (chek, kredit kartochka, bank o‘tkazmasi orqali).

  4. Olingan DT yordamida xaridor istalgan vaqtda o‘z banki bilan bog‘lanib, rejalashtirayotgan xarajatlarga zarur bo‘lgan summani oladi va uni elektron «hamyon»ga, yoki, aksincha, omonatga bankka o‘tkazadi.

  5. Tovar (xizmatlar) uchun to‘lovlar xaridorning «hamyonidan» so- tuvchi «hamyoniga» o‘tkaziladi.

  6. Sotuvchi bank orqali olingan naqd pullarni tekshirib oladi va xa­ridorga tovarni jo‘natadi yoki xizmatni ko‘rsatadi.

Bankdagi pullarni «yechib olish» jarayoni shundan iboratki, mijoz (xaridor) DT va kalit orqali tasodifiy raqamlar qatorini generatsiya qila- di, ushbu raqamlar keyinchalik «tanga» va «banknota»lar uchun asos bo‘ladi. Ushbu tasodifiy raqamlar bankka xaridor (mijoz) ning imzosi qo‘yilgan raqamli konvertda jo‘natiladi.
Raqamli konvert deganda, asosini qabul qilinayotgan ma’lumot­larni identifikatsiya qiluvchi elektron imzo tashkil etuvchi texnologiya tushuniladi. Bu, mijozdan qabul qilingan tegishli ma’lumotning (uning nima haqida ekanligini bilmagan holda) kelib tushganligini aniqlash uchun zarur bo‘ladi.
Bank tasodifiy ravishda generatsiya qilingan raqamlarni imzolaydi (ushbu raqamlarni bank aniqlay olmaydi) va mijozga qaytaradi. Mijoz hisob raqamidan tegishli summa olib tashlanadi. Mijoz, «konvertni ochib» (ya’ni, o‘zini identifikatsiya etuvchi ma’lumotni o‘chirib tashlab), ushbu ma’lumotlarni o‘z kompyuterining diski xotirasiga, ya’ni elektron «ham- yon» ga yozib qo‘yadi. Bunday usulda olingan va o‘z qiymatiga ega bo‘lgan hamda bank imzosi qo‘yilgan raqamlar (fayllar) naqd pul deb yuritiladi. Bank, «banknotalarni» ko‘rmagan holda imzolasa-da, kimga tegishliligini biladi. Shu bilan birga, bank unga joylashtirilayotgan bank­notalarni dastlab virtual iqtisodiyotda tegishli aylanmani amalga oshir- gan holda kim va nima maqsadda sarflaganidan bexabar qoladi.
Ushbu tizimda pul birligi o‘rnida Kiber-dollar yuritiladi.
First Virtual to‘lov tizimi
First Virtual Holdings (bundan buyon First Virtual) biznes korxona hisoblanib, shtab-kvartirasi AQShda Kaliforniya shtatining San-Diyego shahrida joylashgan. Mazkur kompaniya o‘ziga tegishli bo‘lgan Internet Payment System tizimini 1994-yilda joriy etgan. Ushbu tizim Internet tarmog‘idagi dastlabki to‘lov tizimlaridan biri hisoblanadi.
4.9-jadval

First Virtual tizimining asosiy to‘lov parametrlari (o‘lchamlari)


Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish