Bozor segmentatsiyasi va yangi tovarlarni ishlab chiqarish



Download 37,59 Kb.
bet1/10
Sana11.04.2022
Hajmi37,59 Kb.
#543045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Bozor segmentatsiyasi va yangi tovarlarni ishlab chiqarish




Bozor segmenti tushunchasi

Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi va modellariga sifat va miqdoriga ko’ra har xil talab qo’yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo’llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o’ziga xos bir talab namoyon bo’ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko’p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo’lgan masalaga bog’liq. Shu sababli bozorni segmentlarga ajratishning universal mezonlari yo’q. Sanoat tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to’g’ri kelmasligi mumkin. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o’rtasida paydo bo’lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom ettirish lozim.


Bozor sotuvchi va xaridorlardan tashkil topgan joy bo’lib, xaridorlar esa bir-biridan turli xil belgilari bilan ajralib turadi. Bu belgilar iste’mol qobiliyati, resurslar, geografik joylashishi, sotib olish qobiliyati va boshqalar bo’lishi mumkin. Shularning birortasidan bozor segmentining asosi sifatida foydalanish mumkin. Modomiki, ehtiyoj va talab noyob ekan, har bir kishi bozor segmentini alohida o’zicha o’ylashi mumkin. Sotuvchi ularning har biriga alohida marketing rejasini o’ylab topishi kerak. Masalan: samolyot korpusini ishlab chiqaruvchilar («Boing» va «Makdonel-Duglas») ularning xaridorlari kam va firma ularning har biriga alohida bozor sifatida aloqadordir. Segmentlashning chegaraviy darajalari ham mavjud. Ko’pgina ishlab chiqaruvchilar o’zining ishlab chiqargan tovarini aniq kishining ehtiyojini qondirishini bildirmaydi. Uning o’rniga sotuvchi xaridorlarning darajalarini bir-biridan talab darajasiga nisbatan farq qilishiga qarab yoki o’zlarining marketing reaktsiyasi javoblariga qarab aniqlaydi. Masalan, sotuvchi shuni aniqlaydiki, talab xaridorlarning daromadiga nisbatan o’zgarishi har bir xaridorning daromadlari bo’yicha u yoki bu guruhga tegishliligi mos ravishda bo’ladi. Daromadlar bo’yicha bir sinfga tegishli xaridorlar boshqalaridan ajralib turadi. Daromadlar bo’yicha segmentlashda 3 segment hosil bo’ladi va birinchi sinfga tegishli xaridorlar segmenti eng katta bo’ladi. Boshqacha qaraganda sotuvchi yosh va keksa xaridor o’rtasida sezilarli farqni ko’zda tutishi mumkin. Xaridorlarning yoshlarini mos ravishda «a» va «b» harflar bilan belgilasak, yosh belgisi bo’yicha segmentlash har birining 3 ta dan 2 ta segmentni hosil qiladi va nihoyat xaridorni tovarga bo’lgan munosabati bir paytning o’zida ham daromadlarning darajasi va yoshi ham bir paytda sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin. Bu holda bozorni beshta segmentga bo’lish mumkin: bundan ko’rinib turibdiki a segmentda 2 ta xaridor bor, qolganlarida bittadan. Ko’p belgilar asosida har bir alohida segmentning aniqligi oshib boradi. Bunda segmetlarning soni oshib boradi va shu bilan birga har bir segment ichida xaridorlarning soni kamayib boradi.

Download 37,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish