Dehqonova Dilnura "Kon ishlari va ishlab chiqarish texnologiya"



Download 135,9 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi135,9 Kb.
#665192
Bog'liq
Karyerlarda kompleks mexanizatsiyalash strukturasining shakllanishi


ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TDTUOF KONCHILIK ISHI VA METALURGIYA FAKULTETI

5A-20KEM Guruh talabasi


Dehqonova Dilnura

“Kon ishlari va ishlab chiqarish texnologiya”lari


Fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu; Karerlarda kompleks mexanizatsiyalash strukturasining shakllanishi
Bajardi: Dehqonova D.
Tekshirdi: Alimov Sh.
Taqrizchi: Ergashev J.

Mavzu; Karyerlarda kompleks mexanizatsiyalash strukturasining shakllanishi


Reja;
I Kirish:
II Asosiy qism:
1.Karerlarda haqida ma’lumot.
2.Mexanizatsiyalash nima.
3.Mexanizatsiyalash strukturasining shakllanishi.
III Xulosa:

Kirish
Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg„i


bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xo„jaligining boshqa tarmoqlarining
asosiy yoqilg„i manbaidir. SHuningdek, konchilik sanoati qora va rangli
metallurgiya, ximiya sanoati, o„g„itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo
bazasi hisoblanadi. Xalq xo„jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini
mineral xom-ashyolar tashkil qiladi.
Foydali qazilma boyliklariga xo„jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar
uchun qazib olinadigan xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so„ng
ishlatiladigan barcha turdagi tog„ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va
sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o„rin egallaydi. Uni
xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab
chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonda konchilik sanoati yuqori rivojlangan
mamlakatlar qatoridan mustahkam oʻrin olgan. Hozirga qadar Oʻzbekistonda
hammasi boʻlib 2800 yaqin istiqbolli turli foydali qazilma konlari aniqlangan.
Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini oʻz ichiga oladi. Muhim strategik
manbalar — neft va gaz kondensati, tabiiy gaz boʻyicha 155 ta kon, qimmatbaho
metallar boʻyicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radiaktiv metallar boʻyicha 40, konkimyo xom ashyosi boʻyicha 15 ta kon va boshqa qidirib topilgan va ishga
tushirilgan.
Oltin, uran, neft, fosforitlarning razvedka qilingan zahiralari boʻyicha
Oʻzbekiston jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Karerlar haqida


Foydali qazilmalarni, qoplovchi va o‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslarini qazish ishlari tabaqalangan holda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Natijada qazish ishlari olib borilayotgan tog‘ jinslari massivi pog‘ona shaklini egallaydi.
Alohida qazish, yuklash va tashish vositalariga ega bo‘lgan (ta’minlangan) va pog‘ona shaklidagi ishchi yuzaga ega bo‘lgan tog‘ jinsi qatlamining bir qismiga pog‘ona deyiladi.
Pog‘onaning qazib olingan tomoni bo‘yicha burchak ostida chegaralovchi qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki va ostki qirralar deyiladi.
Pog‘ona balandligi Hu ish olib borish havfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatiladi va ekskavator o‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik xususiyatlariga bog‘liqbo‘ladi. Ko‘plab karyerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga etadi.
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi bo‘yicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki va ostki maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi SHr.p. 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi.
3-rasm. Pog‘ananing asosiy elementlari: 1,2 - pog‘onaning ustki va ostki maydoni; 3,4,5,6 – kirma (zaxodka)lar; 7 - pog‘ona qiyaligi; 8 - pog‘ona ustki qirrasi; 9 - pog‘ona ostki qirrasi; 10,11 – ko‘mir va qoplama jinslar kovjoyi (zaboy); 12 - ish frontining siljish yo‘nalishi; 13 – kovjoy kirmasining siljish yo‘nalishi; 14 - portlashdan keyingi jinslar uyumi; 15 – temiryo‘l transportiga ekskavator yordamida tog‘ jinslarini yuklash; 16 – kirmani portlatishga tayyorlash. Ishchi gorizontlarni ochish maxsus kon lahmlari (transheyalar) ni o‘tish yordamida amalga oshiriladi. Ularni ochishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, bu – pog‘onalarda yo‘lga qo‘yilgan yuk oqimlarini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlash va buning natijasida kon massasini ishchi gorizontlardan er yuzasiga yoki o‘rta gorizontlarga tashish imkoniyatini yuzaga keltirishdir. Ochuvchi kon lahmlari er yuzasidan boshlanib yoki avval ochilgan ish gorizontidan boshlanib, ochilishi nazarda tutilayotgan gorizont ish maydoni belgisida (otmetkasida) tugaydi.
Transheyalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
Kapital transheya;
Qirqim transheya.
Kapital transheya – ishchi gorizontni ochish uchun hizmat qiluvchi ochiq qiya kon laximi bo‘lib, er yuzining rel’efiga nisbatan ularning ko‘ndalang kesim yuzalari ko‘rinishi trapetsiya yoki noto‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lishi mumkin.
Qirqim transheya – gorizontal ochiq kon laximi bo‘lib, foydali qazilmani yoki qoplovchi jinsini qazib olish uchun ish frontini yaratib beradi.
Kapital transheyalar karyerning ichki konturiga nisbatan joylashuviga qarab quyidagilarga ajratiladi:

a) ichki transheya - s’ezd (1- rasm), b) tashqi transheya (2- rasm).
Planda ko‘rinishi
Erning ustki qismida ochiq kon ishlari olib borilishi natijasida katta chuqurliklar paydo bo‘ladi. CHuqurliklarning yig‘indisi karyer (ochiq kon ishlari korxonasi) (9- rasm) deb aytiladi. Bu chuqurliklarning ko‘ndalang kesimi chegarasi tutashmagan bo‘ladi.
Ma’muriy-ho‘jalik tushunchasida esa karyer deb konni ochiq usulda qazib olishni tashkil etadigan kon korxonasiga aytiladi. Ko‘mir sanoatida va sochilma konlarni ochiq usul bilan qazib olishda karyerni kesim (razrez) deb ataladi.
Karyer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar.
Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud.
8.3-rasm. Karyerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari
Yuqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan
bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik
burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi.
Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda
tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi
maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni
tashkil etadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi
maydonchalarga: transport va ximoyalovchi maydonchalarga bо‘linadi. Ish
olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi.
Karyerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani о‘tish
hisobiga shakllanadi.
Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karyerning
ishchi borti ham siljib boradi va karyerning chegara konturiga yaqinlashadi,
sо‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga
aylanadi. Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib
borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.
Transport maydonchalari vt karyerdagi ishchi maydonlarni yuza bilan
bog‘lovchi transport yо‘llari joylashishi uchun xizmat qiladi. Transport
maydonchalarining kengligi 10-25 m ni tashkil etadi.
Himoyalovchi maydonchalar vp bort turg‘unligini oshirish va shamol
ta’sirida pog‘onalarning yemirilishi natijasida о‘pirilib tushadigan tog‘ jinslari
bо‘laklarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu maydonchalar kengligi 3-5 mni
tashkil etadi.
Odatda karyer shakli (planda) ovalsimon bо‘ladi. Karyer uzunligi 0,5 km
dan 5 km gacha bо‘ladi, ba’zan esa undan ham yuqori, kengligi esa 2-4 km ni
tashkil etadi. Hozirgi vaqtda karyerlarning chuqurligi bir necha о‘nlab metrdan
300-450 m gacha yetadi. Loyihalarda va istiqbolli karyerlarda texnik-iqtisodiy
hisoblarda karyerlarning oxirgi chuqurligi 500-900 m gacha yetadi.
Karyerda bо‘sh tog‘ jinslari va foydali qazilmaning umumiy hajmi (kon
massasi hajmi) uning о‘lchamlariga bog‘liq va bir necha о‘n ming dan yuz million
metrkubgacha yetadi. Yotiq qatlamlarni qazib olishda, foydali qazilmani qazib
olgandan sо‘ng karyerda hosil bо‘lgan maydon qazib olingan maydon deyiladi.
Agar texnik jihatdan mumkin bо‘lsa, bu maydonga qoplovchi jinslarni joylashtirish
yoki foydali qazilma va qoplovchi jinslarni tashish uchun qо‘llaniladigan transport
kommunikatsiyalarini joylashtirish uchun foydalanish mumkin.
Ochiq kon ishlari yer yuzasini va yer maydonidan foydalanishni buzilishi
bilan bog‘liq. Shuning uchun ochiq kon ishlarini atrof muxitga ta’sirini yо‘qotish
yoki kamaytirish maqsadida, qazib olish jarayonida va kondan foydalangandan
sо‘ng ag‘darmalarni, qazib olingan maydonni va boshka yer yuzasidagi buzilgan
uchastkalarni, rekultivatsiya kilish ishlari amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qazib olingan va keraksiz bо‘lgan tog‘ jinslari va
nokonditsion foydali qazilma boyliklari tо‘planadigan joyga ag‘darma deb
aytiladi. Agar, ag‘darma oldin qazib о‘tilgan karyer maydonida joylashgan bо‘lsa
ichki ag‘darma, karyer chegarasidan tashqariga joylashgan bо‘lsa tashqi
ag‘darma deb aytiladi.
Konni yoki uning bir qismini bitta karyer bilan qazib olinsa, u karyer
maydoni deb aytiladi. Karyer maydonining plandagi va chuqurlikdagi
о‘lchamlarini tavsiflovchi geometrik shakl uning hajmi hisoblanadi. Uning
tarkibiga karyer tashqarisiga chiqarib tashlangan qoplovchi jinslar, sanoat
maydonchasi va boshqa ishlab chiqarish qurilmalari joylashgan chegara, ya’ni
karyerning yer shaxobchasi kiradi.
Bir vaqtda karyer ichida qazish ishlari olib borilayotgan pog‘onalar
yig‘indisiga karyerning ishlash zonasi deyiladi. Ishlash zonasi holat ish olib borilayotgan ustki va ostki pog‘onalari pastki gorizontal maydonchalari
(aniq vaqt mobaynida) belgilari bilan aniqlanadi. Karyer kon ishlari fronti
uzunligihamma ish olib borilayotgan pog‘onalar kon ishlari fronti uzunligi
yig‘indisidan iborat. Yangi pog‘onani ishga tushirish uchun unga transportni
kelishini ta’minlash va ish maydonchasiga mos keladigan ish fronti yaratish lozim.
Yangi pog‘onadan yer yuzasiga yoki tepada joylashgan pog‘ona kon
massasini tashishni amalga oshiruvchi transport kommunikatsiyasini joylashtirish
uchun yangi pog‘ona ochish kerak, ya’ni yer yuzasidan yoki tepada joylashgan
pog‘onadan pastki pog‘onaga maxsus (ochuvchi) kon laximlarini о‘tkazish kerak.
Kо‘p hollarda bu laximlar har xil balandlik belgilarida joylashgan punktlarini
birlashtiradi (agar bitta pog‘ona ochilsa, unda balandlik belgilari farqi pog‘ona
balandligiga teng), shuning uchun maqsadli nishablikka (i) ega. Ochuvchi laximlar
qirqimda trapetsiya yoki uchburchak kesimli kо‘rinishga ega bо‘ladi va
muvofiqholda kapital transheya va yarim transheya deb ataladi.
Ochilgan pog‘onada boshlovchi ish frontini yaratish uchun (pog‘onani
qirqish) ochuvchi laximdan trapetsiya (uchburchak) kо‘ndalang kesim о‘lchamlari
bilan uzunligi buyicha ancha farqqiladigan gorizontal kon laximlarini—qirqim
transheya (yarim transheya) yoki uzunligi va kengligi bir о‘lchov tizimiga ega
kesma chuqurlikniо‘tkazish kerak Karyerning bosh parametrlari.
Oxirgi chuqurlik —bu qiya va tik joylashgan uyumlarni qazib olishda,
karyerning ishlab chiqarish quvvati, uning maydondagi о‘lchamlari, qazib
olinadigan kon massasi jami hajmi aniqlanadi. Gorizontal va og‘ma uyumlar uchun
oxirgi chuqurlik tabiiy shart-sharoitlar bilan aniqlanadi va karyerni butunligicha
qazib olish davrida ozgina о‘zgaradi. Oxirgi chuqurlik karyerni loyixalashtirish
vaqtida о‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda jahonda karyerlarning chuqurliklari 400
metrlarni tashkil etadi. Loyixalarda 700 metrgacha chuqurlikda ochiq kon ishlarini
olib borish mо‘ljallanmoqda.
Yer yuzasida uyumning chо‘zilishi va kо‘ndalang yо‘nalishi bо‘yicha
karyerning kо‘rsatkichlari, uyumning о‘lchamlari ya’ni karyerning tubi,
chuqurligi va uning borti qiyalik burchagi о‘lchamlari bilan aniqlanadi. Ular
chizma tasvir holida yoki analitik о‘rnatiladi. Plandagi karyerning shakli kо‘pincha
ovalsimon shaklga ega bо‘ladi. Karyerning uzunligi 100 metrdan 8 km.gacha
masofaga, kengligi esa konning tuzilishiga qarab 4 km.gacha uzunlikda о‘zgarib
turadi.
Karyer osti о‘lchamlari, karyerning oxirgi chuqurlik belgisida qazib
olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karyerning ostki minimal
о‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr,
uzunligi buyicha 50 metrdan kam bо‘lmasligi kerak).
Karyer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari
mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shartsharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish
maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroqqilib olinadi.
Karyer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab
chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha
kо‘rsatkichlarni belgilovchi zarur kо‘rsatgich hisoblanadi.
Yer yuzasi relyefi tekis bо‘lganda karyer maydonidagi butun kon massasi
hajmini (m3
) quyidagi formula yordamida aniqhisoblash mumkin:
Foydali qazimalarni karyer chegarasidagi zaxiralari —qazib olish mumkin
bо‘lgan chegarani, karyerning qazib olish muddatini va qazish ishlari iqtisodiy
natijalarini aniqlovchi asosiy kо‘rsatkich hisoblanadi. Har bir pog‘ona (gorizont)
va karyer maydoni chegarasidagi zaxiralar, konni geologik qidirish vaqtida
о‘rnatiladi. Undan sо‘ng loyixalashtirish vaqtida va ekspluatatsiya davrida, vaqtivaqti bilan о‘zgarib turadigan foydali qazilma konditsiyasi (meyori) hisobga olinib
karyer chegarasi aniqlanadi va qayta hisoblanadi.

3-rasm. Karyer elemetnlari va parametrlari.
1 – qazib olingan maydon; 2 – ish olib borilmaydigan bort; 3 – ish olib
boriladigan bort; 4 – karyerning oxirgi cheagarasi; 5 – bermalar; α –
pog‘onaning qiyalik burchagi; φ –bortning qiyalik burchagi; γv – ish olib
boriladigan bortning kon uyumining osuvchi yon tomondagi qiyalik burchagi; γl
– ish olib borilmaydigan bortning kon uyumining yotuvchi yon tomondagi
qiyalik burchagi; mg – uyumning gorizontal qalinligi; P – ishchi maydon
kengligi; h – pog‘ona balandligi; NK– karyer chuqurligi; VV – karyerning yuqori
chegarasi bо‘yicha kengligi; δT – transport mayldonchasi kengligi; δP – himoya
maydonchasi kengligi.
Nazorat savollari:
1. Karyer deganda nimani tushunasiz? Pog‘ona elementlarini sanab о‘ting va
ta’rif bering.

Xulosa;
Kompleks mexanizatsiyalash strukturasi shulardan iborat.Bu mavzudan shuni tushindimki, karerlarda kompleks ishlar shu tarzda amalga oshirilar ekan. Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karyerning


ishchi borti ham siljib boradi va karyerning chegara konturiga yaqinlashadi,
sо‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga
aylanadi. Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib
borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar;

1.“Konchilik ishi” katta o’qituvchisi: Xasanov A.A.


ToshDTU Olmaliq filiali


2. “KON RESURSLARINI KOMPLEKS О‘ZLASHTIRISH” fanidan

О‘QUV–USLUBIY MAJMUA
Download 135,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish