1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet77/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Nazorat uchun savollar:
1. Bankomatga ta’rif berib, uning turlarini aytib bering.
2. Bankomatlar qurilma sifatida qanday qismlardan tashkil topgan (o’rnatilishi, elementlari, ulanish tart iblari).
3. Bankomatlar qanday talablarga javob berishi lozim?
4. Bankomatlar tarmoo’i nima va ularni yaratishdan asosiy maqsad nima?
5. Savdo nuqtalarida elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilishdan qanday omillar to’xtatib turadi?


8-Mavzu: INTERNET TO‘LOV TIZIMLARI VA ULARNING ASOSIY TURLARI
Reja:

  1. To‘lov tizimlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari

  2. Chet el to‘lov tizimlari

  3. O‘zbekistondagi elektron to‘lov tizimlar

Tayanch so‘z va iboralar: To‘lov tizimi, elektron tijorat, internet, izernet, kiberplat, assist, webmoney, Instant to‘lov tizimi xususiyatlari.




Ma’lumotlarni xavfsiz uzatishni ta’minlovchi aloqa seansi protokollari
Internet muhitida to‘lovlarni amalga oshiruvchi tizimlar elektron tijoratning eng ko‘p tarqalgan avtomatlashtirilgan universal tizimlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kundagi mavjud to‘lov tizimlarining soni bir iecha o‘ntadan oshib ketadi. Xilma-xilligiga qaramay ularni shartli ravishda to‘rtta asosiy guruhga bo‘lib qarash mumkin:

  1. ma’lumotlarni xavfsiz uzatishni ta’minlovchi aloqa seansi
    protokollari asosidagi to‘lov tizimlari;

  2. plastik kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlari;

  3. smart-kartochkalar asosidagi to‘lov tizimlari;

  4. elektron naqd pullar.

To‘lovlarni kredit kartochkalar asosida amalga oshiruvchi tizimlar mavjud to‘lov tizimlari orasida etakchi o‘rinda turadi. Internetda hisob-kitoblar uchun plastik kartochkalarni qo‘llash muvaffaqiyatining asosiy sababi uning ko‘p tomonlari real dunyoda olib boriladigan to‘lovlarga o‘xshash bo‘lsa, ikkinchidan, bunday ko‘rinishdagi to‘lovlarni olib borish jozibadorligi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda internetdagi ko‘plab transaktsiyalar to‘lovning aynan shu ko‘rinishi bilan amalga oshiriladi.
Elektron imzoni yo‘qligi uchun kartochkadan aynan o‘z egasi foydalanganligini isbotlab berish amaliy jihatdan mumkin emas. Bu kamchiliklarni bartaraf qiluvchi yangi texnologiya SET (Secure Electronik Transaction specification) protokoli deb nomlanib, kredit harid qilingan mahsulotlarga kartochkalardan foydalanish asosida olib boriladigan to‘lovlarni xavfsiz amalga oshirish muammosida eig samarali echnmliligi SETning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu texnologiyaga asosan tarmoqda uzatilayotgan kartochka raqami mijozni elsktron imzosidan foydalanish orqali shifrlanadi. Deshifrovqani, ya’ni, shifrni ochishni esa faqat kartochka bo‘yicha transaktsiyalarga ishlov berishni amalga oshiruvchi kompaniya va vakolatlangan banklar amalga oshira oladi.
Plastik kartochkalardan foydalanishdagi cheklanishlardan biri amalga oshirilayotgan xaridlarga 5 AQSh dollaridan iborat quyi chegarani qo‘yilishidir. Kartochka emitenti har bir transaktsiya umumiy summasidan 1,5-3%, biroq 20 tsentdan kam bo‘lmagan, xizmat haqi olar eqan, tizim uchun mahsulotlarga qo‘yi baho diapazonida to‘lovlarni amalga oshirish foydasiz bo‘lib qoladi.
Zamonaviy smart-kartochkalar o‘zida protsessorli, hotirali dasturiy ta’minot va axborotlarni kiritish-chiqarish tizimlariga ega bo‘lgan miniatyura kompyuterlarni ifoda qiladi. Asosida plastik kartochkalar bo‘lgan har qanday to‘lov tizimlarini eng muhim xususiyatlaridan biri - unda xavfsizlik tizimining mavjudligidir. Smart-kartochqaning yana bir ustunligi - ularni ko‘p funktsionalligidir, ya’ni, bitta kartochkadan turli moliyaviy ilovalar va turli kommunikatsiya infratuzilmalarda foydalana olishlik imkoniyatidir. Smart-kartochkalar asosidagi raqamli naqd pullar nafaqat konfideitsiallik va anonimlik zaruriy darajasini ta’minlash imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga, to‘lovlarni amalga oshirilganligini tasdiqlashda markaz bilan aloqani ham talab qilmaydi.
Internetda hisob-kitoblarni olib borishning yangi ko‘rinishi raqamli naqd pullar hisoblanadi. «Raqamli naqd pullar» atamasi real dunyoda foydalaniladigan naqd pullar ustuvorligiii internet dunyosiga o‘tkazishga harakat qilayotgan elektron to‘lov tizimlari toifasini aniqlab beradi.
Raqamli naqd pullar o‘zida pul belgilari vazifalarini bajaruvchi juda katta sonlar yoki fayllarni ifoda qiladi. To‘lov tizimlarining boshqa turlaridan farqli ravishda bu fayllar pul mablag‘lari haqidagi ma’lumotlar bo‘lib qolmay, balki aynai pulning o‘zini ifoda qiladi.
Evropa ittifoqi davlatlarida kredit muassasalari maqomiga ega bo‘lmagan shaxs yoki korxonalarga elektron pul emissiyasi jarayonlarini olib borish taqiqlanadi. Evropa qonun chiqaruvchilarining elektron pul emmissiyasiga bunday taqiqlarni kiritishi elektron pul sohasiga ham bank faoliyatiga o‘xshash etarlicha qat’iy tartibga solishlarni kiritishga intilayotganliklaridan dalolat beradi.
Uchinchi shaxslarga elektron pulning to‘lov vositasi sifatida tan olish mexanizmi aniqlab berilgan bo‘lib, bunday tan olish kupyur va tangalar ko‘rinishidagi to‘lov vositalaridagi kabi qonun kuchi bilan emas, balki emitent bilan turli usullar bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shunday eqan, elektron pullar o‘zida emitentga qo‘yiladigan talablarni ham ifoda qiladi.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish